Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
— Ammo bolangizni mushkul holga qo‘ymoqdasiz?
Munavvarxonim gapni bo‘ldi: 
— Men o‘g‘limni boshqalardan ziyodaroq o‘ylayman. Bozordan pomidorni ham tekshirib olasiz
men bir umr birga yashaydigan kelinimni surishtirmasdan olamanmi? Shu qadar nodonmanmi, xonim? 
Bizni johil hisoblaysizmi? O‘g‘lini o‘ylaydigan menman. Sizning qizingizni olib berayotganim yo‘q-
ku. Kelinim haqida biror narsa so‘rasam javob bering. Ortiqcha gapga hojat yo‘q. Jim turgan ma’qul. 
Menga yaxshilikni ravo ko‘rsangiz, ortimdan duo eting. Kelinim boshdan oyoq qusurli bo‘lsa ham, 
tanlaganim shu. U bilan yashaydigan ham men.
Vaziyat xotin kutgandek bo‘lib chiqmadi. Bunday bo‘lishini hech o‘ylamagandi. Munavvarxonim 
choy, qahva keltirdi: har na bo‘lsa mehmon. Ayol qahvani ichar ichmas qo‘zg‘aldi. 
Munavvarxonimning ko‘ngli xotirjam edi. Kerakli saboq berildi. Faqat uning ko‘ngli joyiga tushishi 
kerak. Insoniylik, yaxshilik qilganga yaxshilik qilishgina emas, undan ziyoda yaxshilik qaytarish, 
yomonlik qilganni esa avval avf etib, keyin unga yaxshilik qilishdir. Shu sabab Munavvarxonim bu 
ayolga yaxshilik qilgisi keldi va buni insoniy burch deb bilardi. Balki xotin Aminaning qo‘shnisidir 
yoki qarindoshidir. Oralarida ozmi-ko‘pmi kelishmovchilik bordir. Bu gaplar Aminaning qulog‘iga 
yetishi ham mumkin. Bu xotinni ortiqcha uyaltirishning ma’nosi yo‘qdir.
— Xonim afandi, sizni tanimayman. Balki kelinimning qarindoshidirsiz. Qanday bo‘lmasin, 
boshqa bunday ish qilmasligingizni o‘tinardim. Men kelinimni avval so‘rab surishtirdim, keyin olishga 
qaror qildim. Yana qirq kishi kelib, ularni qoralasa ham meni fikrimdan qaytara olmaydi, shunday, 
endi sizga kelsak, xavotirlanmang, shu gap shu yerda qoladi. Borib Aminaga aytmayman. So‘zim rost. 
Men bunday ishlarni yoqtirmayman. Bunga ishonchingiz komil bo‘lishini istardim.
Ayol qarshisidagi xonim mustaqil fikrli bo‘lib, tortilgan tarafga sudralmasligini tushunib yetdi. 
Turarkan uzr so‘radi. Ich-ichidan boshqa bunday ish tutmaslikka qaror berib ajraldi. Munavvarxonim 
uning gapiga aldanmagani, yaxshini yomondan ajratolgani uchun Allohga shukronalar aytdi. So‘ngra: 
— Yo Rabbim! Bu ayolni bunday yomonliklarga tushmoqdan O‘zing qo‘riqla, uni avf et! – deya 
duo qildi.
* * * 
Mahallada Munavvarxonimdan yomonlik ko‘rgan biror hamsoya-qo‘shni, bir xesh-aqrabo, biror 
qarindosh-urug‘ yo‘q edi. Bir kun Aminalarning eshigi taqilladi. Kelgan bo‘xchachi ayol edi. 
Choyshab, ko‘rpa-yostiq jildlariga o‘xshash narsalar sotadi. Tilini chapillatib: 
— Qizim, juda chanqadim, muzdek suv ber, ichayin, — deb gap boshladi. Suvni oxirigacha 
sipqorgach, bo‘xchasidagi narsalarni birma-bir chiqarib ko‘rsata boshladi. Yoqtirmaganlarini bir 
chetga qo‘ydi: 
— Uyda yaxshirog‘i bor, xohlasangiz ertaga olib kelaman, — dedi. Xotin juda ezma edi. Shaharda 
tanimaydigan odami yo‘qdek falonchi shu moviy ko‘rpa jildidan olgan, pistonchi bir dunyo ko‘rpa-
to‘shak, yostiq jildlarini sotib oldi va hokazo.
— Odamlar har xil qizim. Birov sariqni xush ko‘radi, birov qirmizini yoqtirib oladi. Kimdir 
yaxshiga, yaxshilikka, kimdir esa yomonga, yomonlikka ishlatadi pulini. Kuchi yetmaydigan 
kambag‘allari bor, yana xasis, ziqnasi bor. Shuning uchun har qaysining istagiga, imkoniga, ko‘ngliga 
mos mol topib keltiraman, — dedi.
U bir choyshab va ko‘rpa jildini ochmasdan sekin ehtiyotlab yon tomoniga olib qo‘ydi.
— Xola, uni ham ko‘ryalik, — dedi Amina.
Bular sotildi, qizim. Kecha birovga va’da beruvdim. Qolaversa sizga yoqmaydi, juda odmi 
narsa. Xohlasangiz ko‘ring, — deb ularni ham ko‘rsatdi xotin. Haqiqatan, naryog‘i ko‘rinar darajada 
yupqa, harir, bir pulga qimmat narsa ekan. Xotinning yana jag‘i ochildi: 
Aytdim-ku qizim, besh barmoq barobar emas. Biri qashshoq, biri xasis kimdir olgisi keladiyu, 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling