Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

SALMONI FORSIY IBRATI 
Zayd ibn Savhonning ozod etilgan quli Solim hikoya qiladi: 
«Xo‘jayinim Zayd ibn Savhon bilan birga bozorda edik. Salmoni Forsiy yonimizdan o‘tdi. Ancha-
muncha oziq-ovqat ko‘tarib olibdi. Xo‘jayinim unga: 
Sen Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, sahobasisan. Buncha ko‘p zahira to‘plashga 
ehtiyoj sezmasliging kerak-ku, — dedi. 
— Yanglishyapsan. Kishi o‘zini bunday narsalar bilan ta’minlab qo‘ysa, ham xotirjam bo‘ladi, ham 
ibodat uchun ko‘p vaqt topadi, shayton ham uni vasvasa qilishdan umidini uzadi, — deb javob berdi 
Salmoni Forsiy». 
 
 
SEN NEGA YIG‘LAYAPSAN? 
Qays ibn Abi Hozim hikoya qiladi: Bir kuni Abdulloh ibn Ravoha ayolining tizzasiga bosh qo‘yib 
yotarkan, yig‘ladi. Buni ko‘rgan ayoli ham o‘zini tutib turolmadi. Abdulloh undan:
— Sen nega yig‘layapsan? — deb so‘radi.
— Yig‘layotganingizni ko‘rib, men ham yig‘ladim, — javob qildi xotini. Shunda Abdulloh: 
— Men Alloh taoloning: “Sizlardan har biringiz unga (do‘zaxga) tushguvchidirsiz” (Maryam, 
71, mazmuni) degan amri esimga tushib qolib yig‘ladim, — dedi Abdulloh xotiniga. 
 
 
XOTIRJAMLIK SIRI 
Abu Zabya, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar:
«Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, vafotlaridan sal oldin xastalanib qoldilar. Bemorni 
ko‘rishga kelgan Usmon, roziyallohu anhu, undan so‘radilar:
— Seni nima bezovta qilyapti? 
— Gunohlarim. 
— Ko‘ngling nimani tusayotir? 
— Rabbimning rahmatini. 
— Senga bir tabib chaqiraymi? 
— Aslida meni kasal qilgan Tabibdir. 
— Senga biroz maosh yozdirishimga ruxsat berasanmi? 
— Maoshga ehtiyojim yo‘q. 
— Hech bo‘lmasa, keyin qizlaringga beriladi-ku!
Shunda Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu: 


Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
— Sen qizlarimni kambag‘allikdan qiynalishadi deb xavotirdamisan? Men ularga har kecha Voqea 
surasini o‘qishni tayinlaganman. Zero, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: «Har oqshom 
Voqea surasini o‘qigan kishi hech qachon tirikchilik zahmatini chekmaydi», deb marhamat qilganlarini 
eshitgan edim, — dedi» 

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling