Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
— Bu qanaqasi, Munavvarxonim, sizlar yaxshi yashamasangiz, chiqishmasangiz men nimaga ega 
bo‘lardim?! 
— Unday bo‘lsa, bunchalik so‘rab-surishtirishda qanday ma’no bor? Tushunolmayapman. Yaxshi 
yashasa sizga foydasi yo‘q, yomon bo‘lsa ham biror zarar ko‘rmaysiz. Tashvishlanmang, chiqisha 
olmasak, atrofga yoyilib ketardi, gapirishga hojat qolmasdi. Umuman, nega endi chiqisholmasligimiz 
kerak? U o‘zimning qizim, men esa onasiman. Hayron qoladigan joyim shuki, birov qizingiz bilan 
qalaysiz demasdi, keliningiz bilan qalaysiz deydi. Nega u ko‘pchilikni bunchalik qiziqtiradi: hech 
tushunolmayapman. Yana takror aytaman, men kelinim bilan yaxshiman. Bundan keyin ham Xudo 
xohlasa yaxshi yashaymiz. Kelinimning hozirgi ma’yusligiga kelsak, mening qizim bemor yonida 
o‘zini qanday tutishni yaxshi biladi. Albatta, bu yerda to‘y bo‘layotgani yo‘q. Allohdan bemorga shifo 
so‘rab, qalban duo etarkan, kulolmaydi, albatta, kulsa odobsizlik qilgan bo‘ladi. 
Yana ko‘p gapirishi mumkin edi, biroq o‘z dardi bilan ovora xastaning yonida noqulay. Zotan, 
bemorni xafa qilgan bu ayolga ozgina saboq berildi. Xastalar ziyorati haqida ham ozroq gapirsa 
bo‘lardi, biroq ayol allaqachon chiqib ketgan edi. U ketgach bemorning Munavvarxonimga birinchi 
so‘zi shu bo‘ldi: 
— To‘g‘risi, ahvolim shunchalik bo‘lib qoldimi? Demak, ancha yomonlashibman-da ? 
— Yo‘q, singlim. Xudoga shukr, yaxshisiz. Aytganimday, Allohdan umid uzmang. Shu yoshga 
kirdim, har yil nihollarning, daraxtlarning yozdan so‘ng qup-quruq bo‘lib qolganini ko‘raman. Ilk 
bahor kelishi bilan Alloh ularga yana hayot baxsh etadi, ular yana jonlanadi. O‘sha jonsiz quruq 
novdalar, shoxlar yoz kelishi bilan qancha odamga soya bo‘ladi, qanchasiga meva beradi. Siz ham 
shunday bo‘lasiz, singlim. Bu xastalik siz uchun, bahor yozdan so‘nggi bir mavsumdir-ki, daraxt 
yaproqlaridek gunohlaringaz to‘kilmoqda. Alloh nasib etsa, yaqinda onadan qayta tug‘ilgandek pokiza, 
beg‘ubor bir musulmon xonim bo‘lib oyoqqa turasiz. Uzoq yillar qanchadan-qancha odamlarga foyda 
keltirgansiz. Faqat sabr eting. Kelgan-kettanga ahvolingizdan shikoyat qilmang. Doim Allohni 
yodingizda tuting, unutmang, tilingiz tolsa, dilingiz bilan go‘zal ismini takrorlang, singlim. 
Xasta yonida uzoq qolmaslik lozim edi, birozdan so‘ng ketishga ruxsat so‘radilar. Bemor eshitgan 
so‘zlaridan mamnun edi. Yana bir oz o‘tirishlarini, yo‘qsa tez-tez yo‘qlab turishlarini iltimos qildi. 
Munavvarxonim so‘z berdi. Takror-takror shifolar tilab, Aminani yoniga olib xayrlashdi, o‘ziga 
aytalgan so‘zlardan farog‘at topgan, bir talay yaxshiliklar his etgan bir xasta vujud va bu vujudda iliq 
yoshlarga to‘lgan bir juft ko‘z bor edi. 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling