Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc
Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod www.ziyouz.com
Download 202.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri
Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 28 SALMONI FORSIYNING O‘GITLARI «Mo‘min kishi xuddi shifokori yonida yurgan bemorga o‘xshaydi. Bemorning yonida yurgan tabib uning dorilarini bilib, ko‘ngli bir narsani tusaganida: “Zinhor buni yeya ko‘rma! Mabodo yesang, seni o‘limga olib boradi!” deya ogohlantirib turganidek, mo‘min kishining ko‘ngli ham ko‘p narsalarni istab qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan qaytaradi va jonini olib, jannatga borguniga qadar nazorat ostida tutib turadi». ABU DARDONING O‘GITLARI «Yaxshilaringizni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichrasiz. Chunki haqni qabul etgan ham haq bilan amal qilgan kishi kabidir. Xalqni u mas’ul bo‘lmagan narsalarga mas’ul qilmang va Alloh nomidan hech kimni so‘roqqa tutmang. Ey inson o‘g’li! Sen o‘z amalingga boq. Zero, xalqdan ko‘rganlarini surishtiradigan kishi har doim qayg’u chekadi va hech qachon alami so‘nmaydi. Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilingiz. O‘zingizni o‘liklardan sanangiz. Bilingki, kun kechirishga yetgulik oz sarvat sizni yo‘ldan ozdirib, g’aflatga tushiruvchi katta boylikdan yaxshiroqdir. Yodingizda bo‘lsin, yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi. Yaxshilik mol va farzandlarning ko‘pligida emas. Yaxshilik keng fe’lli, axloqli bo‘lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo‘lishdadir. Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qo‘ysangiz, albatta Allohdan mag‘firat so‘rang». MUOZ IBN JABALNING O‘GITLARI Muhammad ibn Siriyndan rivoyat qilinadi: “Bir odam Muoz ibn Jabalning, roziyallohu anhu, yoniga keldi. Muoz ibn Jabal mehmonlarini kuzatayotgan ekan. Kelgan odamga shunday dedi: “Senga ikki narsani tavsiya etaman. Shuni bilgin, dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan ko‘ra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla. Qaerga borsang ham oxiratdagi ulushingni talab qil. O‘g’lim! Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o‘qi! Yana bir bor o‘qiy olishingni o‘ylama. Shuni bilgin, mo‘min kishi biri bajargan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik o‘rtasida o‘ladi. Ro‘za (nafl ro‘za) tut, biroq oralatib tut. Namoz (nafl namoz) o‘qi, biroq uyqu uchun ham vaqt ajrat. Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman deb to‘g‘rilikdan ayrilma va musulmon holda o‘lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan. Kimda shu uch narsa bo‘lsa, Allohning g’azabiga uchraydi: noo‘rin (sababsiz) kulmoq, istaksiz uxlamoq va ochiqmay turib ovqat yemoq. Ochlik va qiyinchilik fitnasi bilan imtihon qilindingiz, sabr etdingiz. Mo‘l-ko‘lchilik fitnasi bilan ham sinalursizlar. Men sizning ayollar fitnasiga uchishingizdan ko‘proq xavotirdaman. Ular oltin va kumush bilaguzuklar taqib, Shom va Yamanning yupqa, bezakvor ko‘ylaklarini kiyib, boyni charchatib qo‘yurlar, kambag’alni esa topolmagan narsalarini topishga majbur eturlar». Download 202.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling