Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
50 shamollar, yomon so‘zlar, ma’naviy xastaliklar kirishidan to‘ssa, berkitsa, shundagina ko‘ngil ko‘zi va qulog‘i ochilsa ajab emas... — Kim bu Xadicha onamiz, Fotima onamiz, xola? — Xadicha va Oysha onamiz Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xotinlari. Fotima esa qizlari. — Xola, unday bo‘lsa onam ikkingiz bir «moda»da ekansiz-da? — Shunday, qizim. Faqat bitta farqi bor. Sofiya xonim vaqtida bularni qiziga anglatmadi. Qalbiga Allohdan qo‘rqishni joylamadi. Boshiga ro‘mol o‘ratsam bo‘ldi, ish bitadi, deb boshqa tomonlarini esdan chiqardi. Bugun o‘sha unutishning jazosini tortmoqda. Bu orada Amina mehmonlarga choy keltirdi. Mavzu shu yerda tugadi. Yana yarim soatcha o‘tirishgan mehmonlar takror-takror shifolar tilab qo‘zg‘alishdi. Qo‘shni qizning holida o‘zgarish borligi ko‘zga tashlandi. Endi avvalgiga nisbatan biroz o‘ransa, yanada odobliroq yo‘ldan ketsa ajabmas. Ular ketishi bilan Amina hayratini yashirolmadi: — Ona, sizning bunchalik gapirganingizni ko‘rmagandim. — Qizim, bunday paytlarda gapirish jim turmoqdan xayrlidir. Qiz to‘g‘ri (haq) yo‘lga kirsa ajabmas. Ko‘shni qiz bir necha kun o‘tib, eshik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Knyim-kechagi nisbatan odob doirasida edi. Onasiga bir kiyim tiktirmoqchi ekan. O‘sha kun eshitganiga ko‘ra qanday bichimda tiktirishni so‘ramoqchi bo‘libdi. Munavvarxonim kulimsiradi: — Qizim, bizning andozamizning shakli yo‘q. Oson. Faqat chegaralari bor, buni o‘sha kun aytdim. Yuz-qo‘ldan boshqa joylarning yopiq bo‘lishi. Shaklini esa har kimning xohishi, ta’bi, didi belgilaydi. Har kim istaganday tiktiradi va sizning bunga aqlingiz yetadi. Go‘zal bir kiyim tiktiring-ki, yoshlarimizga ham yoqadigan bo‘lsin. Oradan kunlar, oylar o‘tdi. Amina Munavvarxonimdan faqat yaxshilik va samimiyat ko‘rdi. Munavvarxonim unga ona o‘rnida ona, keragida opa va bir yaqin jigar mavqeida bo‘ldi. Unga yo‘l ko‘rsatdi, qadrladi, rag‘batlantirdi, o‘rni kelganda ko‘nglini og‘ritmay tanbeh-nasihatlar qildi. Bu uning ona mehri bilan birga aqliy, mantiqiy bir shafqati ham edi. Balki bu shafqatni ona o‘z qiziga ko‘rsata olmas, lekin Munavvarxonim kelinini aslo ranjitmadi. Uyquning eng shirin payti saharga to‘g‘ri keladi. Bomdod vaqti. Bu vaqt Xoliq oshiqlari uchun bedorlik, g‘ofillar uchun g‘aflat paytidir. Mana shu damlarda Aminaning eshigi ohista chertilar va tashqaridan: — Mustafo, Amina, turinglar, bolalarim, — degan ovoz eshitilardi. Ba’zai turmush qurganlariga endigina bir necha oy bo‘lgan ikki yosh uyg‘onishga uyg‘onsalar-da, joylaridan ko‘zg‘alishga qiynalishar, mudrab qolishardi. Bu paytlar joynamoz ustida qiblaga yo‘nalgan, ko‘nglini Parvardigorga bog‘lagan bir mo‘mina o‘rnidan turib, takror eshikni chertardi: — Mustafo, Amina turinglar endi, hozir quyosh chiqib qoladi, — deb takrorlaydi, «namoz uyqudan xayrli» ekanini eslatardi. Amina bilan Mustafo turib tahorat oladilar. Amina xonasiga Munavvarxonim kabi hozirlagan masjidiga kirar, Mustafo esa jome’ga yo‘l oladi. Bu xonadonda namozdan so‘ng qo‘llar Qur’oni karimga uzanar, ikki-uch sahifa o‘qilgach, o‘pib joyiga qo‘yiladi. Qizim kech yotdi, o‘g‘lim ishga boradi, deb tonggi nomozga uyg‘otmaydigan onalar ham topiladi. Ammo natijasi zarar keltiradi. Uch kun uyqusiz bo‘lsa ham, namoziga turmasa ma’naviy zarar ko‘rajaklarini yaxshi his etadi. Shu bomdod namozini o‘qigach, ularga yana uxlab olishlari uchun ruxsat beradi. * * * To‘y o‘tganiga ikki yil bo‘lay deb qoldi. Bu vaqt ichida kelin-qaynona o‘rtasida hech qanday ko‘ngilsiz voqea bo‘lmadi. Ammo, keyingi bir voqea, oq qandday shirin turmushga siyohday sizib dog‘ solmoqchi bo‘ldimi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling