Qaynona (roman). Ahmad
Lutfi Qozonchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Dunyo adabiyoti xazinasidan
Ahmad Lutfi Qozonchi
QAYNONA
(roman)
Tarjimon:
Yo‘ldosh Eshbek
Toshkent
«Movarounnahr»
2004
O‘zbek o‘quvchilariga «Saodat asri qissalari», «O‘gay ona» romanlari orqali yaxshi tanish bo‘lgan
Ahmad Lutfi Qozonchining mazkur asari chin go‘zallik,
yuksak axloq, qaynona-o‘g‘il-kelin o‘rtasidagi
muammolar va ularning go‘zal yechimi haqida.
Bu kitob muhtarama qaynonalar, suyukli kelinlar, bo‘lajak kuyovlarimiz
uchun sodiq xamroh
bo‘lishiga aminmiz.
So‘zboshi muallifi:
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Tohir MALIK
Muharrir:
Filologiya
fanlari doktori
Bahodir KARIM
Mas’ul muharrir:
Filologiya fanlari nomzodi
Abdumurod
TILAVOV
O‘QIB, UQIB, IBRAT OLAYLIK
Bismillaxir Rohmanir Rohiym.
Sarvari olam Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilgan ekanlarkim: «Alloh go‘zaldir
va go‘zallikni sevar».
Go‘zallik deganda biz nimani tushunamiz? Yuz chiroyinimi yo libos chiroyinimi? Go‘zal oila
deganda nimani tushunamiz? Bu savollarga javob topish uchun ko‘p donishmandlar fikr yuritganlar,
durdona asarlar yozib qoldirganlar.
Musulmon odamga, uning oilasiga xos go‘zallikka erishish
yo‘llarini Qur’oni karimdan, Rasululloh (s.a.v.)ning sunnatlaridan o‘rganamiz. Go‘zallikni
boshqa
yoqlardan izlash behudadir.
Muhtaram xo‘jamiz Ahmad Lutfi Qozonchining qo‘lingizdagi «Qaynona» asarlarini o‘qigach, ana
shu go‘zallikka erisha olgan bir mo‘‘tabar oila bilan tanishdim. Bag‘oyat huzurlandim. Men yaqin
yillarda bu kabi ham maroqli, ham foydali asarni o‘qimagan edim. Asar
Munavvarxonim timsolidagi