Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc
Download 202.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri
XUSHU’ VA XUZU’ XOSIYATI Janglarning birida Hazrati Alining oyog’iga o‘q tegdi. O‘q oyoq suyagiga ham ancha botgani uchun chiqara olishmadi. Bir tabib chaqirdilar. Tabib Hazrati Aliga qarab shunday dedi: — Bu o‘qni faqat hushdan ketkazuvchi dori bilan olsa bo‘ladi. Yo‘qsa, og’riqqa chidayolmaysiz. Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 34 Hazrati Ali aytdilar: — Hushdan ketkazadigan doriga zarurat yo‘q. Bir oz sabr qilinglar, namoz vaqti kirsin. Men namoz o‘qiy boshlaganimda olib tashlaysiz. Namoz vaqti kirdi. Hazrati Ali namozga turdilar. Tabib Hazrati Alining oyog’ini yorib, o‘qni chiqardi. Yarani bog‘lab qo‘ydi. Hazrati Ali namozlarini bitirib, tabibdan so‘radilar: — O‘qni chiqardingizmi? — Ha, chiqardim, — dedi tabib. — Men hech narsa sezganim yo‘q, — dedilar Hazrati Ali roziyallohi anqi. Namozdagi xushu’-xuzu’ Hazrati Alini go‘yo boshqa olamga olib ketgandek edi. Shuning uchun ham vujudlaridagi og’riqni aslo sezmadilar. ALLOH KO‘RIB TURIBDI Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo‘shishdek yomon odatni qat’iy taqiqladilar. Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko‘chalarida kezib yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o‘tirdi. Kutilmaganda uy ichida ona bilan qizi o‘rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi: — Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo‘shib yubor! — Xalifa sutga suv qo‘shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon! — Bilaman. — Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman? — E-e, qo‘shaversang-chi, Umar seni ko‘rib turgani yo‘q! — Umar ko‘rmasa ko‘rmas, ammo Alloh ko‘rib turibdi-ku... Hazrati Umar shundan so‘ng uyga qaytdilar. O‘g’illari Osimni imon-e’tiqodli, go‘zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar. (Shukrona Sherali qizi tayyorladi). Download 202.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling