Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
15 Shunchalik achchiq so‘zlar aytib ko‘nglimni og‘ritgach: «Xafa qilardimu, shukr eting», degani-chi. O‘yladiki, men xafa bo‘lmadim. Uning meni xafa qilmadi, shunchaki nasihat qildi. Ko‘rgulik deya o‘yladim, ko‘rgulik. Haqoratni fazilat deya sanaydigan ayol bilan yashaymanmi? Ko‘rgulik emasmi? Bunday achchiq gaplarni umrimda eshitmaganman. Ota-onam menga bunday so‘zlarni aslo aytgan emas. Bu gaplar o‘y xayolimga ham kelmagan. Ko‘ngil qolish va xafagarchilik neligini bilib oldim... Inson zoti biror ayb uchun bundan ortiq malomatga qolishi mumkinmi? Axir uyimizda bunday qo‘pol, qattiq gapirilmas, otam bunga yo‘l qo‘ymas edilar. Mehribon oanjonim menga bu tarzda muomala qilgan emas, boshimga shunday kunlar kelishini xayolimga ham keltirmagandim. Qiziq, bizning uyda ham kelin bo‘lsa unga qanday muomala qilgan bo‘lardik-a? Inson zulmni boshidan kechirgani, tanigani uchun ham shunday zolim bo‘larmikan yo? Aslida har bir qaynona ham kelin bo‘lib ko‘rgan-ku axir. Xo‘sh, nega endi mushketti? O‘zi tortgan zulm alamini birovdan olmoq kerak? Yigirma besh yil keyingi hayotimni xayolan tasavvur qilaman. Sochlarim oqargan, o‘g‘lim uylangan. Kelin xizmatda. Qahva tayyorlab oldimga qo‘yadi. Mening qo‘llarim titraydi, qahvani to‘kib yuboraman. Ustiga-ustak kelinga jahl qilaman. Baqiraman: «Biroz nari qo‘ysang bo‘lmasmidi? «Ko‘nglini og‘ritaman. Aybsiz kelin, mening achchiq zahar gaplarimga chidolmaydi, yig‘laydi. Unga rahm qilish o‘rniga, jahl qilaman: — Yig‘la, yig‘la, bir paytlar meni ham yig‘latganlar. Men boshimdan o‘tkazdim bu ko‘rgulikni. Sen ham totib ko‘r. Bunisi hali holva, boshimdan o‘tgan azoblarni senga ham torttirmasam, Kazbon otimni boshqa qo‘yaman. Qahva to‘kishni ko‘rsataman hali senga... «Imillama, Kazbon ovqat kechga qolmasin». Qaynonam ovozidan cho‘chib o‘zimga keldim. Yeng shimarib darhol ovqatni pishira boshladim. Haligi xayolim ko‘z o‘ngimdan ketmadi. Yo, Alloh men ham nahot shunday insofsiz bo‘lsam. Agar shunday qaynona bo‘ladigan bo‘lsam, o‘sha kunga yetkazmay meni jonimni ol, Rabbim, — deya duo qildim. Bu safar bir noxushlik bo‘lmasin deya e’tibor berib pishirdim ovqatni. Kechqurun dasturxonga tortilganida negadir yana kuygan hid kelgandek bo‘ldi. Erim bir ikki qoshiq ovqat yegandan keyin menga: — Kazbon, ovqatda kuyik hidi bormi, qaragin-a? — dedi. Inkor eta olmadim. Chunki hidni men ham sezgan edim. — Ha biroz kuygan shekilli, — dedim noiloj. Gapga qaynonam aralashdi: — Shunaqasi ham bo‘lib turadi, kelin hali o‘rganmagan. O‘rganib ketadi. Keyingiz safar e’tibor beradi. E, bolam, biz ham shunaqa edik. Yangi kelin bo‘lib tushganimda necha martalab kuydirganman... Onasining gaplaridan erimning kayfiyati chog‘ bo‘lgan edi. Kulimsirab so‘radi: — Ona, siz ham ovqatni kuydirgnamisiz? — Albatta, o‘g‘lim, — dedi qaynonam va menga qarab: — Hali yangi kelinsan. Baland pastni yaxshi bilmaysan. Xohlaysanmi, yo‘qmi bunday aks hollar sodir bo‘ladi. Bir kuni o‘choqqa ovqat qo‘yib qo‘shni xonaga o‘tdim. Bir payt burnimga kuygan narsani hidi urilgandek bo‘ldi. Bu nima ekan-a? Qo‘shnilardan birortasi o‘choqqa ovqat qo‘yganu unutgan. Qozondagi ovqat esa chasir-chusur kuymoqda degan xayolga bordim. Tashqariga chiqdim, hid ozaydi. Birdan ovqat qo‘yganim esimga tushdi. Va boshimdan bir paqir qaynoq suv quygandek bo‘ldi. Yugurdim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, ovqat kuyib jizg‘anak bo‘libdi. Eshik yopiq bo‘lgani uchun hid tashqariga chiqmagan. Shundagi ovqatga suv quymaganim esimga tushdi. Biroq g‘isht qopildan ko‘chgan edi. Darhol onamga: «Shu-shu narsalarni olib keling, deya xabar yubordim. Hech ham unutmayman, onam aytib yuborgan narsalarimni o‘zlari yugurib olib keldilar. «Tinchlikmi, qizim». Ovqatni kuydirib qo‘yganimni aytdim. Onam yeng shimarib ovqat tayorlashga kirishdi. Men qozon tagidagi kuyganlarni qirib tozaladim. Ularni boqqa ko‘mayotgan mahalim qaynonam keldilar. Hech narsani sezmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling