Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
Oh! Munavvarxonim kelsa edi, u haqida bir ikki og‘iz so‘zlasaydi, uyalmasaydi, yo‘lini topib so‘rasay 
u haqida. Ba’zan Aminani nekbin tuyg‘ular tuyg‘ular chulg‘ar, Munavvarxonimdek ayol o‘g‘li loyiq 
bo‘lmasa uylantirishga otlanmasdi deb o‘ylardi. Ertaga uyaltirib qo‘yishini bilib bu ishga qadam ham 
qo‘ymasdi, birovlarning eshigiga qiz so‘rab, kelin axtarib bormasdi. Lekin qaysi ona o‘g‘lini yomon 
deydi, yomon ko‘radi va o‘g‘lining uylanmasligini istaydi? Agar Mustafoni uylantirish lozim bo‘lsa, 
o‘zi chekinib, qarindoshlariga tashlab qo‘ymaydi-ku…Lekin bo‘lar ish bo‘ldi. So‘z berildi. Otasi 
so‘zidan qaytadigan kishi emas. Agar Mustafoga bermasa, kimga uzatadi? Yana o‘shandek notanish 
birovga. Shunday ekan ne bo‘lsa bo‘lar. Hech qursa Munavvarxonimdek asl va pokiza bir qaynona 
bor-ku… 
* * * 
Amina duo qilmoqda. Mustafo aroqxo‘r, qimorboz bir kim bo‘lib chiqmasligini so‘rab, duolar 
qilmoqda. “Yo Rabbim, har ishga qodirsan, har ne sening qudrat qo‘lingda, har ne sening xazinangda 
yetarli. Boradigan joyimda uyaltirma, turmush qilolmay ortga qaytishdan O‘zing saqla. Odobli, 
nomusli yashashni, iymonli, ibodatli dunyodan o‘tishni, huzuringga pokiza holda borishni nasib ayla 
yo Rabbiy!” 
Amina namozdan keyin shunday duolar qilardi.
* * * 
To‘y uchun lozim bo‘lgan hozirliklar ko‘rildi. Bu borada ancha tushuncha va hayotiy tajribasi 
bo‘lgan Mahmud og‘a Yusuf afandi orqali Munavvarxonimga shu xabarni yetkazdi: 
— Ba’zilarga ergashib, afsuski, urf holiga kelib qolgan isrof va turli tashvishlarga berilmasin. 
Mutlaqo shart bo‘lganini bajarsin. Elning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Ularni mamnun qilish uchun 
urinib qolmasin.
Munavvarxonim Mahmud og‘aning bunday fayzli maslahati va takliflarini juda yaxshi qabul qildi. 
Og‘a so‘zida haqli edi. To‘ylarda behisob pullar nechun behuda sarflanmoqda? Xosiyatsizlik uchun! 
Maqtanish uchun! Shuhrat uchun! 
Kelinposhsha bir kun, bor yo‘g‘i bir soatgina kiyadigan liboslar uchun! Har biri bir faqirning bir 
necha oyligiga teng bo‘lgan qimmatbaho, lekin o‘rinsiz ziynat ashyolari uchun! Bular qancha 
kambag‘allarni tanglikdan qutqarishi, qancha mas’um go‘daklarga shodlik ulashish mumkin edi, deya 
yaqinlariga tushuntirishdan charchamasdi Munavvarxonim. Elning bu holga tushishiga sabab bo‘lgan 
ikki toifa insonlar bor. Birinchi toifa molini sarflab tugatolmaydigan, o‘rinsiz joylarga isrof etadigan 
boylar. Ikkinchisi, shunday boylardan olingan qarz ostida qolib to‘y-ma’raka o‘tkazib, boylar bilan 
bellashmoqchi bo‘lib, beli sinadigan faqirlar. Ana shu ikki toifa orasidan ba’zan tikanlar aro qulf urgan 
rangin chechakdek, aqlli va bu aqlini xayrli yo‘lda ishlatadiganlar ham chiqib qoladi. Ularning to‘yga 
hadyasi isrofu harajat emas, shu yoshlar tarbiyasidir. To‘y va turmush faqat mol dunyo bilan emas 
ma’naviy hol, bir-birini tushunish, go‘zal axloq bilan bunyod bo‘lishini yaxshi biladilar, yoshlarni shu 
yo‘lda tayyorlab yetishtiradilar.
Demak, Mahmud og‘a shularning biri. Isrof emas, yaxshi turmush zarurligini chuqur anglagan 
bo‘lsa kerak-ki, qudalariga ham shunday xabar jo‘natdi.
Oradan ikki oy o‘tdi. To‘y hozirligi tugadi. Aslida hech bir to‘yda bunday tayyorgarlik mukammal 
bo‘lgan emas. To‘y xoh kelishuvdan bir oy so‘ng qilinsin, xoh ikki yil keyin qilinsin, natija bari bir 
shu, bari bir yana talay ishlar, tikilishi, bichilishi, olinishi kerak bo‘lgan ashyolar qolib ketadi. Inson bu 
dunyodan har bir ishini tamomlab ketolmaganiga o‘xshaydi bu hol.
Uch kundan keyin Aminani olib ketadilar. Endi o‘zga bir oilaning qizi bo‘ladi, u yerni yurt tutadi 
va bir umr o‘sha yerda qoladi. Hozirlangan narsalar o‘raldi, chirmaldi, tugildi, sandiqqa solindi. Yo‘lga 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling