Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc
Download 202.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri
ENG SARA OZUQA Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar: «Hazrati Ali, roziyallohu anhu, bilan birga aylanib yurar edik. Jabbon qabristoni yonidan o‘tayotganimizda, qabristonga qarab: — Ey qabrlarda yotganlar, ey suyaklari chirib, tuproqqa qorishganlar, ey qoronHuliklarda yolg‘iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so‘rasangiz, mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz o‘ksiz va yetim qoldi va xotinlaringiz boshqa turmush qurishdi. Bizda ana shunday xabarlar. Sizlarda qanday xabarlar bor? — deb so‘radilar. So‘ngra men tomonga burilib: — Ey Kumayl, agar ularga javob qilish uchun izn berilganida: “Ozuqaning eng yaxshisi taqvodir”, deb aytishgan bo‘lar edi, — dedilar. Birozdan keyin esa yig‘lab, bunday dedilar: — Ey Kumayl, qabr amallar sandig’idir. Buni faqat o‘lganingdan so‘ng bilasan...» MUOMALADAGI EHTIYOTKORLIK Oyisha, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar: «Bir odam Janobi Payg‘ambarimizning, alayhissalom, yonlariga kirish uchun ruxsat so‘radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam: — Qanday yomon odam bu. Qavmi va yaqinlari yuzidagi dog’dir, — dedilar. Biroq ichkari kirganida unga ochiq chehra bilan muomala qilib, iltifot ko‘rsatdilar. U chiqib ketgach, boshqa bir kishi kirishga ruxsat so‘radi. — Naqadar yaxshi inson. Oilasi iftixor qilgulik bir farzanddir, — dedilar. Lekin Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, bu kishiga avvalgi odamga ko‘rsatilganchalik iltifot qilmadilar. U kishi chiqqach, Oyisha onamiz: — Yo Rasulalloh, birinchi kishini yomon deganingiz holda unga yaxshi muomala qildingiz. Ikkinchisini yaxshi deb turib, unchalik iltifot etmadingiz, — deb so‘radi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom: — Ey Oyisha, insonlar orasida shundaylari borki, fe’li yomon bo‘lgani uchun ulardan ehtiyot bo‘lish kerak, — deya marhamat qildilar». Download 202.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling