Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
ko‘rdim. Qo‘shnilar tomoshaga chiqishgan ekan. Aqlim o‘zimga qaytgandek bo‘ldi. Shu yerda gapni 
kesdim: 
— Inshaalloh, yayrab kiyolmassiz, — deya boshqadan yuva boshladim...
Ishim bitgach xonamga kirib yotdim. Ko‘pdan beri bunday rohat qilib uxlamagandim. Ertalab 
jonim kirib uyg‘ondim. Endi jim turishdan foydan yo‘q edi. G‘avg‘o bo‘larmikan? Albatta, g‘avg‘osiz 
kunni o‘zi yo‘q. Qaynonamni hurmat qilishim kerakmi? Aslo! Hech qachon! Chunki u hurmatga loyiq 
emas. Arzimas narsalarga g‘avg‘o ko‘taruvchi bu ayolni hurmat qilishga ne hojat? Kechqurun erim 
keib uyda nimalardir bo‘lib o‘tganini sezdi. So‘radi, hech narsa bo‘lgani yo‘q, biroz behuzurlik, dedim. 
Ishonmadi, yana so‘radi. Keyin aytdim: 
— Endi chidolmayman. Kular yuzim so‘ldi. Har kuni ming turli so‘z eshitdim. Yeb-ichganim zahar 
bo‘ldi. Men ham insonman. Meni bu yerga faqat qahru g‘azab ko‘rsin deb olib keldingizmi?
Bu so‘zlarni eshitib erimni qovog‘i osildi.
— Nega bunday gapiryapsan, Kazbon? Axir onam sendan shikoyat etgan emas. Har doim 
yaxshiligingan so‘zlaydilar. Nega o‘shanda hech narsa demading? Senga har kuni yomonlik qilgan 
kishi kelib menga maqtaydimi? Boshqa bunday holni ko‘rmayin. Bor, endi qo‘llarini borib o‘p. Yana 
shunday qiladigan bo‘lsang, u yog‘ini yaxshi bilasan, boshqa gapim yo‘q! — dedi va bu masala shu 
tariqa yopildi.
Erim haqli deya o‘yladim. Bugungach o‘zini meni yaxshi ko‘rgandek ko‘rsatgan qaynonam 
hammasini shunday kunga tayyorlab yurgan ekan. Ovqat kuygan kunda tug‘ilgan savolga javob endi 
topildi. Kechki ovqat mahalida ham qaynonamning qovog‘i soliq edi. Ovqatlanib bo‘lgach: 
— O‘g‘lim, kel yonimga o‘tir. Gaplashib olaylik, — dedi. Erim yoniga o‘tirdi. «Xo‘p, ona», dedi. 
Qaynonam meni boshdan oyoq ko‘zdan kechirgach, unga qaradi: 
— Xotiningdan shikoyatim bor o‘g‘lim. Mana bu yerimga keldi (bo‘g‘ziga ishora qildi). 
Bugungacha hech narsa demadim, faqat yaxshiligini aytdim. Yaqinda ota uyidan kelgan, ham yosh, 
o‘rganib ketar dedim. Mayda-chuyda qusurlarini senga aytmadim. Kechirimli bo‘ldim. Ammo endi 
ortiq chidolmayman. Kelin zahrini ko‘tara olmayman. Bunga majbur ham emasman. Kelin qaynonaga 
bunday muomala qilmaydi. Men ona hisobidaman, axir. Bugungacha yaxshi muomala qildim, foydasi 
yo‘q. Yoshim ulug‘. Ulug‘larga hurmat qani? Qaynonaga hurmat-izzat shumi?
Qaynonam yana nimalar dedi bilmadim. Uyatdan yer yorilmadi. Qizardim. Bu qadar hayosiz 
gapirgan kishining o‘zida hayo bor deyish mushkul. Ortiq chidab turolmadim. Qo‘llarimni yuzimga 
bosib tashqariga otildim. Kechasi erimdan yana gap eshitdim. Men qaynonamga dushman bo‘lish 
uchun bu uyga kelmagandim. U haqida hech bir yomon xayolga bormagandim. Istardimki, u menga 
do‘stona quchoq ochsin, men ham unga chin dildan xizmat qilay. Ammo, bo‘lmadi. Bir-birimizga 
ming yillik dushmanlardek bo‘ldik. Boshqalar qanday bilmadim, ammo men omadsiz ekanman, 
singlim. Oradan oylar o‘tdi. Men ham tilimga erk berdim. U nima desa men ham gap qaytardim. Bir 
kunimiz ham janjalsiz o‘tmadi. Hech bo‘lmasa yoshini hurmatidan tilimni tiyay dedim, qo‘limdan 
kelmadi. Bu ahvol yana qancha davom etadi, bilmadim singlim...
Kazbon hikoyasi Aminaning ko‘ngil osmoniga ma’yuslik bulutlarini haydadi. Nahotki mening ham 
hayotim qaynona zulmi ko‘lankasida o‘tsa! Uch kun... shu uch kun ichida Amina nimalarni o‘ylamadi. 
Kelin bo‘lib boradigan oilani, o‘g‘lining ismi Mustafo ekanini biladi, lekin ular yaxshi yomon degan 
fikrga borolmadi, chunki ularni tanimas, yaxshi bilmas edi. Xufton namozini odatdagidan ertaroq o‘qib 
xonasiga kirdi. Chiroqni o‘chirdi, derazani ochdi. Chuqur o‘yga toldi, o‘ylari beqaror bo‘ldi. Dam-
badam xayoliga Mustafo ismi taqalib, zehn qorong‘uligidan o‘zi tanimagan yigitni quvib chiqarmoqchi 
bo‘ldi. Lekin baribir ko‘z oldiga kelishgan bir yigitning g‘ira-shira qiyofasi namoyon bo‘laverdi. Keyin 
bo‘lajak qaynonaning ismi Munavvar ekanini esladi. Bu ism unga avvalroq bo‘lib o‘tgan bir hodisani 
eslatdi. O‘shanda onasi hasta edi. Doktorlar ilojini topolmagan bir xastalik. Amina onasining sog‘ 
kunlarini eslolmaydi. Yilning bir burchida yillarcha ingrab yotgan bir bemor. Bolaligidan qolgan eng 
teran, eng chuqur, unutilmas xotira. Aminaning onasi xasta. Qachon xonasiga kirsa yotgan holda 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling