Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 qahva ichsa bo‘ladi. Piyolani bo‘shatar ekan ko‘nglida bir savol tug‘ildi. — Daftarga yozilgan savobning bu yetimlarga qanday aloqasi bor? Bu savob ularning qornini to‘yg‘izadimi yo xursand qiladimi? Yo‘qsa ustiga bir kiyim kiydiradimi? Bechora Yusuf, sen nomayi a’molingga yozilgan savobda darhol xursand bo‘lding. Yetimlar-chi? Ularning ko‘z yoshlari tinadimi? Ha, masala g‘oyat muhim. Mabodo bu faqat o‘ziga aloqador bo‘lsa ish osongina ko‘char edi. Afsuski, bunday emas. Yusuf afandi o‘zining shirin o‘ylaridan o‘zi uyalib ketdi. «Ey, xudoyim, menga to‘g‘ri o‘ylashni to‘g‘ri yo‘ldan yurishni nasib etgin». Bu orada xotini kirib keldi. Hozirgina xayolidan o‘tgan fikrlarni so‘zladi, xotini boshini qimirlatib, uning gaplarini tasdiqladi: — Afandi ko‘p o‘ylanmang, yetimlarning onasi bor, muammo hal bo‘ladi. Mana mening uchta ko‘ylagim bor, bittasini beraylik. Inshaalloh, xursand bo‘ladi. Ehtimol o‘zi kiyar yoki bolalariga kiyim qilib berar. Oradan jinday fursat o‘tib xotini ichkaridan yangi bir ko‘ylak bilan ro‘mol olib chiqdi. Yaxshilab o‘rab erining qo‘liga berdi. Shu payt muazzin xufton namoziga azon aytdi. Yusuf afandi: «Yo, Alloh» deb o‘rnidan turdi. Jome’da namozini ado etgach, xotini bergan tugunchani olib, tim qorong‘u ko‘chaga oydin niyat bilan chiqdi. * * * Tong g‘ira-shira yorishgan damlar... Harobroq uyning kichik bog‘i o‘z bag‘rida uy bekasi uchun kutilmagan sovg‘a saqlardi. Tong namoziga uyg‘ongan uy bekasining lablari bir muddat qimirlab turdi. So‘ng ko‘zlari otasiz uxlashga endi-endi ko‘nikayotgan uch go‘dagiga tushdi. Ezildi. Jimgina yotoqdan chiqdi. Farzandlariga rizq so‘rab, ularni parishon qilmaslikni tilab Allohga duolar qildi. Ko‘zlarida paydo bo‘lgan ikki tomchi yoshni sidirib hovliga chiqdi. Yuzlariga urilgan sarin shamol uyqusini haydadi. Duolar qilib, tahorat olgach, o‘rnidan yurarkan devor tubidagi qoraygan narsaga ko‘zi tushdi. Nima ekan u? Qarasa bog‘langan tuguncha. Ochib ko‘rdi. Yangi, pokiza ko‘ylak, bitta ro‘mol. Bir zum nima qilishini bilmay qoldi. Kim qo‘ydi ekan? Olsammi, yo‘qmi? So‘ng bildirmay yaxshilik qiluvchilarning ishi deya olib ichkariga kirdi. Namoz o‘qidi. Qur’oni karimni ochdi. Eri o‘lganidan beri har tong «Yosin» o‘qishni odat qilgan edi. Uning ruhi o‘qigan o‘qigan Qur’on savobi bilan huzur topishini o‘ylab, tilovatga kirishdi. Qaysi biri oldin o‘lsa, tirik qolgani o‘lgunicha unga bag‘ishlab Qur’on o‘qishni, unutmasdan duolar qilishni eri bilan ahdlashishgan edi. Bu o‘sha va’daga vafo edi. O‘qidi. Qur’oni karimni yopdi. O‘pib ko‘zlariga surdi. Kelin bo‘lib tushganida tikkan jildning ichiga soldi va joyiga ildi... Ertalab soat sakkizlarda eshik taqqiladi. Usmon og‘aning xotini kelgan edi. Kenja o‘g‘lini o‘zlariga olish taklifi... Ona yuragini ta’riflab bo‘lmas darajada qattiq iztiroblar to‘ldirgan edi. Bir baxona bilan tashqariga chiqdi. O‘g‘lini bag‘riga bosdi. Hidladi, o‘pdi, takror quchdi. Bir yoqda ko‘z yoshlarini artar, bir tarafdan: — Go‘dagim, bolam, yetim farzandim, — deya sekin ingrar, bola esa nimalar bo‘layotganini anglamasdi. — Ona, yig‘lamnag, yig‘lamang ona, — deya boshladi. Ovozidagi titroqdan uning ham yig‘lab yuborishini anglagan ona, o‘zini tutdi, bolasini ezilishini xohlamadi. Dardini ichiga yutib, ko‘zlarini artdi va ichkariga kirdi. Nima deb boshlashni bilmasdi: — Bolamni olib ketishga keldingizmi? — demoqchi edi, aytolmadi. So‘zni mehmon xonimdan kutdi. Usmon og‘aning xotini yengilgina yo‘talib: — Qizim, bugun bolani olib ketmoqchi edim, — dedi. Shu mahal onaning yuragi dahshatli darajada ura boshladi. O‘rtanishi yuzida zuhur etdi. — Biroq, og‘angiz kechasi kelib, fikridan qaytganini aytdi. «Balki yetim haqqiga yetarlicha rioya qilolmasmiz», dedi. «Savob olaman deya gunohga qolmaylik, qizimga ayt xafa bo‘lmasin», dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling