Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Muhimi ham shu – ichki go‘zallik, qalb go‘zalligidir. Men kelinimning tashqi chiroyidan ziyodaroq 
ichki go‘zalligi, odobi va tarbiyasi uchun oldim. Mayli, mening kelinim qoramag‘iz, bug‘doyrang 
bo‘lsinu, go‘zallik boshqalarga qolsin. Bug‘doyrang chirkinlik alomati emas-ku! Birov oqni, birov 
sariqni yaxshi ko‘radi. Men esa qoramag‘iz, bug‘doyrangni yoqtiraman.
Amina kirishi bilan Munavvarxonim gapini to‘xtatdi. Maqtashni lozim ko‘rmadi. Birovning yonida 
kelinining kamchiligini aytishni yoqtirmaganidek, maqtashni ham xush ko‘rmadi. Xotinlar ketishga 
chog‘landi. Keksaroq bir ayol Aminaning qulog‘iga pichirladi: 
— Qizim, qaynonagga e’tibor ber. Umring bo‘yi Allohga yolvorsang ham, ehtimol bundan yaxshi, 
bundan go‘zalroq bir qaynona topolmas eding. Qadriga yetgin.
* * * 
Uch eshik naridagi qo‘shnilarga kelin tushdi. Kelinni uyini mahalla kezuvchi xotinlar obdon 
tekshirdilar. Zarur gaplar aytildi. Ketar chog‘i qaynsingil kelinga eshitilmaydigan tovushda: 
— Xomroq chiqdi, opa. Qaynota uchun aqalli bir sochiq ham qo‘ymadi. Bir juft paypoqqa ham 
loyiq emasmi? Uyalib ketdim. O‘zim qo‘ydim. Eshitsa qiyomatni boshlaydi. Nechora boshga 
tushganni ko‘z ko‘radi, — dedi.
So‘ngra xo‘rsinib qo‘shib qo‘ydi: 
Bilmay qoldik, bilolmadik.
Yana gapirilajak nimalar bor? Ikki kun ichida mish-mishga arzirlik qanday voqealar ro‘y berdi? 
Kelinni ko‘rib, uning kamchiliklarini atrofga yoyish uchun kelgan, bundan zavq oladigan xotinlar 
uchun hozirgi voqea ham g‘iybatlari uchun yetarli xom ashyodir. Ular to‘g‘ri o‘z uylariga bormaydilar, 
avval qaysidir dugonalarinikiga kirib, ostonadayoq voqealarga o‘zlaridan qo‘shib, navbatdagi 
dugonanikiga shoshadilar. Axir vazifa juda og‘ir, shoshilish kerak. G‘iybatni tarqatish kerak. Bu orada 
yo‘lda tanishi to‘xtatadi.
— Qayoqqa bunday shoshilyapsiz, Zakiya xonim?
— (…)nikidan kelyapman. Kelin ko‘rgani borgan edim.
— Qanday ekan?
Bilmadim, oxiri baxayr bo‘lsin. Har holda yaxshi emas. Chiqayotganimizda qaynsinglisi bir ikki 
gapni aytdi. Fursat bo‘lganida kim biladi yana nelarni so‘zlardi. Ikki kun ichida shuncha gap, bilmadim 
oxiri nima bo‘ladi? Yana birovlarga gapirib yurmang, egachi. Oilasi buzilib ketsa bizlardan ko‘rishadi. 
Yaxshi bo‘lsa ikki kunda shuncha qabohat toparmidilar? Bu mening kelinim-ku, deb yomonini yashirib 
yaxshisini oshirardilar.
So‘ng xo‘rsinib: 
— Kelinga achinaman. Qiz ne niyatlar bilan kelgan bu uyga. Qanday qilib uyalmasdan o‘zlarini 
o‘zlari maqtaydilar. Hech kimga bildirmasdan ikki kunda kelinni keltirdilar qo‘ydilar. Men bilsaydim, 
qarab turmasdim, bermang bularga qizingizni, deb dunyoni ostin-ustun qilib yuborardim. Menga 
nimayam qilishardi? Ko‘rasiz ko‘p o‘tmay kelinni qay ahvolga solisharkin? Fursatini topib bularning 
kimligini kelinga bildirib qo‘yarman. Bilsin-da bu qizcha, hech bo‘lmasa shunga yarasha oyog‘ini, 
qadamini ular bilan tang tashlasin.
Suhbatdoshi bosh tebratadi: 
— Avvalgi kelinga nimalar qilishmadi bular. E, egachi siz bulardan insoniylikni qidirib yuribsiz. 
Tag‘inam kelin bardoshli yaxshi kelin ekan, ikki yil sabr toqat qilib yashadi. Qutuldi, ammo 
dunyosidan kechib qutuldi.
Suhbatlasharkanlar yo‘l o‘rtasida ekanliklarini, oyoqlari tolganini his etishib, qo‘llari bilan o‘taylik 
deganday ishora qilishib, yo‘lning chetiga o‘tib olishdi. Xotin takror so‘z boshladi: 
— Nima deyapgan edim? Ha… biznikilar sudlariga borishdi. Hakam: «Qizim, eringni deysanmi, 
otangni?» deb so‘rabdi. Qiz: «Hakam afandi, men na erimni deyman, na otamni deyman. Meni bularni 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling