Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 g‘aroyib tuyg‘ular og‘ushida mashinaga, shu besh-o‘n kun ichida taniy boshlagan bir ikki ayol orasiga o‘tirdi. Ulov yo‘lga tushdi. Aminani bir uyga tushirdilar. Unib-o‘ssin deyildi. Ustidan tanga pul sochdilar. Erkaklar chekingach ilk bor Munavvaxonim uning yoniga bordi. Aminaga: — Qaynonangni qo‘lini o‘p, — deyishdi. Munavvarxonim ularga qayrilib qaradi: — Yo‘q, bu mening qizim, onasining qo‘lini o‘padi, — dedi va qo‘lini tutdi. Amina yillar bo‘yi faqat yaxshilik uchun ochilgan, faqat yaxshilik uchun cho‘zilgan gullardek pok ozoda qo‘lni o‘pdi va ko‘ziga pshonasiga ohista bosdi. Uyga qadam tashlashi bilan aytilgan bir jumla so‘z beran ishonch unga kifoya. Go‘yo g‘ariblik va yolg‘izlik hislari tumandek tarqab ko‘ngli oftobli osmondek charaqlab ketdi. Munavvarxonimning: «Xush kelding, bolam!» deb ochilgan quchog‘i Aminaga orom va huzur bog‘idek tuyuldi. * * * Oqshomgacha kelib ketuvchilar ko‘p bo‘ldi. Kechgacha uy ayollarga to‘ldi. Oqshom yaqinlashgach, erkak mehmonlar kela boshladi. Yusuf afandi uy sohibi sifatida kelganlarni kutib oldi. Azon aytilgach, jome’ga borildi. Shom namozidan keyin taom tortildi. Taklif etilan ikki hofiz Qur’oni Karim o‘qidi. Amina xonasida ilohiyni tingladi: Xos bog‘ingga kelganlar, Gullaringni terganlar, Xabar berdi ko‘rganlar, Nuri Qur’on ichinda. Bu hikmatlar barchaning ko‘zlarini yoshladi. Ma’no maqomi bilan ko‘ngillarda huzurbaxsh tuyg‘ular uyg‘otardi. Hofiz afandi Faxri Koinot s.a.v. uchun yozilgan bir na’t ham o‘qidi: Sevarmiz sunnatingizni sizdan asar, iz deyaroq, Eslarmiz ismingizni har on Sarvarimiz deyaroq, Uzoq tushmasak sizning lutfingizdan, shohi Rasul, Tortarmiz sharbati mavtni, qo‘rqmasdan Alloh deyaroq. Tilarmiz: qolmaylik hech sizni sevmoqdan yiroq, Ummatingiz mahsharga yetgay shafoat deyaroq. Oxiri mahalla imomi duo qildi. So‘ng Mustafo imomdan boshlab ulug‘larning qo‘llarini o‘pdi. Do‘stlari bilan qo‘l siqishib ko‘rishdi. Keyin onasining oldiga kirdi. — Bolam, Alloh seni ikki dunyoda mas’ud etsin, — deya duo qildi Munavvarxonim. Mustafo onasining qo‘lini o‘pdi. Kelinning xonasiga, Aminaning oldiga kirdi. * * * Yusuf afandi qarindosh ayollarga taom yeyilgan dasturxonlarni, kosa tovoqlarni tozalashni buyurmoqda. Mehmonlar xufton namozi uchun jome’ga ketisharkan, azon ovozi eshitildi. Bu azon har kimga — uylangan Mustafoga ham Allohning bandasi ekanini, farzini ado etish vaqti kirgani va shart ekanini eslatardi. Ichkari kirarkan Mustafo tahoratli bo‘lgani uchun: — Qani, Amina avval namozni o‘qiylik, bandalik burchimizni ado etaylik, — dedi. Joynamozlar yozildi va Mustafo «Allohu akbar!» deb namozni boshladi. Amina umr bo‘yi itoat etmoq qarori bilan unga ergashdi. Download 363.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling