Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 qo‘llaridan qutqaring. Istasangiz meni dorga osib o‘ldiring, hatto shunga ham roziman», debdi. Qiz bularni aytayotganida hakamning ko‘zlari yoshlanganmish. Xotin yana davom etdi: — Egachi, bular Allohdan qo‘rqmaydilar, hech bo‘lmasa bandadan uyalsalar edi. Yo‘q. Uyida bolasini yolg‘iz qoldirgani esiga tushib: — Turaylik, egachi, bolam uyda yolg‘iz uxlab qolgandi, uyg‘onsa yig‘laydi, — dedi va ketdi. * * * Bir kun qaynona va qaynsingil uyda yo‘q paytida “tasodifan” eshik taqilladi. Aslida, bu tasodif tashrif emas, balki u qaynona va qaynsingil birga chiqib ketganini ko‘rib, shosha-pisha kelgandi. — Mehmon olasizmi qizim? — Marhamat kiring xola. Ichkari kirdi, oyoq kiyimlarini yechdi. Kelin ohistagina qaynonasi uyda yo‘qligini aytdi. Ayol go‘yo mahzunlandi: — Ko‘rdingizmi, qizim, shosha-pisha keluvdim. Mayli, bolam, salom deng, men ketay. — Besh daqiqa o‘tiring xola, hozir kelib qolsalar kerak. — Ketay, chirog‘im, ishim bor. Men bu yerda ekanimda kelsalar nari beri gap bo‘ladi. Ular shu yerda ekanida kelarman. Kelin zerikkan edi. Biroz suhbatlashgisi kelardi. Necha kunki qaynonaning qovog‘i soliq. Uyga hokimlik havasida bo‘lgan qaynsingilning gaplaridan siqilgandi. Shu sabab ular yo‘g‘ida Xo‘jayi Hizrdek paydo bo‘lgan bu ayolning kelishi bir ne’mat bo‘lib, biroz suhbatlashamiz deya sevindi. Biroz o‘trisa hech narsa bo‘lmaydi, odam taftini odam oladi, ochilishadi. — Xola, o‘tiring, qahva olib kelay, ichib ketasiz. Yo‘qsa, hurmat etmabsan, deb qaynonam mendan xafa bo‘ladi. Men ham zerikib o‘tiribman, besh daqiqa suhbatlashamiz, meni xafa qilmang. Xo‘p deng, xola, keling, xo‘p deng. Aslida o‘tirgisi kelib turgan ayol: — Mayli, besh daqiqa bo‘lsa, o‘tirayin. Ammo sening hurmating uchun, bolam. Ishim bor edi, — deb qahva quygan kelinning yoniga o‘tirdi. Qahvadan ustma-ust ikki marta xo‘plab, yaxshi deb maqtadi, qo‘li yengil, odobli, tarbiyali ekanini aytgach dedi: — Qizim, seni yaxshi ko‘rib qoldim. Oyoq ostida qolib ketmasliging uchun gapiraman. Qaynonang yaxshidir-u, faqat ba’zan bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashadi, pashshadan fil yasaydi. Hushingni yig‘ib ol. Hurmat qil, nachora qizim. Kelinlik bu. Biz ham boshimizdan kechirdik. Qahvaning qolganini bir ikki xo‘plab xo‘rillatib ichdi: — Ofarin bolam, qo‘ling dard ko‘rmasin. Ko‘pdan beri bunday shirin qahva ichmagan edim. Aytganday, qo‘ling yengil ekan. Chuqur nafas olib: — O-oh, oh, kim taqdirlaydi seni. Asosiy masala shu, qizim, shu. Kuni bilan ishlaysan, bir pullik qadring yo‘q. Kelinsan. Mening ham ikki qaynsinglim, bir qaynonam bor edi. Darrov qaynsingillar qovog‘i solinadi, qaynona og‘ziga talqon solib olgan. Uning ham qovog‘idan qor yog‘iladi. Savolingga jerkib javob beradi yoki umuman javob bermay qo‘ya qoladi, so‘z hayf. Ovqatda sal kamchilik ko‘rilsa, jag‘lari ochilib ketadi. Ovqat dasturxonga qo‘yilishi bilan hech kim yig‘ilmaydi. Bir qoshiq luqma olib, darhol tashqariga otilib tuflab tashlaydi, so‘ng quruq non yeydi. Boshqasi yana nimadir keltirib yeydi. Biri yana bir burchakka chekinib qovog‘ini uyib o‘tirib oladi. Erim ne qilishini bilmay hayron. Ularga bir narsa demaydi, menga ham hech narsa demaydi. Bir kuni yana shunday chekinishayotganda erim jahl bilan baqirdi: — Nigor, enga turib ketding, ovqatlanmaysanmi? — dedi singlisiga. — Qornim to‘q, aka, yeyolmayman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling