Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
ibratli qaynona haqida bo‘lsa-da, unda islomga xos xulqlarning yuksak namunalarini ko‘ramiz. 
Yetim haqqini ado etish, sadaqa-ehsonni pinxona qilishning fazilati, masjidda ibodat qilish odobi, 
dasturxonda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, qizlarning behayo kiyimi, qaynona-o‘g‘il-kelin 
majburiyatlari... Xullas go‘zal musulmon oilasi uchun xos bo‘lgan fazilatlarni ko‘rdim va bu kitob 
shunchaki «roman» emas, balki go‘zal axloq sharaflangan roman, har bir oilada qo‘lma-qo‘l o‘qilishi 
shart bo‘lgan kitob, degan qarorga keldim. 
Asarda qalamga olingan qaynona-kelin muammolari bizning oilalarda ham bor. Kelishmovchiliklar 
orqali buzilayotgan oilalarning soni tobora qo‘paymoqdakim, bu bizlar uchun g‘oyat tashvishli hol 
bo‘lmog‘i kerak. Bu kelishmovchiliklarning, bu buzilishning sababi tarbiyasizlikdir. Biz bo‘lajak oila 
boshlig‘i — o‘g‘ilni, bo‘lajak kelin bo‘lmish qizlarimizni to‘g‘ri tarbiyalay olmaymiz. To‘y uchun 
hashamlarni to‘playveramizu, ammo go‘zal xulqlarni egallashiga e’tiborsiz qolamiz. Oqibat esa... 
Roman garchi turk oilalari haqida bo‘lsa-da, unda biz o‘zimizni ko‘ramiz. Azizlar, kitobni 
shunchaki o‘qib qo‘ymang, voyaga yetayotgan farzandlaringiz bilan birga qayta-qayta o‘qing, 
Munavvarxonimning, o‘g‘li Mustafoning, kelini Aminaning xulqlarini anglating, ularda shunday 
xulqni tarbiya qiling. 
Shunda erta-indin kuyovga uzatadigan qizingiz taqdiridan ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi: Bu kitobni 
muhtarama qaynonalar ham, suyukli kelinlarimiz ham o‘qisinlar. Birga o‘qisalar yanada yaxshi. Ayri-
ayri o‘qisalar ham birgalikda amal qilishga kirishsalar a’loroq bo‘ladi. 
Endi muallif haqida ikki og‘iz so‘z: Ahmad Lutfi Qozonchi afandimiz o‘zbek kitobxoii uchun 
notanish emas. Muhtaram zotning ulug‘ asarlaridan «Saodat asri qissalari»ni o‘qigansiz, keyin «O‘gay 
ona» romani bilan tanishdingiz. Kamina bu kishining suhbatidan bahramand bo‘lish baxtiga 
yetishganlardan. Turkiya safari arafasida «Saodat asri qissalari» bilan tanishib, muallif bilan 
ko‘rishmoq orzusida bo‘lib edik. Turkiyalik birodarlar bizning bu orzuimizdan xabar topishgach, 
mamlakatning qadimiy poytaxti Bursa shahriga bordik. Nurulloh Muhammad Raufxon bilan birga 
universitet ilohiyot fakulteti dekani huzurida ancha o‘tirdik. Dekan «xo‘jam hozir keladilar», 
deganlariga biz «u kishi uyda ekan-u, kelib qolarkanlar» deb o‘ylabmiz. Oradan bir yarim, ikki soatlar 
o‘tgach, dekan yana telefon qilib, «band ekanlar, chiqa qolaylik», dedilar. Keyin bilsak, muhtaram 
afandimiz ikki qavat yuqoridagi o‘z xonalarida ish bilan band ekanlar. Biz suhbat oxirida u kishini 
O‘zbekistonga taklif qildik. «U yerga borib nima qilaman, men bajarishim lozim bo‘lgan biror ish 
bormi? « deb so‘radilar. Biz «kitobxonlar bilan uchrashasiz», deyishdan boshqa gap topib bera 
olmadik. Ahmad Lutfi Hazratlari gapimizni eshitib, miyig‘larida kulib qo‘ydilar. Dekan izoh berdilar: 
«xo‘jam bekordan bekorga safarlarda yurishni yoqtirmaydilar. Vaqtni g‘oyatda qadrlaydilar. Bir yili 
xorijdagi bir yig‘inga yuborib edik, ikki kunda qaytib keldilar...» 
Siz o‘qiydigan bu kitobning muallifi ana shunday o‘z kasbiga fidoyi inson. 
Ahmad Lutfi Hazratlari garchi taklifimizni qabul qilmagan bo‘lsalarda, yurtimizga o‘z asarlari 
bilan kirib keldilar va ko‘plab kitob muhiblarining qalbidan joy oldilar. Ta’bir joiz bo‘lsa, muhtaram 
afandimiz «Qaynona» bahonasida yana tashrif buyurdilar. Biz qo‘limiz ko‘ksimizda: «Xush keldingiz
muhtaram zot», deb qarshilaymiz. 
Tohir MALIK 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling