Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Tishlari kemtik qaynona,
O‘g‘ling yegulik keltirmish,
Sensiz yedik qaynona. ” 
Munavvarxonimga qarab sizga aytyapman, degandek bo‘lardi. Yoshi o‘ttiz beshlar atrofida 
ko‘ringan bu ayolning yo qaynonasi yo‘q, yo uning og‘zini ochirmaydigan holga keltirgan. Yana kim 
bilsin, o‘z uyida kelinidan mag‘lub, o‘g‘lini uylantirganidan, shu o‘y boshiga kelganidan pushaymon
har kun kelinidan yomon so‘z eshitadigan, kaltak yeydigan qancha-qancha qaynonalar bordir-ki, bu 
so‘zlar ularga balki ignadek botib borardi. Boshlariga musht tushgandek bo‘lardi. Qorindor ayol 
yetarlicha o‘ynadi. So‘ng tishlarining bir qismi tushgan, bir qismi chiriy boshlagan o‘n olti o‘n 
yettilarga kirgan bir qizni terlarini artib, bir tarafdan qiz sening qanday hunarlaring bor, degandek 
kulimsirab o‘rtadagi qizni kuzata boshladi. Qiz agar boshqasi taklif etmasa, o‘zi o‘rtaga otilib 
chiqadiganlar xilidan edi. Ba’zilarning uyala-uyala, bir aylanib-qoqilib, o‘tirib qoladigan o‘yingohni 
zavq va hayajonla kezishlari butun mahoratini namoyon qilib ustaliklarini ko‘rsatardi. Tishlarining 
xunukligiga qaramasdan nihoyatda xush ovoz edi.
“Onajonim, jigarni mushuklar yedi,
Oh, shu mushukni tutib olsam… 
Shu mushukning tuklarini yulib olsam,
Etlarini dudlab qoq qilsam,
Qaynonamga, qaynsinglimga yedirsam…” 
Shu zaylda kuylab hammani kuldirar, to‘yni qizdirardi. Faqat u o‘ylab ko‘rmagan balki o‘ylasa-da 
beparvo qaraydigan bir narsa bor edi. Balki bo‘lajak qaynonasi hozir uni tinglayotgandir. Na qadar 
xunuk bo‘lsa ham, bitli yosmiqqa ham bir ko‘r xaridor topiladi. Unga: «Eh, bir qo‘limga tushsayding», 
deb tish qayraganlar bilan birga: «Alloh sendan o‘zi qarasin, hozirdan shunday desang, kim bilsin 
borgan joyingdagilarning boshiga ne savdolar, ne kunlar solasan. Alloh bo‘lkaj qaynonagga sabr 
bersin», deguvchilar ham bor. Tajribali kelinlar uning bu so‘zlaridan kelajak hayotini tasavvur 
qilayotgandek, achinayotgandek bo‘lishardi. Shulardan birining ko‘zlari unga: «Dunyo neligini tezda 
bilarsan va bu so‘zlarinng pushmon qilarsan», degandek boqib turardi.
Munavvarxonim hammasini tinglar, atrofni vazmin va ohista kuzatib yurardi. U bu xil 
qaynonalardan bo‘lmoqchi emas. Bo‘lmaydi ham. Buning uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. 
Uning sabri bir kun, bir oy, bir yillik emas. Toshlarni chatnatib, eng marhamatsiz, eng vijdonsiz 
kimsalarni tiz cho‘ktirajak bir sabr bu! Hach bir qaynonaga nasib bo‘lmagan tengsiz bir sabr! 
Munavvarxonim kechirimli, bu xislatni keliniga ko‘rsatadi. Har kun qusurli ish qiluvchi, har kun qabih 
bir yomonlik etadigan kelin kelsa ham uni kechiradi. Yaxshilik yomonlikni ketkazishini biladi. 
Yaxshilik dushmanlarni do‘st aylashiga ishongan bir azmu qaror ila avf etadi. Faqat odamlar: 
«Munavvarxonim kelinini yaxshi idora etdi», deyishlari uchun emas, Alloh rizosi uchun va hurmati 
uchun kechiradi, sabr etadi. Munavvarxonim shunday to‘yga tarafdormidi? Yo‘q. Qo‘lidan kelsa 
yanada sodda va samimiy bir to‘y qilardi. Faqat turli odatlarga ko‘nikkan jamoatni qanday qilib 
birdaniga ko‘ngildagidek to‘yga ko‘ndira oladi? U zimmasiga tushgan vazifani qo‘lidan kelganicha 
ado etdi. Masalan, ayollar orasiga erkak cholg‘uchi kirgizmoq u yoqda tursin, har biri erkaksifat, 
ayollik odobidan yiroq behayo cholg‘uchilarni ham yaqinlashtirmadi. Ammo bu mahrumiyat ichida 
ham o‘zicha bir ko‘ngilxushlik tartibi tuzib olganlarga uddaburon ayollar har to‘yda topiladi. 
Qolaversa to‘y ham bir ko‘ngilochar dilxushlik bo‘lgani uchun bundaylar, agar Allohga isyon 
darajasiga bormasa, yaxshi kutib olinishi kerak. Kemtik tishli qiz qorindor ayol namoyish etgan 
maqomlarni davom ettirdi. U maromiga yetkaza olmagan o‘rinlarni qoyillatishga harakat qilardi, 
oyoqlarini kuyga mos tarzda o‘ynatar ekan: 
“Qozonda pish qaynona,
Tilarga tush qaynona,
O‘g‘lingni senga qoldirmam,


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling