Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 — Qanday? Yusuf afandi yana bir ho‘plam choy ichgach: — Bola onasining yonida qolsin. Haftada, oyda bir ehtiyojlari uchun pul berib tur. Yegulik yubor. Biror do‘kondan savdo-sotiq qilsinlar, pulini to‘la. Birorta nonvoyxona bilan kelish, nonlarini o‘sha yerdan olsinlar. Menga qolsa bu yo‘l yaxshiroqdir. Bolasi bittami? — Yo‘q, uchta. Kenjasini olmoqchiman. — Juda yaxshi. Lekin butun oila bilan xizmatida tursangiz ham unga ona muhabbati hasratini unuttira olasizmi? Menimcha, yo‘q. Eng johil, hatto bolasini kunda kaltaklaydigan ona ham o‘sha bola uchun dunyoning eng dilbar, mehribon onalaridan ko‘ra sevimliroqdir. Oqshomgacha bir burda non bermay yig‘latsa ham uning bu holi saroylarda noz-ne’mat ichida ulg‘aymoqdan yaxshiroqdir bola nazdida. Qolaversa, sen bu bolani olgach bir dardlari ming bo‘ladi. Onadan tug‘ishganlaridan ayrilish dardi yomon... Yusuf afandi ohangini biroz o‘zgartirib so‘radi: — Bu bolaning onasi, aka-ukalari siznikiga kelib-ketib turishadi, shundaymi? — Albatta, xohlagan paytlarida. Xoh kecha bo‘lsin. xoh kunduz. Istagan paytlarida eshigim ular uchun ochiq. Bolalar kelsinlar, birga o‘ynasinlar. Onasi kelsin, ko‘rsin, mehrini qondirsin. Bu ularning haqlari. Zero, ularning uchrashishlariga yo‘l qo‘ymasam qilgan ishim zulmdan boshqa narsa bo‘lmaydi. Yusuf afandi so‘nggi ho‘plam choyini ichgach, Alhamdulillah, deb dastro‘moli bilan og‘zini artgandan so‘ng so‘radi: — Bola olgach yaxshi kiyintirasanmi? — Albatta, o‘z farzandimdek ko‘raman. Uni oldingi ahvolida tashlab qo‘yolmayman-ku. O‘z farzandimdek bag‘rimga bosmasam olib nima qilaman. Xizmatkordek tashlab qo‘ysam Alloh nima deydi. Sen nima deysan og‘a? Shu paytgacha so‘zga aralashmay o‘tirgan Mahmud og‘a gap-so‘zlarni diqqat bilan eshitmoqda edi. Ko‘zlarini bir nuqtadan olmay javob berdi: — Siz, ishga meni aralashtirmang, bir to‘xtamga keling, men oxirida fikrimni aytaman. Yusuf afandi davom etdi: — Juda yaxshi, bu bolani kiyintirasan. Uni kelgan holida tashlab qo‘ymaysan, men buni bilaman. Bunga ishonchim komil. Balki u sening uyingda hech yerda topolmaydigan darajadagi huzur-halovatni topar. Lekin ish bu bilan bitmaydi. Uning nozik bir jihati bor: qolgan ikki bola siznikiga kelganlarida uni yaxshi liboslarini ko‘radilar. Rafiqang ularga uylarida doim ham bo‘lavermaydigan yeguliklar tutadi. Bu aslida juda yaxshi, lekin o‘sha bolalar ukalaridek sharoitda bo‘lmagach ranjiydilar. Buni ko‘tara olmaydilar. Uyga borib ehtimol onalariga: «Bizga ham o‘sha narsalardan olib ber», xarhasha qiladilar. Bu yoshlarida ular: «Ha, mayli ukamiz yaxshi yashayotgan ekan, biz sabr qilaylik», demaydi albatta. Ulardan buni kutish yaxshi emas. Bola-da! Demak qarang, bir bolaga yaxshilik qilasiz, ikkinchi tarafdan ikki bola xafa bo‘lishi mumkin. Shu payt Mahmud og‘a choy tashuvchini ishora bilan to‘xtatib, dedi: — Choylarni yangilab, qaynog‘idan keltirgin bolam. Yusuf afandi so‘zida bir oz davom etdi: — Siz yana mening aytganlarimni o‘ylab ko‘ring, dovdiramang. Bir bola sizning uyingizda go‘shtli palov yeydi, boshqa ikkovi quruq piyoz bilan qorib to‘ydiradi. Menimcha, uchchovining bir yerda yovg‘on yegani afzal. Agar xayrli bo‘lsin desangiz, shunday qiling. Fikrim shu. Nima deysiz, Mahmud og‘a? Mahmud og‘a o‘ylamasdan so‘ylamaydi. Hozirga qadar u ham muammo ustida jimgina bosh qotirdi. Ikki suhbatdoshni diqqat bilan tinglab, to‘g‘ri fikrni ajrim etishga harakat qilardi. Bu orada choychi qaynoq choy keltirdi. Og‘a choyiga shakar solib aralashtirarkan: — Bu masalada shoshmagan ma’qul. Choydan ichinglar marhamat. Ho‘sh, modomiki, niyatimiz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling