Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


* * *  Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi  www.ziyouz.com


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

* * * 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Mahmud og‘a oqshom uyga kelib qovoqlari osilgan ona-bolani ko‘rdi. Hol so‘radi. Amina darhol 
tashqariga otildi. Onasi ahvolini, bo‘lib o‘tgan gaplarning hammasini aytdi. So‘ngra qo‘shimcha qildi: 
— Shoshildik, otasi. Yigitni bilaman, yaxshi, yaxshi dedingiz. Yaxshilab so‘rab surishtirmasdan 
qizingizni berdingiz-qo‘ydingiz. Tezda “xo‘p” dedingiz. Xo‘p, o‘g‘li yaxshi, qaynonachi? Jigarporam 
ertayu kech u bilan qoladimi? Ne savdolar soladi, qizimning boshiga. Bu ishda bir gap bor deb, 
ko‘nglim sezuvdi-ya. Hech ko‘rmagan edik sovchilikka ayollar qolib erkaklar kelganini. Nechun 
hozirgacha qorasini ko‘rsatmadi bu ayol? Boshida kali bo‘lmasa, kelib ko‘ringan bo‘lardi. Biz ham 
bilar edik.
Onasi chuqur xo‘rsinib qo‘ydi. Ko‘ngli negadir xufton bo‘ldi. Ko‘p pushaymonlar chekdi, nechun 
rozi bo‘ldim? Alamini og‘adan olmoqchi bo‘ldi.
— Piyozni kelin qilmishlaru qirq kun hidi chiqmabdi. Buning hidi bir haftada chiqdi. Qani, 
ko‘raylikchi, yana nimalar eshitamiz. Kuydirdingiz qizni, o‘zimga qo‘yib bermadingiz. Qayda 
ko‘rilgan, bir hafta ichida sovchi kelib, qizni olsin. Men yakkayu yagona qizimni shunday joyga berib, 
shunday uztamanmi? Shoshib boshni yordingiz. Yaxshilab o‘ylab ko‘raylik, o‘zingiz tuzata olarsiz. 
O‘zingiz boshladingiz, endi chorasini ham o‘zingiz toping.
Mahmud og‘a xotining so‘zlari nega bunchalik tushkun va kuygun ekanligini bilardi. Har gapni 
sanab, har eshitganiga ishonishini, buning ustiga olovga tarasha qalab, yermoy sepishini necha yilki 
biladi.
Bir hafta avval o‘zi ham Munanvar xonimni bir nech qo‘shnilaridan so‘rab surishtirgach: 
Menga qolsa, bundan yaxshi ayol bo‘lmaydi. Hamma yaxshi dedi, maqtadi. Koshki bizni ham 
odamlar shunday maqtashsa, — degan xotinining o‘zi edi. Bir haftadan beri jim edi. Bunday 
voqaelarni ko‘p ko‘rgani uchun ahamiyat bermadi. Faqat asablari joyiga tushib, tinchlanishini kutish 
kerak edi.
— Ko‘ramiz, keragicha hal qilamiz. Sen kuyinma, bu ishni menga qo‘yib ber, — dedi, og‘a va 
tashqariga chiqdi.
— Amina, qani bolam, dasturxon yoz… Otam keldi, ochiqqandir ham demaysan? Hah sen xoin 
qiz-a…hah sen-a… 
Amina birozdan keyin keldi. Yuzi g‘amgin. Ko‘zlaridan yig‘lagani bilinib turardi.
— Qizim nima bo‘ldi? Yo mendan xafamisan? Taomni yolg‘iz o‘zimga yedirmoqchimisan? 
O‘zing-chi? Kel, yonimga o‘tir, men ham xotirjam bo‘layin. Mayli, qani kel, bunday. Yo‘qsa xafa 
bo‘laman, — dedi otasi.
Ovqatlanishayotganida ham ona-bolani chehrasi yorishmadi.
Otasining: 
— Qani, Amina men sening yoshingda bunday oz ovqatlanmasdim, — deyishiga qaramasdan hech 
narsa yemadi. Nihoyat dasturxon atrofidan qo‘zg‘alishdi. Amina otasiga choy, qahva tayyorlash bilan 
ovora ekan, Mahmud og‘a bunday vaziyatda Munavvarxonimning kelish xabarini qanday aytishni 
o‘ylardi.
Asr namozidan chiqar ekan Yusuf afandi aytgan edi: 
— Og‘a bu oqshom sizlarnikiga boramiz. Munavvarxonim tezroq boraylik, desa-da, ikki kundan 
beri men orqaga tashlab kelyapman. Nasib etsa bugun boraylik degandi.
Uyga kelib uydagilarni bu holda ko‘raman deb o‘ylamagandi. Hozir to‘g‘ridan to‘g‘ri bu oqshom 
biznikiga ular keladilar desa kim bilsin ne qiyomatlar ko‘radi. Qahvasini ichayotib birdan yodiga 
tushib qoldi: 
— Onasi, senga latifa aytib beraymi, nima deysan?
— Nima derdim, bekorchilikda latifabozlikdan boshqa nimayam qilardingiz? Qizni ja-a o‘rniga 
joyladingiz. Endi navbat latifaga keldi.
Xotini iztirob bilan gapirar edi. Zarda bilan yuzini o‘girib olmasidan dedi: 
— Xotin, shu Xo‘ja Nasriddin haligi Nasriddin Afandi qancha yashab, qachon vafot etganini 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling