Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
ko‘radi, doimo ingraydi. Shu bois u boshqalardan ziyodaroq sevardi onasini. Aminaning ko‘nglida bir 
yara, bir dard bor edi. Bu dard kasalvand onasining qizini bir bor bag‘riga bosib onalik mehri bilan 
suyub, sochlarini silamagani tufayli paydo bo‘lgan dard edi... Go‘dagiga o‘z qo‘li bilan non tutmagan, 
xastalikdan boshi chiqmagan onaning farzandi ko‘nglida jarohat bor edi...
Bir kuni otasi uyga xursand kirib keldi. Amina bu holni anglay olmadi. So‘rab bilarman deb 
qo‘ydi, o‘zicha. Faqat otasi avvalroq juda bilimdon bir doktor borligini aytdi. Onasini shifoxonaga olib 
borishmoqchi edi. Amina yig‘ladi, iztirob chekdi, bormasin dedi. Faqat tuzalishiga ishontirishgach rozi 
bo‘ldi. Shifoxonaga og‘ir ahvolda tushgan onasi bir oyda oyoqqa turdi. U yerda onasi oppoq halat 
kiygan, ma’sum chehrali farishtaday bir ayol hamshiralik qilar edi. Uning ismi Munavvar edi. Balki 
uni hozir taniy olmas. Ammo Aminaning ko‘nglida yaxshi xotiralar, go‘zal taassurotlar qoldirgandi. 
Har gal bu ismni eshitishi bilan ko‘nglini minnatdorlik va hurmat tuyg‘ulari egallaydi. Bir kuni kelib 
o‘sha xonimga xizmat qilishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan edi.
Ajabo o‘sha Munavvar xonimmikan yo? Lekin bu dunyoda Munavvar ismli ayol bittagina 
emasdir? Kim bilsin... O‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘layotgan qanchadan-qancha Munavvarlar bordir bu 
shahri azimda. Shu zaylda qancha vaqt o‘tganini bilmadi. Faqat qoboqlariga tushgan yuk uxlash 
lozimligini anglatib turar, turib yotog‘iga kirdi. Tilovat va duolar qildi. Bu ishni xayrli bo‘lishini Alloh 
taolodan so‘radi...
III 
Juda issiq bir kun. Odamni lohas qiluvchi havo. Amina bog‘da kuymanadi. Charchagan, holdan 
toygan, tomoqlari qurigan. Oh, qani suv bo‘lsa, qona-qona ichsa? Suv so‘ray deb atrofga qaradi, hech 
kim yo‘q. Noiloj sabr etishni lozim ko‘rdi. Qimirlashga harakat qildi. Bo‘lmadi. Oyoqlari 
bog‘langandek. Onasi yodiga tushdi. «Onajon, suv bering», deya baqirdi. Javob bo‘lmadi. Hech kim 
ko‘rinmadi. Yana shu hol takrorlandi. Nima qilsam ekan deb o‘ylanib yotganida, o‘ng tarafida bir ayol 
ko‘rindi. Yuz-qo‘lidan boshqa joylari yopiq bir xonim. Yuzlaridan nur yog‘iladi. Aminaga yaqin keldi 
va suv to‘la piyolani uzatdi. Amina uni darhol olib oxirigacha ichdi. Boshini ko‘tardi: 
— Xola, Alloh rozi bo‘lsin, tashakkur, — dedi. Ayol javob berdi: 
— Menga emas, suvni yaratganga shukr et, bolam! 
Amina Allohga shukr etdi. Ayol boshqa gapirmadi va chiqib ketdi. Bu pokiza, nuryuzli xonimning 
ortidan qarab qolarkan, azon eshitildi. Amina ko‘zlarini ochdi. Tong namoziga yaqin ko‘rilgan tushlar 
xayrli bo‘ladi, deya eshitgandi. Turib tahorat oldi, namozini o‘qidi. Uzundan-uzun o‘y surdi. 
Chanqaganda notanish bir ayol unga muzday berdi — bu yaxshilik alomati. Onasi o‘rniga g‘amxo‘rlik 
qilgan notanish ayol — boradigan joyida rohat ko‘rishiga ishorat edi. Aminaning aqli shunday derdi. 
Ammo hislari-chi?
* * * 
Oradan uch kun o‘tdi... Amina ovqat pishirish bilan mashg‘ul. Onasi qo‘lidagi yopinchiqqa yamoq 
solmoqda. Aminaga berilgan muhlatni ohirgi kuni. Bugun o‘sha masala hal bo‘ladi. Amina javob 
aytishi lozim. Ketish yoki qolish tanlanadi. Mushkul ish, qiyin ahvol bu. Amina yoshidagilar uchun 
mashaqqatli kechishi tabiiy, chunki bu masalaga ilk duch kelishi. Hattoki onasi bo‘lsa ham, turmushga 
chiqish istagini bildirish — og‘ir ish. Ko‘rgan tushi xayrli va ezgu ishga ishorat bo‘lsa-da uyini tark 
etmoq oson emas. Uch kun ichida Amina og‘ir o‘y ichida qoldi. Uy ashyolariga, qo‘ylariga xuddi 
vidolashayotgandek qaradi. Ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiydi, bo‘g‘ziga nimadir tiqildi. Ba’zan onasidan, 
sizlarni joningizga tegdimmi, deya ich-ichidan so‘ragisi keladi. Faqat onasining: «Bu Allohning 
qonuni, qizim. Uni o‘zgartirmoq hech kimni qo‘lidan kelmas», degani yodiga tushib mehr muhabbat 
bilan avaylab o‘stirgan ota-onasi haqida shunday o‘ylagani uchun o‘zidan xafa bo‘ladi. Ayriliq 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling