Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
Nihoyat erim derazani yopdi: 
— Qani. Endi uxlaylik, — dedi va uxladik. 
Ertasi kunni bu ishni qanday amalga oshirish kerak degan o‘y bilan o‘tkazdim. Kecha hech narsa 
bo‘lmaganday ko‘rindim ularga, ochiq chehra bilan muomala qildim. Biron narsa so‘raganda, yaxshi 
javob berdim. Aytganimday taomni tuz qo‘shmay pishirdim. Kechqurun erim jome’dan qaytib keldi. 
Dasturxon tuzadim. Bu gal qanday bo‘larkin, deya hayajon bilan kutardim. Natija, yana avvalgi 
kechagidek bo‘ldi: ilk luqmadanoq burishgan yuzlar, tark etilgan qoshiqlar, yuzimga g‘azabla tikilgan 
ko‘zlar va yana birin-ketin dasturxondan uzoqlashishlar. Bu gal ulardan oldinroq men so‘zladim: 
— Nega ovqatlanmayapsizlar? — dedim, — Bu gal o‘zingizga havola deya hech tuz solmadim, 
yana xatolik bo‘ldimi? Mana o‘zingiz istagancha solib oling, — deb yonimdagi tuzdonni oldilariga 
qo‘ydim. 
— Mashaalloh, qizim. Demak, sizningcha tuzsiz shunday bo‘ladi, to‘g‘rimi? Bu ovqatni bir 
ko‘ring, agar umringizda zahar yemagan bo‘lsangiz, zahar qanaqa bo‘lishini bilib olasiz, — dedi 
qaynonam. 
Bir qoshiq oldim. Yutishning iloji yo‘q. Tuz og‘usi deysiz. Holimni o‘zgartmadim. 
— Men bugungi taomga bir chimdim ham tuz qo‘shmadim. Kim qo‘shgan bo‘lsa, Alloh qo‘lini 
sindirsin, razil-rasvo aylasin, — dedim. 
— Sizning qo‘lingizni sindirsin, aybni o‘zingiz qilib birovga to‘nkaysiz, suvdan quruq 
chiqmoqchimisiz?! Uyalmaysizmi-a!? 
Bu so‘zni aytgan Nigor edi. O‘zini oshkor qildi. Erim endi tushunganday bo‘ldi: 
— Nigor, nega bunday qilyapsan? Aybmasmi singlim? Kecha taom sho‘r bo‘ldi, yemadik, to‘kdik. 
Bu oqshom yana shunday. Menga osonmi, singlim? Sizlar bu yerda ovqatni yeyolmaydigan darajaga 
keltirar ekansiz, men bir kunlik ovqat pulini topish uchun oftobda ter to‘kaman. Yuk ko‘tarib 
qiynalaman. Sizlar yordam berish o‘rniga, bunday ishlar qilasizlar, Alloh rozi bo‘larmikin, singlim?! 
Nigor boshini egib qoldi, hech narsa demadi. Erim ham so‘zini cho‘zmadi. Qaynonam ham jim edi. 
Erim xuftongacha odatdagidek "Taborak" o‘qidi... Vaqtliroq uyquga ketdik. 
Ertalab oshxonada yolg‘iz edim. Nigor keldi. Devorga suyandi, oyog‘ini chalkashtirib turdi. Meni 
bir past kuzatib turgach: 
— Kennoyi, judayam ma’rifatlisiz, — dedi kinoya bilan. 
Siz ham yaxshisiz, g‘ayratlisiz, — dedim. 
Balki mendan bu so‘zni kutmagandi. Uningcha, uzr so‘rashim kerakmidi, yo‘qsa nima qilishim 
kerakligini bilmasdim. Bu so‘zimdan so‘ng gapirmay chiqib ketdi. 
Yana nimalar bo‘lganini aytsam, katta bir kitob bo‘ladi. Har qalay ko‘p o‘tmadi, bir yildan so‘ng 
Nigor uzatildi. Tushgan joyida baloday bir qaynsingil mening haqimni ziyoda qilib olibdi. Zulm qilgan 
zulm ko‘rishi aniq. O‘z turmushi to‘g‘risida mening oldimda so‘zlamasdi, ammo men sezardim. 
Nigorning uzatilganiga bir yarim yil bo‘lgan edi. Bir kun uyda yolg‘iz edim. Qaynonam kichik 
qaynsinglim bilan aylangani ketgan edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi, ochdim. Nigor va qaynonasi. 
Nigor kirgach, qaynonasi: 
— Men xolamlarnikiga kirib chiqaman. Biror soatda qaytaman. Siz o‘tiravering, — dedi va ketdi. 
O‘tirib birpas suhbatlashdik. Dardli edi Nigor. Nimalardir demoqchi bo‘lar, lekin istihola qilib, ochilib 
gapirolmas edi. Oxiri: 
— Yanga, sizga bir narsa aytmoqchiman, mendan rozi bo‘ling, — dedi. 
Nigorning goho "kelin oyi", ko‘pincha "kelin poshsho", "kelin xonim" deyishiga o‘rganib 
qolgandim, hozir "yanga" deyishiga hayratlanganday bo‘ldim. Ko‘nglida po‘rtanalar, dovulu bo‘ronlar 
qo‘zg‘algandek to‘lqinlanar va chekayotgan vijdon azobidan xalos bo‘lishni istayotgani ko‘rinib 
turardi. Ko‘nglim zirqirab ketdi, unga achindim. Mehrim tovlab samimiyat bilan: 
— Nigor, men roziman. Nima bo‘ldi? — dedim. 
Ko‘z yoshlarini artib dediki: 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling