Microsoft Word Psixofiziologiyaning kelib chiqishi va tarixi 2-mavzui
Psixofiziologiyaning Rossiyada rivojlanishi
Download 85.36 Kb.
|
PSIXOFIZIOLOGIYANING KELIB CHIQISHI VA TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.M.Sechenov (1829-1905)
- I.M.Sechenov
- I.P.Pavlov (1849-1936)
- I.P.Pavlov
2.Psixofiziologiyaning Rossiyada rivojlanishiPsixofizyologiya g'oyalari jadal rivoj topgan yana bir mamlakat Rossiya edi. Bu mashhur rus tibbiyot psixologi, psixiatr V.M Behterev nomi bilan bog’liqdir. V.M Behterev lobaratoriyasida psixofiziologiyaning ko’plab savollariga javoblar topildi. I.M.Sechenov (1829-1905) tomonidan reflekslar tushunchaning rivojlantirilishi va bu mexanizmning barcha psixik jarayonlarga tegishli ekanligi shunga olib keladi-ki, ilmiy psixologiyada determinizm tamoyili uzil-kesil o‘z tasdig‘ini topdi. Inson hayotida reflekslarni yuqori baholab, I.M.Sechenov tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi: “Ongli va ongsiz hayotning barcha aktlari (harakatlar) kelib chiqishi usuliga (mohiyatiga) ko‘ra reflekslardir” . Reflektor aktda I.M.Sechenov uchta bo‘g‘imni ajratadi: Birinchi bo‘g‘imda sezayotgan “to‘pning” ta’sirlanishi nerv qo‘zg‘alishiga aylanadi. Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari asosida o‘ziga xos ravishda axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilish ro‘y beradi. Buyruqni amalga oshiruvchi organlarga (muskullarga va bezlar va hokazo) uzatish. I.P.Pavlov_(1849-1936)'>I.P.Pavlov (1849-1936) I.M.Sechenovning miya reflektor faoliyatini o‘rganish borasidagi g‘oyasini rivojlantirib, refleks tushunchasiga yangi mazmun kiritdi hamda shartli reflekslarning hosil bo‘lish asoslarini yaratdi. Reflekslarning ikki turi farqlanadi: shartsiz va shartli reflekslar. Shartsiz reflekslar tug‘ma bo‘lib, hayotning dastlabki kunlaridan va keyinchalik, hech qanday tajribasiz (malakasiz) namoyon bo‘la boshlaydi. Masalan, igna sanchilganda qo‘lni tortib olinishi, ovqatning og‘iz bo‘shlig‘ida tushgandagi so‘lakning ajralishi. Shartsiz reflekslarning markazlari turlichadir – shartsiz refleks-lar yoylarning tutashuvchi orqa miyadan va bosh miyaning o‘sishidan ro‘y beradi. Shartli reflekslarning hosil bo‘lish sohasi bosh miya po‘stlog‘idir. Shartli ta’sirlagich organizmning hayoti uchun muhim bo‘lgan qandaydir hodisalarning mavjudligi haqida, masalan, ovqatning mavjudligi, xavf- xatarning paydo bo‘lishi haqida xabar beradi. Shuning uchun I.P.Pavlov bosh miya qobig‘i faoliyatini signal faoliyati deb nomladi. I.P.Pavlov shartli reflekslar metodidan foydalanib, shuni aniqladiki, bosh miya katta yarim sharlari faoliyati organizmning ichki muhitidan va tashqi muhitdan nerv tizimiga kelayotgan ko‘pgina ta’sirlovchilarning tahlil va sintez jarayonlaridan iborat ekan. Analiz va sintez I.P.Pavlov tomonidan analizatorlar deb nomlangan o‘ziga xos nerv tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Download 85.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling