Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
Menga qarang, siz mening ishimga aralashmang. Har holda sizchalik bilsam kerak. Siz 
kimsizki, menga aql o‘rgatasiz? Go‘yo kelinlik vazifangizni do‘ndirib bajarib qo‘ygandek menga 
nasihat qilasiz. O‘zingizni bilmasangiz, bildirib o‘zingizga keltirib qo‘yadiganlar, bor. Ja-a bizday 
yuvosh qaynsingillarning boshiga chiqib olyapsiz. Aslida ayb o‘zimizda, insonday muomala qildik, — 
dedi.
Gapni cho‘zmadim. Vaysayotgan qaynsinglimga biroz tikilib turdim. Inson zoti shu qadar orsiz 
bo‘lishini shu kungacha bilmasdim. So‘zlarini javobsiz qoldirganim uchun qayrilib ketdi. Qozonga 
masalliq solib, boshqa ishalr bilan mashg‘ul bo‘ldim. Orada ovqat tagiga olmasin, deb suviga qaradim
ta’mini ko‘rdim. Olovni past baland qildim, qani bu kech nima deyisharkin? Menimcha ovqatning hech 
kamchiligi yo‘q. Lekin qaerdadir kamchilik qilganday, yana gap eshitadiganday tuyulaverdi. 
Haqiqatdan ham kutganimdek bo‘lib chiqdi. Erim birinchi qoshiqni olar olmas yuzini burishtirdi. “ey, 
voh endi u ham kamchilik axtara boshlaydi” Yuragimni urushi tezlashdi. Ajabo, nima bo‘lyapti? 
Qaynonam ko‘zlarini menga tikdi. Bir narsalar demoqchi bo‘ldi. Indamadi. Balki erimning so‘z 
boshlashi uni to‘xtatdi. Erim to‘g‘ri qaynsingillarimning oldiga borib so‘radi: 
— Kim pishirdi bu ovqatni?
— Men pishirdim.
Ulardan avval javob berdim.
Erim mulohazakor: 
— Unday bo‘lsa bir qoshiq sen ham ol. Ko‘r, qanday bo‘libdi.
Tezda bir qoshiq oldim. Mening ham yuzim burishdi. Yeyishning hech ilojisi yo‘q edi. Sho‘r, juda 
ham sho‘r edi ovqat. Yuzlarim qirmizi tus oldi, lekin bu xatolik uchun emasdi. Kapalaklarday bir 
burchakka o‘zini urgan qaynsingillarimdan keyin qaynonam ham qo‘zg‘oldi. Erim ham qo‘liga non 
olib o‘rnidan turgach: 
— Hasbunalloh va ne’mal vakiyl, — deb jo‘nab qoldi. Dasturxon atrofida mendan boshqa hech 
kim qolmadi. Men ham turaymi-turmaymi, deb taraddudlandim. Nima qilishimni bilmay xayron 
qoldim. Tursam o‘ziyam yeyolmadiku deyishadi, qolsam, bilmadim yana nima balolar deyishadi. 
Baraka topsin erim: 
— Dasturxonni yig‘ishtir, har kim topganini yesin, — dedi va dasturxonni o‘rab olib qo‘ydim.
Yotish oldidan erimga so‘z ochdim: 
— Agar musulmon bo‘lsangiz so‘zimga ishoning. Taom sho‘r emasdi. Oqshomgacha necha marta 
suvini ham, tuzini ham ko‘rdim. Dasturxonga qo‘yishdan oldin ham hammasi joyida edi, — dedim. Bu 
gaplarim erimni hayron qoldirdi. 
— Tushunolmadim, taomning tuzi yaxshi edi dedingmi? 
— Ha, yaxshiydi. 
— Xo‘sh, unda qanday qilib sho‘r bo‘lib qoldi? 
— Mana, shunisini bilolmayapman. Bilganim shuki, men buncha tuz solganim yo‘q. 
Erim o‘ylanib qoldi. So‘zimga ishonsinmi? Bir to‘xtamga kelolmasdi. Juda sof, pok va beg‘ubor 
yigit edi. Singillari shu xiyonatni qilishlari xayoliga ham kelmasdi. 
— Men endi bunday hiylalarga chidayolmayman. Yodingizda bo‘lsin, ertaga taomga umuman tuz 
solmayman. Ko‘raylik-chi, nima bo‘larkin? — dedim. 
Erim hayratlanib so‘radi: 
— Nima bo‘ladi? 
— Bilmadim. Lekin shuni biling-ki, ertangi taomni tuzsiz pishiraman. 
Gap shu yerda to‘xtadi. Lekin erim hanuz asabiy holda edi. Turib yuzini yuvdi. Derazani ochdi, 
uyga salqin shabada kirdi. 
Yarim soatcha shunday turdi. Men mayda-chuyda ishlarim bilan band edim. Ko‘nglimda: 
— Yo Robbiy, meni uyaltirganlarni, o‘zing parishon qil, xor qil, yuzlarini qaro ayla, — deya 
duoyibad qildim. 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling