Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 o‘ylagan Amina ketishlari yaqinlagan sayin yana biroz o‘tirishlarini chin ko‘ngildan istardi. Ey, xush xulq! Ey, go‘zal axloq! Qanday qimmatli, qanday buyuksan. Sen-la dushmanlar do‘stga, musibatlar saodatga aylanadi. Ey, go‘zal axloq! Alloh huzurida sharafing baland! Aminaning bo‘lajak qaynonasi haqidagi tushunchasi Munavvarxonimning xush fe’li, go‘zal xulqi, ochiq chehrasi tufayli qisqa bir fursatda o‘zgardi. * * * — Qanday onasi, nima deysan? Boshida kali bo‘lmasa bir bora kelardi, deganding. O‘sha o‘ydamisan? Xotini kulimsirab turardi. Mamnun edi. — Hozircha bir narsa deb bo‘lmaydi. Yaxshi ayolga o‘xshaydi. Inshaalloh oxiri xayrli bo‘lar. Mustafo o‘qirdi. Uylanadigan erkak vazifalarini, o‘ziga omonat berilayotgan bir xonimga haqsizlik qilmaslikni o‘qib o‘rganmoqda edi. Adolatli, mehribon oila boshlig‘i qanday axloq qoidalariga rioya etishi kerakligi to‘g‘risida izlanmoqda edi u. Uning izlanishi o‘ziga oid vazifalarini bilishiga aloqador. Aminaga aloqadorini Amina o‘ylasin. Oilada yaxshilik va insoniylik yo‘lini, har bir yaxshi ishni o‘ziga ravo ko‘rish, shu bilan birga Aminaga ham go‘zal muomala qilish yo‘lini tutish lozim. Avvalo pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa birovga. Nomusga aloqasi bo‘lmagan ayblarni berkitib avf etmoq yo‘lini, yillar bo‘yi onasidan o‘rgangan sabr, azmu qaror yo‘lini tutmoq lozim. Amina ham bularni bilsa kerak, ehtimol eshitgandir. U ham inson. Mustafoning yaxshiligiga yomonlik bilan javob qaytarmas, axir?! Xato kamchiliksiz, bekamu ko‘st insonni axtarish… imkondan tashqari ish. Shu qadar imkonsiz- ku, o‘z yaratganiga qarshi hatto kecha-kunduz isyon qilgan inson, o‘ziga o‘xshash bir insonga nisbatan vazifasini ado etolmasa, bu g‘arib-g‘alat qabul qilinmasligi kerak, ya’ni bundan ajablanmasa bo‘ladi. Modomiki gulning ham tikani bor ekan, Mustafo gulni tikani bilan birga yaxshi ko‘radi. Kim bilsin, o‘zining ham qilajak qancha xatolari bor? O‘zaro munosabatlarda Mustafo yaxshi insonligini ko‘rsatishga azmu qaror qildi. Hayotda ham, oilada ham yaxshi yashashni ta’minlash – Alloh rizosini topish uchun harakatdir. Mustafo shunday qilmoqchi. Aslo odamlar yaxshi yashadilar, deyishalri uchun emas. V Amina yana ikki bor qaynonasini uchratdi. Uni o‘z xolasidek ko‘rib qoldi. Chunki xayolidagi qaynonaga zid o‘laroq, bir samimiyatni ko‘rdi unda. Uyiga kelguncha soxta mehr tuygan, uyiga kelgach esa har kuni oz-ozdan o‘zgarib boruvchi qaynona hislati unda yo‘q. Shu sabab Amina uni o‘ziga yaqin oldi. Unga nisbatan ko‘nglida mehr-muhabbat va hurmat jo‘sh urdi. Ajabo, Mustafosi qanday ekan Aminaning. Agar u Munavvarxonimning o‘g‘li bo‘lib, tarbiyani undan olgan bo‘lsa, muammo yo‘q. Ammo ish faqat uning o‘g‘li bo‘lish bilan bitmaydi, albatta. Ota- onasi pok, xush axloqli bo‘lib, bolalari odobsizlar ham uchrab turibdi-ku hayotda. Ularda o‘sha ota-ona tarbiyasidan hech bir alomat ko‘rinmaydi. Hatto ba’zilari umrini ibodat bilan ziynatlagan ota-onasini ayblashgacha boradi-ku. Xuddi bebaho injuni o‘g‘lidan asragandek sochlari ham begona ko‘zlardan yashirib o‘rab-chirmab, asrab avaylab o‘stirilgan qizlar shu qadar ochildiki, hatto hayosizlik va yalang‘ochlikning eng so‘nggi darajasiga qadar yetib bordilar. Ko‘zini haromdan saqlash uchun ko‘r bo‘lishni orzu qilganlarning o‘g‘illari islavotxonalarda tunashni odat qildi. Ertalabgacha qimorxona va mayxonalarni obod qiluvchilarning bir qismini ota-onasi harom yemoqdan olov yutishni afzal ko‘ruvchilar edi. Mustafo-chi, deb o‘ylar edi Amina. U ham shunaqa toifadanmi yoki ona tarbiyasi bilan hayoli o‘sgan bir yigitmi? Lekin hozircha bu savollar javobsiz qolib, xayolida aylanar, uni bezovta qilardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling