Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
— Bu pullarni o‘z ehtiyojlarimizga ishlatmay, sen uchun yanada foydaliroq bo‘lgan bir ish qilsam 
nima deysan? Ularni bizdan ham muhtojlarga tarqatsak, biz uchun yanada foydalidir, — dedi. Ayoli 
ham: 
— Mayli, — degach, xonadon ahlidan eng ishonchli deb bilgan bir kishini chaqirdi. 
Pul solingan xaltachaning og’zini bog‘lagach, unga: 
— Ol, shu pullarni, falon mahallada falonchi ayol beva, falon bola yetim, falon joyda bir faqir bor, 
falon mahallada bir bemor yotibdi, falon joyda musibatga uchragan bir odam bor, o‘shalarga tarqat, 
— dedi. 
Haligi odam pulni aytilgan odamlarga tarqatib chiqdi. Qaytganida qo‘lida bir dinor qolgan edi.
Ayoli Saidga: 
— Xudo xayringizni bersin. Pullarni tarqatdingiz, yaxshi. Lekin hech bo‘lmasa, bizga bir xizmatkor 
olsangiz bo‘lar edi. Shuncha pulda bizning hech bir ulushimiz yo‘qmidi? — dedi. 
Said shunday dedi: 
— Xonim, shunday bir kun keladiki, sen bu pulga bugungidan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lasan... 
ALLOHNING FAZLI VA RAHMATI 
Vosila ibn Asqo’, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: “Ramazon oyi keldi. Biz ahli suffa ham ro‘za tuta 
boshladik. Har oqshom iftor vaqti kirishi bilan Aqobada bay’at bergan ansorlar kelib har qaysisi bir 
kishidan bizni iftorlikka olib ketishardi. Bir kuni hech kim kelmadi. Ro‘zamizni ocholmay uxladik, 
saharlik ham qilmadik. Ertasi kuni ham hech kimdan darak bo‘lmadi. Nihoyat, ahvolimizni janobi 
Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, bildirdik. Ul zot bizga nihoyatda qayg’urib, biror yegulik 
bormi, deya ayollaridan birma-bir so‘rattirdilar. Biroq ularning hammalari bunga: 
Alloh nomiga qasamki, bizda yegulik hech narsa yo‘q, — deb javob yubordilar. 
Shunda Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, to‘planishimizni buyurdilar va biz to‘plangach: 
— Allohim, Sendan fazl va rahmat so‘raymiz. Zero, rahmat yolg‘iz Sening qo‘lingdadir va Sendan 
o‘zga rahmat sohibi yo‘qdir, — deya duo qildilar.
Biz “Omin”, dedik.
Oradan ko‘p o‘tmay, bir joydan bizga bir qo‘yning qovurilgan tanasi va shunga yarasha non keldi. 
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam: 
— Qani, olinglar, yenglar, — dedilar. 
Biz to‘ygunimizcha yedik. Shundan so‘ng Sarvari koinot, sollallohu alayhi va sallam, shunday deb 
marhamat qildilar: 
— Biz Alloh taolodan uning fazilati va rahmatini ham tilagan edik. Bu bergani Uning fazlidir. 
Shubha yo‘qki, biz uchun rahmatini ham saqlab qo‘yibdi”.

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling