Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
chiqishi yaqin musofir go‘yo. Et bilan tirnoq ajralishidek holat bu hol. Non va suvdan ortiq sevilgan 
ota-onaning qo‘llari o‘pilajak. Bu mahalla, bu uy, bu bog‘ Aminaga faqat bir mehmonxona bo‘lajak. 
Endi Amina yayrab kezgan, shodlanib, o‘ynab-kulgan, umrining eng shirin, eng saodatli kunlari 
kechgan bu xonadonga xohlagan paytida kelolmaydi. Qo‘ylarini sog‘arkan otasi yelkasiga ohistagina 
urib, silab “xayr, Amina” deyishini eshitmaydi va javoban: «Ishingizni Alloh o‘nglasin!» deyish 
zavqini endi tuymaydi.
Ha, otlanish damlari yaqinlashmoqda. Har bo‘yi yetgan qizning boshida bor bu hodisa. Buni 
chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Lekin ba’zan Amina chiday olmay qoladi, ayriliq og‘ir ko‘rinadi. Dunyoga 
kelmasaydim, ayol bo‘lmasaydim demoqchi bo‘lardi. Faqat bu bilan hech narsa o‘zgarmasligini, bu 
fikr Allohga xush kelmasligini yaxshi tushunadi. Istig‘for aytadi darhol. U bo‘lmasa, boshqa bir qiz 
o‘sha uydan ketadi. Ayriliq azobini tortib, uning yuragi ham dog‘lanmaydimi?
Amina ota-onasiga ichdan toshib kelayotgan nimalarnidir aytmoqchi bo‘ladi. Faqat nima deydi? 
Oh, ularga dilini yorsaydi, shashqator yoshlar to‘ksaydi. Yo‘q, bu holat ularni ham yig‘latadi, 
dardlarini ziyoda qiladi. Lekin qo‘ylari unaqa emas, ular Aminaning hamdardlari. Shu sabab ikki-uch 
kun dardini ularga yordi, ko‘zlaridan o‘pdi, boshlarini siladi, hidladi, erkaladi. To‘yib-to‘yib yig‘ladi… 
O‘sha oqshom Amina o‘z xonasida ekan, tashqaridan oyoq tovushi kelgandek bo‘ldi. Quloq soldi. 
Ha, zinadan kimdir ko‘tarilmoqda. Otasi: 
— Amina, yotdingmi qizim?
Amina eshikni ochi: 
— Hali yotmadim, ota, kiring, — dedi.
— Bolam, bilasan, sening xonanagga kirish odatim yo‘q, ammo bugun ikki og‘iz suhbatlashib bir 
pas o‘tirsam dedim.
Otasining rostan ham bunday odati yo‘q edi. Amina biroz hayajonlandi, ammo bu tezda o‘tib ketdi. 
O‘zini o‘ngladi.
— Qizim, ikki kundan keyin kelin bo‘lib ketsan. Alloh xayrli turmush ato qilsin. Ikki dunyo 
yuzingni yorug‘ qilsin. Bu yerdan ketib, borgan yeringni qizi bo‘lasan. Qaynonangni onangdek hurmat 
qilishngni istardim. Doimo kichikligingni, kattalarga izzat-ikrom ko‘rsatishni untma, yomon so‘z 
eshitsang ham yaxshi so‘zla. Sen samimiyatdan ayrilma. Shuni unutma-ki, qilgan kichik yaxshiliging
Alloh tarafidan ziyoda qilib qaytariladi. Bugun kattalarga hurmat ko‘rsatsang, ertangilar seni ham 
hurmat etishadi. Seni borgan joyingda uyalmaydigan bir odob o‘rganishga, yaxshi tarbiya berishga 
harakat qildim. Umid qilamanki, sen ham meni uyaltirmaslik uchun qo‘lingdan kelganinicha g‘ayrat 
ko‘rsatasan.
Mahmud og‘a sukut saqladi. Qarshisida bosh egib turgan qiziga bir-ikki lahza qarab qoldi. O‘zi 
ham hayajonlandi. Yolg‘iz qizini uzatish arafasida bu so‘zlarni aytish osonmi? Ellikdan oshganiga, 
tajribalarda kechgan umriga qaramasdan hayajonlana boshladi. Qarshisida odob va tarbiya bilan 
o‘stirgan yolg‘iz guli, malaksifat qizi, lekin bir mehmondek o‘tiribdi. Og‘a umr bo‘yi uning o‘sib 
unishiga harakat qildi. Umrini shu gulni yetishtirish zavqi bezadi. Shu zavq bilan ovunardi. Endi, mana 
ayriliq kunlari. Endi u ketmoqda. Farzand mehri bilan to‘la keksayib borayotgan ko‘ngli ham u bilan 
ketmoqda. Faqat endi hisning emas, aqlning amriga muvofiq ish tutish payti edi. Qiziga aytishi kerak 
bo‘lgan so‘zlari bor edi. Shu bois so‘zlarini dona-dona, vazmin-vazmin davom ettirdi.
— Ular bilan kelganingda doimo eshigim ochiq. Faqat ulardan shikoyat qilib, turmushingdan nolib 
kelmagaysan. Doimo o‘z holingdan rozi bo‘l, qizim, shukr qil. Dunyo inson istagan narsasini 
topadigan joy emas. Unutma-ki, turmushi buzilib ichidan qon yig‘lagan ayollar bor. Seni onangdek 
yaxshi ko‘radigan bir qaynonaga ro‘baro‘ kelishingga, sening haqlaring toptalmasligiga ishonamiz. 
Yaxshi tarbiyali kuyov topishga harakat qildik. Alloh bizni uyaltirmasin. Hamma ham turmush quradi
bunga qarshi bormoqqa birovning haqqi yo‘q. Shu sababli xafa bo‘lma, bolam. Allohning qonuniga, 
amriga sen ham albatta, itoat etursan. Sen ham Allohning buyrug‘iga muvofiq oila qurursan. Qur’on va 
namoz o‘qishda davom et. Allohning quli ekanligingni hech ham unutma. Yaxshi turmush ato etishi 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling