Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
Qaynsinglim bunday pishirilgan ovqatdan to‘ydim, degan ohangda gapirdi.
— Qorning to‘q-u, bir luqma olish uchun o‘tirganmiding. Yemasang ham hech bo‘lmasa aftingni 
bujmaytma. Odamning kayfiyatini buzma. Sizlarga nima bo‘lyapti, o‘zi, bilmadim. Kechgacha 
ishlasam, uyga kelib sizlarning qor yoqqan qovog‘ingizga qarayman. Sizlar ham hech o‘ylaysizlarmi? 
Bizni deb shuncha urinyapti, charchab kelyapti, biz ham bir oz sabrliroq bo‘laylik, uni xafa qilmaylik, 
demaysizlarmi? Xo‘sh, ovqatlanayotganda, nega qovog‘ingni solib, aftingni bujmaytirasan?
Erimning bu so‘zlaridan mamnun bo‘ldim. Faqat bu mamnunligim uzoqqa cho‘zilmadi. 
Qaynsinglimning javobidan yer yorilmadi – kirib ketsam.
— Qovoq solsak o‘zimiz uchun emas, sizga achinganimizdan. Albatta, bir ovqatga ikki uch 
ovqatlik yog‘ solinsa, mazali bo‘ladi. Bilmaganingiz uchun sizga mazali tuyuladi. Lekin men akamni 
o‘ylaganim, yog‘ puli topay deb ertadan kechgacha ter to‘kkanini bilganim uchun menga achchiq 
tuyuladi. Yuzim shundan o‘zgaradi. Onasi uyida yog‘ solsa taom totli bo‘lishidan boshqa narsa 
o‘rgatmagan kelinposhshalar bu ishni qilayotib ichi achimaydi. Akamiz ham ikki kunlik xotinini deb, 
yigirma yillik singlisini ayblaydi, xafa qiladi. Birovning qizi yaxshi ko‘rinadi-da.
Bu sozlar boshimga bolg‘aday urildi. Ular o‘zlari kunduzlari taom pishiradilar va buni menga 
to‘nkaydilar. Haqiqatdan ham bir haftadan so‘ng yog‘ tamom bo‘ldi deganimda erim menga dediki: 
“Xonim faqat ko‘p isrof qilmang, avval olib kelganimda bir yarim oyga yetardi, endi o‘n besh 
kunda tugayapti”.
Holbuki, men taomga ortiqcha mo‘l yog‘ solmasdim, bu o‘zlarining qilig‘i. “Onasinikida ovqatga 
mo‘l yog‘ solishdan boshqasini o‘rganmagan” degan gapi menga alam qildi. Chunki buni aytgan 
qaynsinglim o‘zi tuxum pishirishdan boshqasini bilmasdi. Buni hech bo‘lmasa, qo‘lidan ish keladigan 
qaynonam aytsa menga alam qilmasdi. Rostini aytsam, qaynonam taomni juda shirin qilib pishirardi. 
O‘sha qaynsinglim kelin bo‘lib borgan joyida qanday ish tutarkin? Loaqal biror xil taom pishirishini 
bilmasa? Ayniqsa uning: «Birovning qizi yaxshi ko‘rinadi-da» deyishi aniq nishonga urilgan edi. Shu 
sabab oqshom erim bilan rossa aytishdilar. Oxiri qaynonam: 
— Bas, yetar, ikkingiz ham juda oshirib yubordinglar, endi tayoq yeysizlar, — deganidan keyin bas 
qilishdi.
Ertalab qaynsinglimdan garchi pazandalikda no‘noqligini bilsamda, ovqat pishirishni iltimos 
qildim. Shunday javob berdi
— Ovqat pishirish mening vazifammi? Siz nima uchun kelin bo‘lib kelgansiz?
So‘ng dag‘al ohangda qo‘shib qo‘ydi: 
— Menga qarang kennoyi, bu uyda sizning emas, bizning aytganimiz bo‘ladi.
Mening nima deyishimni kutib o‘tirmasdan: 
— Hih, shu ham o‘zini odam sanaydi, — deb labini burib chiqib ketdi.
Qizim, kelin bo‘lgandan ko‘ra har narsa bo‘lgan yaxshi. Menga juda og‘ir botdi. Xonamga kirib 
yig‘ladim. Holbuki, men ularni mensimaydigan hech bir ish qilganim yo‘q. Hali uydaligimda: «O‘zing 
tengi ikki qaynsingling bor» deyishganida, xursand bo‘lgandim: «Ular meni tushunishadi, do‘stlashib 
ketamiz», deb o‘ylagandim. Bu umidlarim puchga chiqdi. O‘sha kuni ovqat tayorlayotganimda 
qaynsinglim yonimga kelib, bir muddat tikilib, tomosha qilib turdi. Ertalabki so‘zlari yetmagandek 
yana nimalardir demoqchi bo‘lardi.
— O‘tiring, Nigor xonim, — dedim. Tomdan tarasha tushgandek: 
— Ko‘ramiz, bugun taomni qanday tayyorlarkansiz? Kechagidek bo‘lmasin, — dedi.
— Bo‘lmaydi, undan shirinroq bo‘ladi. Bu gap sizga ham ma’qul qilaman, — dedim. Yana meni 
picha kuzatib turgach: 
— Ovqatni onam pishirganda ko‘ring. Men onam pishirgan taomni yaxshi ko‘raman, — dedi.
Jahlim chiqdi.
— Onangizga gap yo‘q, ammo bundan sizga nima foyda? Onangiz siz tushgan joyga borib taom 
pishirib bermaydiku, — dedim. Bu so‘zim uning g‘azabini qo‘zg‘atdi: 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling