Qalbimizning nuri.
Abdulloh Murod
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
— Men istasam, shu xurmo daraxtini kesaman.
— Alloh xohlagan bo‘lsa, kesasan.
— Xohlamasam, kesmayman, — dedi yahudiy.
— Alloh kesmasligingni xohlagan bo‘ladiki, kesmaysan.
Shu
asno Jabroil, alayhissalom, tushib Janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam:
— Siz ham Ibrohim, alayhissalom, kabi raqibingizni Allohning
yordami bilan mot qildingiz, —
dedilar. Shunda:
“Sizning biron-bir xurmo daraxtini kesishingiz yoxud uni kesmay o‘z
poyasida qoldirishingiz, Allohning izni-irodasi bilandir. Alloh yo‘ldan adashgan (fosiq-
itoatsiz)
kimsalarni ana shunday uyaltirib, rasvo etar” (Hijr, 5) mazmunli oyati karima nozil
bo‘ldi.
ENG SHIDDATLI OYAT
Muhammad ibn al-Muntashirdan:
«Bir
odam Hazrati Umarga, roziyallohu anhu:
— Allohning kitobidagi eng shiddatli va qo‘rqinchli oyatni bilaman, — dedi. Umar, roziyallohu
anhu,
bir tayoq olib, uni astagina urdi va:
— O‘zingcha qanday “tadqiqot” o‘tkazdingki, bunday bir oyatni uchratding? — degach, haligi kishi
u yerdan ketdi.
Ertasiga Hazrati Umar,
roziyallohu anhu, unga uchrashib:
— Sen aytmoqchi bo‘lgan qaysi oyat edi? — deb so‘radilar.
—
“Kim biror yomonlik qilsa, albatta jazosini ko‘radi” oyatidir. Zero, hech yomonlik
qilmagan odam yo‘q. Shunga ko‘ra, birortamiz ham azobdan qutula olmaymiz (najot topolmaymiz), —
dedi u kishi.
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bunga javoban:
— Bu oyat nozil bo‘lganida biz shunchalar qo‘rqdikki, hatto ovqat yeyolmay qoldik. Nihoyat,
Alloh
taolo:
“Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat
Do'stlaringiz bilan baham: