Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
3

Munavvarxonim asr namozini o‘qib bo‘ldi. Shu payt o‘g‘lining: «Yaxshi qoling, onajon. Alloh yor 
bo‘lsin», degan gapidan odati bo‘yicha bozorga ketayotganini angladi. Ona boshini qimirlatib: «Oq 
yo‘l o‘g‘lim, « deya javob berdi va tasbeh o‘girishda davom etdi. Muntazam bir holatda tasbeh 
donalari uning botinida kechayotgan ma’lum bir zikr jarayonidan dalolat berardi. Yuziga dilidagi 
huzur-halovat va ma’naviy zavq aks etgan sokin va nurli ko‘zlari esa muloyim bir tarzda tizzalariga 
qaragan. Gohida bu sokin ko‘zlar bir nuqtaga tikilib qolar va ehtimol, hech narsa ko‘rmas edi.
Har bir ona farzandini yaxshi ko‘rishi tabiiy. Biroq Munavvarxonimning o‘g‘liga bo‘lgan mehr-
muhabbati boshqacha, o‘g‘lidagi go‘zal odob-axloq yillar davomida chekkan mehnati hosilasi edi. 
O‘g‘li kelishgan, qovurli yigit edi. Bundan tashqari o‘g‘lining oliyjanobligi ona ko‘ngliga huzur bahsh 
etar edi. Mustafoning axloqidan onasining ko‘ngli to‘q. Bema’ni tengqurlaridan uzoqligini biladi. Bu 
ishonchni tog‘asining o‘g‘li ham tasdiqladi. «Munavvar, men Mustafoni juda ham yaxshi ko‘raman. U 
bizning huzurimizda qanday bo‘lsa, boshqalar yonida ham xuddi shunday. Odobi, tarbiyasi haqida 
ortiqcha tashvishlanishning hojati yo‘q. Biroq, mening so‘zlarim seni xotirjam qilmas, ehtimol. Balkim 
uning xatolarini sezmayotgandirman. Mayli, boshqalardan fikr so‘raylik-chi, nima deyisharkin? «.
* * * 
Cho‘rumning tinch va osuda choyxonalaridan biri. Choyxo‘rlarning ko‘pchiligi qariyalar. Yusuf 
afandi shu choyxonaning doimiy mijozlaridan biri. Ammo ba’zan asrdan so‘ng ikki yosh yigit ham 
keksalar suhbatiga some’ bo‘lishadi. Ulardan biri Mustafo. Yosh bo‘lishiga qaramay kattalarga el 
bo‘ldi. Yoshlikning jo‘shqin tuyg‘ularini aqliga bo‘ysundirdi. Saratoning kishi nafasini qaytaruvchi 
harorati sekin asta pasaydi. Asr namozini jome’da o‘qigan namozxonlar bir piyola choy uchun 
choyxona tomon yurishdi. Yusuf afandi ham ikki do‘sti bilan choyxonaga kirdi. Joylashib 
ulgurmaslaridan xizmatga yetib kelgan choyxonachi yigit stol ustini chaqqonlik bilan artgach qaddini 
rostladi. «Nima istaysiz? « degan savolga o‘rin qoldirmay: 
— Choy bolam, deyishgach, «Ho‘p bo‘ladi» deb uzoqlashdi.
Jome’dan chiqqach, Usmon og‘a bir yetim masalasida so‘z ochdi. Rahmatli bo‘lgan 
mahaladoshining bolalaridan birini asrab olishiga qaror qiligan edi. Boqib katta qilish savobini olish 
niyatida edi. Biroz nafas rostlagach: 
— Nima qilay, og‘ayni? Allohning ne’matiga shukr, Bizga berdi. Bermadi deb nonko‘rlik qilmay, 
bir bolani olib katta qilsam nimam kamayadi? Xotinim ham Xudo yo‘lida bunga rozi bo‘ldi. Alloh 
dargohiga olib boradigan nima amalimiz bor? Shu bola sabab Alloh bizni avf etar, — dedi. Xursand 
bo‘ldim. Qarshi chiqarmikan deb havotirlangan edim, — dedi.
Yusuf afandi gapga qo‘shildi: 
— Usmon og‘a, juda ajoyib ish bo‘ldi. Alloh sendan rozi bo‘lsin. Bir yetimning ko‘nglini olish, 
uyingda ulg‘aytirish naqadar yaxshi. Bu yaxshilik tufayli senga savoblar yog‘iladi. Bunday holatni 
boshdan o‘tkazmagan odam yetarlicha his qila olmaydi. Ammo yetim haqqiga yetarlicha rioya qila 
olarmikansan? Bu haqda yaxshiroq o‘ylab ko‘r. So‘nggida noliydigan ahvolga tushgandan ko‘ra hozir 
chorasini qilgan ma’qulroq. Yetim-esirga shayton yondosh bo‘ladi, deydilar. Ularning ko‘nglini topish 
juda mushkul. Otasi o‘lgudek urganida ovozini chiqarmagan bola, u o‘lgandan so‘ng boshini silagan 
qo‘lni urayapti deb hisoblaydi. Yetimning ko‘ngli yarim bo‘ladi, og‘a. Shuning uchun bu ishni 
uddalash juda qiyin...
Bir-ikki ho‘plam choy ichib so‘zida davom etdi: 
— Men senga maqbulroq bir yo‘l ko‘rsatay, ma’qul topsang amal qil. Bu sen uchun qulay va 
savobliroq.
Usmon og‘a so‘radi: 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling