Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
VIII 1966 yil. Bahorning oxirgi kunlari... Havo bir salqinlab, goh isiydigan kunlar... Bir kun Amina o‘rnidan holsiz turdi. Vujudida bir lanjlik sezdi. Munavvarxonim odatdagiday: — Xayrli tong, qizim, qalaysiz? — der ekan uning holsizligini darhol bildi. — Xayrli tong, ona! — Nega holsiz ko‘rinasiz, Amina? — O‘tib ketadi, ona, unchalik og‘irmas. Munavvarxonim qo‘lini uning peshonasiga ko‘ydi, harorati baland edi. Dam olishi kerak. — Amina, dam oling, bolam. Issig‘ingiz baland. — Hozir o‘tib ketadi, ishlarim bor, ona. — Ishingizni qarang-u, bir-ikkita kir-chir bilan bir uyni supurish ish bo‘ptimi?! Yaxshi bo‘lgach, qilasiz. Amina majburan yotdi. Boshi qattiq og‘rirdi. Munavvarxonim sochiqni ho‘llab peshonasiga bosib qo‘ydi. — Alloh shifo bersin, qizim! Amina ko‘zlarini yumdi. Munavvarxonim zo‘rlab yotqizmasa bari bir bir-ikki soatdan so‘ng o‘zi Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi www.ziyouz.com kutubxonasi 46 ham yotishga mayasbur bo‘lardi. Butun vujudi pichoq sanchganday og‘rirdi. Qo‘li qaeriga tegsa, igna kirganday his etardi. Oradan yarim soat o‘tdi. To‘shagida bir o‘ngga, bir chapga ag‘darilib, to‘lg‘anib yotgan Amina, eshik ohista taqillab, sekin ochilganini eshitdi. Bir-ikki lahzadan so‘ng Munavvarxonimning past ovozda: — Amina, Amina! — deganini eshitib ko‘zlarini ochdi. Amina turishga harakat qildi. Bu orada qo‘lidagi la’li patnisni qo‘yib, Munavvarxonim yordamga yetib keldi. Yelkasiga ikki yostiqni tayab qo‘ydi, jun choyshab bilan yaxshilab o‘radi, so‘ngra jo‘ka guli qaynatmasi to‘la istakonni og‘ziga tutdi. — Qo‘ying, ona, ovora bo‘lmang, o‘zim ichaman. — Yo‘q, qo‘llaringiz sovuq qotmasin, o‘zim ichiraman. — Uyaltirmang, ona! — Uyati yo‘q, qizim. Bir ona bemor qiziga xizmat etsa, nimasi uyat?! Men xasta bo‘lsam, siz ichirmaysizmi? Qani, «Bismilloh» deng. Amina «Bismilloh»ni aytib ichdi. Yutum-yutum, ho‘plam-ho‘plam ichar, har ichganda onasiga minnatdor boqib qo‘yardi. Har bir qaynona kelinga shunday muomalada bo‘larmikan? Ustma-ust ichirgach, yana o‘rniga o‘rab-chirmab yotqizdi. — Issiqlab ketdim, deb ustingizni ochib yubormang, qizim. Terlang, inshaalloh shifo topasiz, — dedi Munavvarxonim. Amina yotdi. Noma’lum bir narsa boshidan aylangandek bo‘ldi. Bu tushuncha, bu fikr, bu hodisa bir, besh, o‘n besh bor o‘tdi kallasidan. Miyasi zirqiraydi. Qutulmoq istaydi, ammo imkon yo‘q. Hech bo‘lmasa boshida tasmaday davomli aylanayotgan narsaning nimaligini bilsa edi. Goho o‘ziga kelganda zehn charchoqligini his etdi. Boshidagi nima ekanligini bilgani yo‘q. Ba’zan Munavvarxonim eshikni asta ochib, uning parishon yotganini kuzatib ohista chekinardi. Ikki soatlardan so‘ng Aminaning peshonasida ter donalari paydo bo‘ldi. Tashqarida ishlarini bitirib kelgan Munavvarxonim uning bosh tomoniga o‘tirib, yetti bor "fotiha" o‘qib, Alloh taolodan shifo tiladi. Amina isitma ta’sirida choyshabdan qo‘lini tashqari chiqardi, endi-endi terlayotganini ko‘rgan Munavvarxonim uni o‘rab qo‘ydi. Orada goh Aminaning peshonasini artardi. Yarim soatcha Amina rosa terga botdi. So‘ng ko‘zlarini ochdi. Boshi ustida qaynonasini ko‘rdi. Dudoqlarida holsiz bir kulimsirash paydo bo‘ldi. — Qalaysiz, qizim? — Terlabman, ona. — Ha, terladingiz, qizim. O‘tib ketadi, inshaalloh. Munavvarxonim turdi, kiyim keltirdi. Tezda almashtirib yana o‘rniga yotqizib qo‘ydi. O‘sha kuni Amina yana bir necha bor terladi. Butun tanasi har gal jiqqa-jiqqa terlarga botdi. — Ona, juda holsizman, miyam chaqnaganday bo‘lyapti. — Sabr eting, Amina. Bunday deyishdan foyda yo‘q, qizim. Juda qiynalganingizni bilyapman. Agar sabr etsangiz Alloh ko‘p ajru savob beradi. Sabr etib dardingizni Allohdan boshqasiga shikoyat etmasangiz, bu ter gunohlaringizni ham yuvib yuboradi. Pok-pokiza, gunohlardan forig‘ bo‘lasiz, Amina. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sabr etgan xastaning gunohlari kuzgi daraxt yaproqlaridek to‘kilishini marhamat qilganlar. Munavvarxonim asr vaqti Aminaning kiyimlarini qayta almashtirdi, ustidan yechib olganlarini ko‘tarib tashqari chiqarkan Aminaning: — Ona, kiyimlarimni bir chetga qo‘ying, turgach o‘zim yuvaman, — deganini eshitib: — Xo‘p, qizim, endi dam oling. Men namozimni o‘qib kelaman, — deb tashqariga chiqdi. Namozini o‘qidi, kirlarni yuvib, ilib qo‘ydi. So‘ng Amina uchun tahorat suvi olib kirdi. — Amina, qani tahorat qilib, namozingizni o‘qib oling, — deb uni turg‘azdi. Yordamlashib tahorat oldirdi. Amina namozini o‘qib, yana yotdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling