Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
Abu Ayyub taomni Fotima onamizga olib bordi. O‘rtoqlari bilan ovqatni yeb to‘ygach, Rasuli 
akramning, sollallohu alayhi va sallam, ko‘zlari yoshlanib: 
— Non, go‘sht va xilma-xil xurmolar... Allohga qasamki, bular qiyomat kuni hisobi beriladigan 
ne’matlardir, — dedilar. So‘ngra bu so‘zlaridan ashobning andishalanganini ko‘rgach: 
— Biroq bunday ne’matlarni yeyishdan oldin: “Bismilloh”, deng va to‘ygach: “Bizni to‘ydirgan va 
biz loyiq bo‘lmagan ne’matlarni bizga ehson etgan Allohga hamd bo‘lsin”, deb ayting. Zero, bu 
ne’matning shukronasi bo‘ladi, — deya marhamat qildilar. 
Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, bir odatlari bor edi. Birovdan ko‘rgan yaxshilikni sira 
javobsiz qoldirmas edilar. Abu Ayyubnnig uyidan chiqarkan, unga: 
— Ertaga biznikiga bor, — dedilar. 
Biroq Abu Ayyub bu so‘zni eshitmagani uchun Umar, roziyallohu anhu, unga: 
— Janobimiz ertaga uylariga borishingni buyurmoqdalar, — dedi. 
Ertasi kuni Abu Ayyubga Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bir joriyani hadya qildilar va 
joriyaga yaxshi munosabatda bo‘lishini tavsiya etib: 
— Biz bu joriyadan faqatgina yaxshilik ko‘rdik, — deya marhamat qildilar. 
Abu Ayyub: “Janobi Payg‘ambarimizning tavsiyalariga faqat bu joriyani ozod etib amal qila 
olaman”, dedi va uni ozod qilib yubordi». 
 
RASULULLOH O‘RGATGAN DUO 
Abu Umomadan, roziyallohu anhu: 
“Xolid ibn Valid Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, kechalari dahshatli tushlar ko‘rayotgani, 
bu hol uni namozdan chalg’itayotganini kuyinib so‘zladi. Shunda Alloh rasuli unga: 
Ey Xolid! Bir duo borki, uni uch marta o‘qib tugatmasingdanoq Alloh taolo seni bu holdan 
qutqaradi, —dedilar. 
— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh! O‘sha duoni menga o‘rgating, — dedi Xolid ibn 
Valid. 
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, quyidagi duoni o‘qidilar: 
“Allohning azobidan, jazosidan, qullarining yomonligidan, shaytonlarning bug’zu adovatidan (gij-
gijlashidan) va yonimda bo‘lishlaridan Allohning kalimalari panohiga qochaman”. 
Oyisha, roziyallohu anho, deydilar: Oradan bir necha kun o‘tgach, Xolid ibn Valid yana kelib: 
— Yo Rasulalloh! Ota-onam sizga fido bo‘lsin! Sizni haq payg‘ambar etib yuborgan Allohga 
qasamki, siz menga o‘tgatgan duoni uch bora (uch kecha) o‘qimasimdan Alloh taolo avvalgi mushkul 
holdan meni xalos ayladi. Bundan buyon kechalari arslonning iniga kirsam-da, parvoyimga kelmas, — 
dedi”. 
Amr ibn Shuayb ham bobosidan rivoyat qilib, “Birortalaringiz uyquda qo‘rqsangiz, ushbu duoni 
o‘qisin”, deb aytganlar. Abdulloh ibn Os, roziyallohu anhu, esa har doim bolalariga bu duoni o‘rgatar 
edilar. 

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling