Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
uchun doimo Unga yolvor. Sen Allohni unutmasang, Alloh ham seni aslo unutmaydi. Qani, endi 
menga ruxsat, qizim. Senga xayrli tun tilayman.
— Xudo xayringizni bersin, ota.
Amina otasining ko‘ngli to‘lib-to‘liqib, sal buzilib, jon qulog‘i bilan tingladi va uzoq vaqt uning 
ma’nodor so‘zlarini o‘ylab yotdi. Uning nasihatlari xayolidan ketmadi. Ko‘nglini band etdi. O‘zicha 
ularni aql tarozusiga qo‘yib, otasining har so‘zi naqadar salmoqdor ekaniga tan berdi va jon deb qabul 
qildi. Yaxshi turmush qurishni istagan har bir aqlli inson bunday nasihatlarga amal qilish majburiyatida 
ekanini, buni chetlab o‘tishning iloji yo‘qligini e’tirof etmoqdan o‘zga chora topolmadi. Zotan, hayot 
tajribasiga ega, yaxshi yomonni ajratadigan ota qiziga yanglish o‘git bermaydi. Shularni o‘ylab Amina 
o‘z yotog‘iga, o‘rniga kirdi va birpasdan keyin uyquga ketdi.
VI 
To‘y ajoyib bir narsa, go‘zal yig‘in. Bor-faqir, do‘stu g‘anim bir joyga to‘planadi. Dardlini ham 
chorlaydi to‘y. Hatto inson taxammul qilish mushkul bo‘lgan dardi bepoyonlar ham kelishadi to‘yga. 
Barchasi shod-hurramga o‘xshaydi. Ammo ko‘plarning dardi to‘yda yangilanadi, ko‘plari yangi dard 
orttirib oladilar. Masalan, bu to‘yda farzand dog‘i, yo‘qotish azobini kechirayotgan bir ona bor. 
Odamlar orasida o‘zini tutib turgan, qalbi pora-pora bo‘layotgan yillar davomida oq yuvib, oq tarab 
o‘stirgan gul yuzli bolasini qo‘ldan oldirgan ona dardini o‘zidan boshqa kim ham chuqurroq his etardi? 
To‘yga taklif etilganlar orasida bir xonim bor, yonida so‘lg‘in yuzli ikki farzandi bilan mahzun-
mahzun atrofni tomosha qilmoqda. Goh-goh oylardan buyon ota qo‘li tegmagan yetimlar boshlarini, 
tosh kabi qattiqlashgan boshlarini silab, sochlarini tarab qo‘ygandek bo‘lardi. Ismi Jamila uning. 
Jamilaxonim har kuni ikki do‘sti bilan unikiga non va oziq-ovqatlar yuborayotgan Mahmud akaning 
uyida ekanligini bilmasdi. Bu xonim hozir kelinlik libosi ichida ming bir hayajon bilan ota ota uyida 
so‘nggi kechani o‘tkazayotgan qizga boqardi. U qadar hayajonli emas, faqat unda ziyoda o‘ychanlik 
bor. Necha yillar bu hayotni bugungi holga tushishini xayoliga keltirmasdan yashadi. Bugun ikkisi 
yonida, biri qo‘shnisi qaramog‘ida, jami uch yetimi bo‘lgan Jamilaxonim kelinlik zavqini to‘yib-to‘yib 
totgan edi.
To‘yda yosh qizlar bor. Aminaga hasad-havas aralash boqib, bir kun kelib biz ham yopinchiqqa 
o‘ranib kelin bo‘lamiz, deya mag‘rur yurgan qizlar. Yana bu to‘yda borgan joyida totli hayotga vido 
aytgan, kelin bo‘lganiga emas, dunyoga kelganiga pushaymon bo‘lib, ota-onasiga la’nat yog‘dirganlar 
ham bor. Bu yerda o‘tirib, sassiz-sadosiz yig‘lashgan, atrofga e’tiborsiz ikki yosh xonimga ne deysiz? 
Yuz-ko‘zlari bir biriga naqadar o‘xshash bularning. To‘yga faqat yig‘almoq uchun kelishganmi? 
Boshqa topishib yig‘laydigan joylari yo‘qmi? Ha, bular oylardir bir-birini ko‘rishdan mahrum, agar 
tasodifan uchrashsalar-da, suhbatlashish man etilagan baxti qaro opa-singillar. Ikkovi ham oilali, erlari 
orasidagi kelishmovchilik tufayli to‘yda ham suhbatlasholmaydilar. Suhbatlashsalar erlari ajrashishni 
shart qilgan. Aslida to‘yga bir-biridan tamoman xabarsiz kelgan bu xonimlar tasodifan ko‘rishib, 
quchoqlashib, o‘pishib, yig‘lashdilar, ammo bir so‘z aytolmaydilar, qalaysan, jigarim deyolmaydilar. 
Endi yonma-yon o‘tirish zavqini totar ekanlar, ayni paytda suhbatlashmaslik iztirobidan ezilar, bu ikki 
tuyg‘u qo‘shilib, sevinch va azob ostida yig‘lashar edi. Bir uyda o‘sib, minglab shirin-achchiq 
xotirlarni so‘zlashdan mahrum. Bu zulm. Qaysi axloq qoidasida bor bu.
Shunga qaramasdan to‘y ko‘ngilxushlik bilan davom etardi. Ba’zan bir-biriga qarab o‘ynaymiz deb 
turishgan ikki bolakay tomoshabinlarga zavq ulashar, ularni kuldirishardi. Ba’zan bazo‘r qo‘llaridan 
tortib o‘rtaga taklif etilgan kelinlar bir ikki aylanib o‘z joyiga o‘tirishardi. Bu orada semiz qornini 
sakrata-sakrata o‘rtaga yosh bir juvon chiqdi. Modomiki, to‘yga kelidikmi, o‘ynab kulaylik deya 
aylandi. Turli nag‘ma, muqom hunarlarini ko‘rsatib, goh o‘ngga, goh chapga aylanib zavq va shodlik 
ulashardi.
“Qozonda hedik qaynona,


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling