Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
* * * Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi www.ziyouz.com kutubxonasi 35 Amina tongda uyg‘onib Munavvarxonimning qo‘llarini o‘pdi. Yangi oila qurganlar uchun bir odat bu. Juma bo‘lgani uchun Mustafo masjidga ketdi. Munavvarxonim kelini bilan yolg‘iz qoldi: — Qizim, bundan so‘ng sendan har kim: «Qaynonang bilan qandaysan» deb so‘raydi. Men aslida bir yaxshi ayol emasman. Balki senga nohaqlik qilib, bilib bilmay xafa qilib qo‘yishim mumkin. Bular o‘zimizning dardimiz, uyning ichida qolsin. Senga nisbatan nohaqlik qilsam, faqat o‘zimga ayt, tuzataman. Ammo boshqalarga gapirma, yaxshimiz degin. Bu savollarni beganlarning maqsadi dardingga chora izlamoq emas, qo‘shib chatib elga tarqatish. Ikkimiz qaynona kelin emas, ona bolamiz. Shunday yashashga harakat qilamiz. Bugundan e’tiboran kelinliging nihoyasiga yetdi. Balki men senga onalik qilishni uddalay olmasman, ammo sen qiz bo‘lishni uddalarsan, inshaalloh. Munavvarxonim bu gaplarni aytgacha, so‘radi: — Qur’on o‘qishni bilasanmi? — Ha, ona. — Yaxshi, uyimizda har tongda Qur’on o‘qish odat. Bu odat senga ham tegishli. Alloh hargiz seni uyaltirmagay. Bandam har kun Meni birinchi, eng avval eslaydi, Kalomimni o‘qiydi, deb saodatlar ato etgay, inshaalloh. Bu odat, bu nasihat Aminaga juda ma’qul keldi. * * * To‘ydan keyin uyda Mahmud og‘a bilan xotinidan boshqa hech kim qolmadi. Ular oldiga qo‘yilgan turli taomlarga qo‘l uzatmagan va tomoqlaridan o‘tmasdi ham. Uy Cho‘rum ta’biri bilan aytganda, suvi tingan tegirmonday jimib qolgan. Ketgan faqat Amina edi. U o‘zi bilan uyning barcha nash’u namosini ham olib ketgandi. Mahmud og‘a qorni ochligiga qaramasdan: — Onasi, ol dasturxonni hech narsa yemaymiz, — dedi. Xonimning yig‘lashi uchun shuning o‘zi kifoya. — Onasi, yana yig‘layapsanmi? — Yig‘lamay nima qilay, kulayinmi? — Kul, Allohga shukr, qizing yaxshi bir xonadonga tushdi. Inshaalloh, endi yuzimiz yorug‘, xursand bo‘lamiz. — Xo‘sh, unda nega xursand emassiz? — Meniki hozir o‘tib ketadi onasi. Faqat undan ayrilganim uchun ko‘nglim biroz qayg‘uli. Lekin kelin qilib uzatganim uchun xafa emasman. * * * Aminani odatga binoan to‘ydan so‘ng ota uyiga qo‘l o‘pmoqqa olib bordilar. Mehmondorchilikka chaqirilgan bir-ikki yaqin qarindoshlar ham bor edi. Kirganda-chiqqanda yolg‘iz duch kelgan har bir kishi: — Qaynonang bilan qandaysan? — der edi. Amina o‘rgatilganiga binoan: — Allohga shukr, juda yaxshimiz, — deb javob berardi. To‘ydan bor-yo‘g‘i ikki kun o‘tdi. Ikki kun ichida ham savollariga javob bo‘lgudek biror hodisa bo‘lgandir deb o‘ylashardi. Lekin Aminadan yaxshi javob olishardi. Aslida oila muhiti javobdan ham yaxshiroq edi. Bir ona farzandiga shafqat ko‘rsatadi. Amina ham bu shafqatni ko‘rmadim deyolmaydi. Onasidan mehr muhabbat ko‘rmagan farzand bo‘lmaydi. Bu o‘lguncha davom etadi. Amina kelin bo‘lgach, Munavvarxonimni onasiday yaxshi ko‘rmaganligini iddao etolmaydi. U buyuk shuurli, mehr muhabbat bilan yaxshi ko‘rishiga har vaqt guvoh bo‘lajakdir. Onasi xavotirlanib uning yuzida xafalik izlari bormikin deb qaragan bo‘lsa-da, mamnuniyatdan boshqa narsa ko‘rmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling