Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
VII 
Har mahallada suvni loyqalatib yuruvchi bekorchi xotinlar topiladi. Ular kelin tushgan uyga 
o‘ralashib qoladilar. Kelin ko‘rish baxona, niyatlari ezmalik, g‘iybatchilik. Juda ham qiziqib to‘y 
bo‘lib o‘tgan xonadonga yuguradi ular. Kelinni, seplarini ko‘radilar, kim nima hadya etganligi 
to‘g‘risida ma’lumot oladilar. Boylar bilan bellasholmagan, keragicha yoki oshirib toshirib uyini bezab 
tuzay olmaganlar bo‘ladiki, kelganlarga uy ko‘rsatishni istamaydilar. Bu bekorchi g‘iybatchilar esa 
hech uzrni qabul qilmaydilar. Go‘yo hokimday, tergovchiday turib oladilar. Hamma yoqni titib 
ko‘radilar, tekshiradilar. Hadyalar haqida nasihatlar o‘qib, qaynona qaynota quruq qolganligini, bu ish 
juda katta ayb ekanligini uqtiradilar. Kelgan hadyalarni bir qismi oddiy, bularni keltirgandan 
keltirmagan afzal deyishadi. Hadyalarni bir-bir ko‘zadan kechirib, yaxshi yomonga ajratib bergan 
bo‘lishadi. Kamchiliklarni aytib o‘tishgach, navbat uy tuzashga, narsalarni joylashtirishga keladi. Shu 
karavot burchakka emas, unisiga munosib ko‘chirish kerak. Chetda turgan mana bu kichik taglik bir 
qarich yana o‘ngroqqa olinsa uyga boshqacha fayz kiradi. Ko‘rpa yostiq och moviydan nim pushti 
bo‘lsa, yotoqdagi narsalar falonchinikiga o‘xshab joylashtirilsa yaxshi bo‘lardi. Shunga o‘xshash 
maslahatlar aytib chiqib ketishadi. Kelinposhsha o‘sha ondan boshlab ma’yuslanadi.
Ne-ne zahmatlar evaziga yig‘ilgan seplar, hadyalar yerga urildi, kelin ko‘ziga past ko‘rsatildi. Bu 
ishlar bir-ikki g‘iybatchi ayollar tomonidan amalga oshiriladi. Bu xotinlar seplarni yig‘ish uchun ertani 
erta, kechni kech demay ter to‘kkan ota mehnatining qadriga yetarmidi? Qo‘l qadoqlarini ko‘rarmidi? 
Ularning yana bir maqsadi kelinning qusurlarini topib, elga yoyishdir. Qusur topolmasa, qo‘shib chatib 
g‘iybatnamo gaplarni ko‘paytiradilar, shundan zavqlanib, ko‘nglini xushlab yuradilar.
Munavvarxonim bularni yaxshi bilgani uchun borgan joyda kelin xonasini, sepini ko‘rishga 
intilmaydi. Hatto uy egalari: 
— Kelinning xonasini ko‘rmaysizmi? — deb taklif etsa ham, shunday javob beradi: 
— Yo‘q, u joy faqat kelin kuyovga tegishli, menga hech qanday aloqasi yo‘q.
Amina kelgach bu odat takrorlanadimi? Albatta. Lekin Munavvarxonim bunga ruxsat bermaydi. 
Begona ayol tugul, hatto o‘zi ham ularning xonasiga kirmaydi. Derazasidan ham qaramaydi. Garchand 
hozirgacha yuzlab kelin uylari kezilgan bo‘lsa-da, g‘iybatchi xotinlar uchun ham, kelin uchun ham aslo 
foyda bergan emas. Munavvarxonim biladiki, ruxsat etmasa, buni ham g‘iybat qiladilar, albatta. Yo‘q 
yerdagi gaplarni to‘qib chiqaradilar. Bu gaplar yo Munavvarxonim yoki Amina haqida bo‘ladi. Uy 
ko‘rishni istaydilarmi? Marhamat! Mehmonxona, oshxonani ko‘rsinlar. Ular uydan, uydagilardan, 
Aminadan qanchalik kamchilik axtarmasin, aslo topolmaydilar. Chunki Amina uy ishlariga ota uyida 
yaxshilab o‘rgangan. Qolaversa, Munavvarxonim ham qarab turmaydi. Kutilmagan bir paytda mehmon 
kelib qolishi yoki odamlar o‘zi uchun emas, balki pokizalarni Alloh sevgani va Alloh rizosi uchun 
ozodalikka e’tibor beriladi bu xonadonda. Bir umr mish-mishu g‘iybatlardan uzoq yurgan, dili pok 
Munavvarxonim tonglari: 
— Meni banda haqqi bilan huzuringga kelmoqdan O‘zing saqla, emn haqimda g‘iybat qilganlarni 
avf et, — deya duolar, iltijolar, nolalar qilgan. Allohni eslab, Rasulullohga s.a.v. salovat aytib ko‘ngil 
uyini nurlantirgan Munavvarxonim uyida biror tartibsizlik ko‘rolmaydi. Aminaga ayb taqolmaydi.
Yangi kelin tushgan uyga kelib o‘tirgan g‘iybatsevar xotinlar baribir bir yo‘l topib maqsadiga 
erishishga intiladilar. Aminaning bir daqiqa tashqariga chiqishidan foydalanib so‘rashadi: 
— Munavvarxonim, shu kelin bug‘doyrang yoki jinday qoramag‘iz emasmi, menga shunday 
tuyuldi-da. Bir oz go‘zalrog‘ini topsangiz bo‘lmasmidi?
— Bo‘lishi mumkin. Qoralik Allohdan. Yonida bo‘lib, bu Munavvarxonimning bo‘lajak kelini, yo 
Rabbiy, yana bir oz go‘zalroq yarat dermidingiz, — degan javobni oldilar. Xotinlarning rangi ro‘yi 
salgina o‘zgarganday bo‘ldi. Munavvarxonim davom etdi: 
— Tashqi chiroy ikki kunda o‘tib ketadi, birovga vafo qilmaydi. Qarigach bizni hech kim 
yoshlikda go‘zal bo‘lganimiz uchun hurmat qilmaydi. Ammo ko‘ngil go‘zalligi o‘tkinchi emas. 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling