Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
zikr etish uchun, dunyoda qolmoq istayman, — deb iltijo qildilar. 
 
 
ESKISINI KIYMAGANGA YANGISI YO‘QDIR 
Qusayr ibn Ubayddan, roziyallohu anqu: 
«Mo‘minlarning onasi Oyishaning, roziyallohu anho, ziyoratiga bordim. Menga:
— Hozir, bir oz kutib tur, ko‘ylagimning shu yirtiq joyini tikib olay, so‘ng gaplashamiz, — dedilar. 
— Ey ummul mo‘minin, hozir shu ishingni odamlarga aytsam, seni xasisga chiqarishadi, — dedim.
Oyisha, roziyallohu anho, shunday dedilar: 
— Bolam, aqlli bo‘l. Eskirgan kiyimlarini kiymagan kishi uchun yangi ko‘ylak yo‘qdir». 
 
 
 “YA, ARHAMARROHIMIYN!” 
Lays ibn Sa’ddan, roziyallohu anhu: 
«Zayd ibn Horisa, roziyallohu anhu, toiflik bir odamdan bir xachirni kiraga olgani haqida gapirib 
berdilar. 
— Seni xohlagan joyimda tushirish sharti bilan xachirni kiraga beraman, — dedi xachirning egasi. 
Ikkovlon yo‘lga tushdik. Xachirning egasi bir xarobaga yetib borgach, menga: 
— Tush! — dedi. 
Xachirdan tushdim, xaroba ichida bir necha o‘liklarni ko‘rdim. Xachirning egasi meni ham 
o‘ldirmoqqa chog’lanayotgan ekan. Men: 
— Ikki rakat namoz o‘qib olay! — dedim. 
— O‘qiy qol. Sendan oldin mana bu o‘liklar ham namoz o‘qishgan, biroq namoz-niyozlari o‘zlariga 
hech bir foyda bergani yo‘q, — dedi u.
Namoz o‘qib bo‘lganimdan so‘ng haligi odam meni o‘ldirmoqchi bo‘lib ilgarilagan edi, “Ya, 
arhamarrohimiyn”, dedim. Ittifoqo: “Uni o‘ldirma!” degan ovoz eshitildi. U odam qo‘rqib, bu ovoz 
egasini topish uchun tashqariga chiqdi, biroq hech kim ko‘rinmagach, yana ortga qaytdi. Men bu 
safar uch marta: ”Ya, arhamarrohimiyn” deb baqirdim. Shu payt bir otliq ichkariga kirdi. Qo‘lida temir 
nayza, nayzaning uchi olovli edi. U nayzasini qaroqchining ko‘ksiga sanchib, orqasidan chiqardi. 
Qaroqchi o‘ldi. Otliq menga qarab:
— Birinchi bor «Ya, arhamarrohimiyn» deganingda men yettinchi qavat osmonda edim. Ikkinchi 
marta duo qilganingda eng pastki qavatga tushdim. Uchinchi marta duo etganingda, bu yerga yetib 
keldim, — dedi».

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling