Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc
Download 202.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri
IKKI ESHIK ORASI Muslim ibn Bishrdan: Abu Hurayra, roziyallohu anhu, kasal bo‘lib o‘lim to‘shagida yotar ekan, unsiz yig‘lar edilar. Bir kuni u kishidan: «Nega yig‘laysiz?” deya so‘rashdi. U shunday javob qildi: — Oldimdagi safar juda uzoq. Ozuqam esa oz. Shu boisdan yig‘layman. Hozir meni ikki eshikning ro‘parasiga keltirishgan: eshiklardan biri jahannamga, ikkinchisi esa, jannatga ochiladi. Meni qaysinisidan ichkariga olib kirishlarini bilmayman. TAVSIYA Habib ibn Abdullohdan: Bir odam Abu Dardoga: — Menga nimalarni tavsiya etasiz? — dedi. — Xursandchilik va to‘qchilik paytlaringda Allohni unutmagin, Alloh ham qiyin ahvolga tushganingda seni unutmaydi. Biror dunyoviy ishga kirishmoqchi bo‘lsang, qanday natija chiqishini o‘yla, shundan keyingina boshla, — deb javob berdi Abu Dardo roziyallohi anqu». Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 35 MUHTOJNING EHTIYOJI Xolid ibn Mi’doddan, roziyallohu anhu: “Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, Said ibn Omir ibn Huzaym al-Jumahiyni Humaysga voliy etib tayinladilar. Bir kuni Humaysga kelganlarida xalqdan: — Voliyingiz qanday? — deb so‘radilar. — Undan mamnun emasmiz, — deyishdi. — Nega? — To‘rt sababi bor. Birinchidan, quyosh ko‘tarilmay ishga kelmaydi, ikkinchidan, oyda bir kun hech tashqariga chiqmaydi, uchinchidan, ba’zan u shunday xafahol bo‘lib qoladiki, xuddi telbaga o‘xshab ko‘rinadi va hech ish qilolmaydi, to‘rtinchidan, kechqurunlari hech kimni qabul qilmaydi. — Bular katta nuqsonlardir, — dedi Umar va Saidga xabar yubordi. Xalifa Saidga ishonchi tufayli xabar jo‘natayotganida: «Allohim, u haqdagi fikrimni o‘zgartirmagin”, deb duo qildi. Said kelganida Hazrati Umar Humays xalqiga: — Voliy ustidan shikoyatingizni yana bir bor ayting, — dedi. — Quyosh ko‘tarilmay ishga kelmaydi, — deyishdi. — Vallohi, ey mo‘minlar amiri. Men aslida hech kimga aytmoqchi emasdim. Uyimda xizmatkor bo‘lmagani uchun erta turib, non pishirib olgach, tahoratimni yangilab, keyin ishga chiqaman, — dedi Said. — Yana qanday shikoyatingiz bor? — so‘radi Hazrati Umar. — Kechqurun bo‘lishi bilan hech kimning ishiga qaramaydi. — Bunga nima deysan, Said? — Aslida bu haqda ham gapirmoqchi emasdim. Men kunduzni odamlarga, kechani esa Allohga ajratganman. — Yana bir shikoyatingiz bormidi? — so‘radi xalifa. — Oyda bir marta hech tashqariga chiqmaydi, — deyishdi. — Xo‘sh, bunga nima sabab? — Hali aytganimdek, xizmatkor tutmaganim uchun kirlarimni o‘zim yuvaman va qurishini poylayman. Sababi, menda qo‘shimcha boshqa ust-bosh yo‘q. Shuning uchun o‘sha kuni shomga yaqin chiqa olaman. — Yana qanday shikoyatingiz bor? — so‘radi Umar, roziyallohu anhu. — Orada bir telbaga aylanadi-qoladi va biror ish qilolmaydi. Said buni shunday izohladi: — Hubayb al-Ansoriy Makkada o‘ldirilganida men o‘sha yerda edim. Mushriklar uni ushlab, bir necha joyidan go‘sht parchalarini kesib olishganidan so‘ng, bir daraxtga osib mixladilar va undan: «Hozir sening o‘rningda Muhammad bo‘lishini xohlarmiding?” deb so‘rashdi. U esa: «Vallohi, hozir men ul zotning oyoqlariga bir tikan kirishini ham istamayman” dedi va “Yo Muhammad” deya baqira- baqira jon berdi. Men o‘sha payt buyuk Allohning borligiga imon keltirmagan bir mushrik bo‘lganim uchun unga hech qanday yordam berolmagan edim. Hatto unga achinmadim va vijdonim ham qiynalmadi. Shuni eslasam, Alloh taolo meni kechirarmikan, deb o‘ylab hushimdan ketib qolaman. Ittifoqo, Hazrati Umar, roziyallohu anhu: — Allohga shukrlar bo‘lsinkim, mening ojiz farosatim noto‘g‘ri bo‘lib chiqmadi, — dedi va Saidga ming dinor berilishini buyurib: — Buni ehtiyojlaring uchun sarfla, — dedi. Saidning ayoli buni eshitib nihoyatda xursand bo‘ldi va eriga: — Bizni sizning xizmatingizga muhtoj bo‘lmoqdan xalos etgan Allohga hamd bo‘lsin, — dedi. Said ayoliga qarab: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling