Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc
Download 363.78 Kb. Pdf ko'rish
|
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 — Xush kelibsizlar, — dedi. Mahmud og‘a kursiga ishora qilib: — O‘tir, qizim, — dedi. Amina o‘tirdi. Qattiq hayajonlanayotgani yuzini qirmizi tus olganidan bilinib turardi. Bir zamon ko‘zlarini yerga tikib, bir nuqtaga tikilib qoldi. Bu orada Mustafo Aminani ko‘rindi. Qusur topolmadi. Sof, pokizaligi shunday bilinib turardi. Kim bilsin yonlariga kelib o‘tirish uchun qancha kuch sarflagan. Yusuf afandi Mustafoni suhbatga tortish uchun bir-ikkita savol berdi. Uch erkak suhbatlashar ekan, biroz o‘ziga kelgan Amina necha kunki tasavvurida jonlantirayotgan — Mustafoga qaradi. Yoqimsiz hech qanday narsa yo‘q. Dono-dono so‘lzashi, ko‘proq tinglashi o‘ziga juda yarashadi. Birpas o‘tib mehmonlar qo‘zg‘oldi. Mahmud og‘a esa xonimiga vaziyatni bilishni tayinladi. Onasi Mustafo yoqqan yoqmagani so‘rashi bilan Aminaning yuzi qizarib yerga qaradi. Bu holni eshitgan Mahmud og‘a «Sukut — alomati rizo» deya o‘yladi. Bir kuni Yusuf afandini topib Mustafoga Allohning amri bilan qizini berishini aytdi. Xayrli turmush, baxt-saodat tiladi. Ikki do‘st bu mavzuda biroz suhbatlashdilar. Mahmud og‘a roziligini sababi yaxshi oila ekanligini bir bor eslatgach: — Men uchun yaxshi turmush muhim. Qizimni oltin kumush injular bilan bezatganingiz bilan turmushi yaxshi bo‘lmasa boylikni bir pullik qiymati yo‘q. Ishonamanki, qizim borgan joyida kelinlik burchini ado etadi. Kattalarni hurmat-izzatda va xizmatda qusur qilmaydi. Albatta, hali yosh, kamchiliklari bor. Agar qasddan kamchilikka yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, bu boshqa gap. Faqat bilmasdan qilsa, xatolarini kechirsangiz, qizidan ayrilgan bag‘ri yoniq otaga tasalli bergan bo‘lardingiz, — dedi. Og‘a so‘nggi so‘zlarini aytayotib, boshini burib derazadan tashqarini kuzatayotgan qilib ko‘rsatdi. Ammo Yusuf afandi uning ko‘zlarida paydo bo‘lgan yoshlarini payqadi. Yusuf afandi bir muddat og‘ani o‘z holiga qo‘ydi. So‘ng dona-dona qilib shunday dedi: — Og‘a, men sizni yaxshi ko‘raman. Sizning ko‘nglingiz o‘ksisa, men ham xafa bo‘laman. Amina borgan joyida behuzur bo‘lsa, mening ham vijdonim qiynaladi. Agar bu uyda Amina yaxshi yashashiga ishonmasam, uni so‘rab bormas edim. Mustafo oliyjanob yigit. Uni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Onasiga kelsak ajoyib ayol. Mustafodek yigitni yigirma yil tarbiyalab voyaga yetkazgan ayol Munavvarxonim. Yana ochiqroq aytadigan bo‘lsak, bu uyda qizingizni qaynona emas, o‘z farzandidek bag‘riga bosuvchi, mehribon bir ona kutadi. Bunga ishonchingiz komil o‘lsin. Qizingiz Munavvarxonimdan faqat insoniylik va yaxshilik ko‘radi. Soxtalikni bilmaydigan, samimiy ayol Munavvarxonim. Bir kun kelib bu ishga sababchi bo‘lgan kaminga rahmatlar aytasiz, inshaalloh. IV Munavvarxonim qirq yoshlarda, bo‘yi o‘rtadan baland, oriq ham, semiz ham bo‘lmagan go‘zal yuzli bir xonim. Yillarning goh vazmin, goh mahzun shamollari sochining yarmini oqartirgan. Yuzida paydo bo‘lgan bir-ikki chiziq, gohi-gohida taqiladigan ko‘zoynak yetuklikdan keksalikka qo‘yilgan ilk odimdir. Agar ismi jismiga, xulqiga, o‘ziga mos xonimga misol izlash lozim bo‘lsa misollar boshida Munavvarxonim turardi. Xatti-harakatlaridagi samimiyat Munavvar (nurli va nurlangan) ismini olishga loyiq ekanligini isbot etadigan darajada ochiq oydindir. Qo‘shnilar hurmatini qozongan, vazmin, sokin ayol. Lozim bo‘lmaganda so‘zlash unga yot, o‘ylamasdan so‘zlash uning lug‘atida yo‘q. Shu sabab so‘zlagan so‘zidan pushaymon bo‘lmaydi. Go‘yo jimligi uchun afsus chekmagani kabi. Kichikligidan beri to‘ylarda ham taqinchoq taqmagan. Maqsad — bir faqir ko‘rib, menda ham bo‘lsaydi, deb o‘ksinmasin. Munavvarxonimning taqinchoq taqmasligi bilan ish bitadimi? Yo‘q. To‘ylarga maqtanish, ko‘z-ko‘z qilish, uchun qimmatbaho taqinchoqlar taqin keluvchilar ozmi? Faqirlarni xayollaridan o‘tkazmaydiganlar ko‘p. Shu sababli Munavvarxonim taqinchoq taqsa-da, taqmasa-da faqirning ko‘ngli o‘ksiydi. Faqat Munavvarxonim bu ko‘ngilsiz ishga o‘z hissasini qo‘shishni istamaydi. Kimki balchiqqa botsa es-hushiga kelgach bu ishdan o‘zini tortishi tabiiy. Yomonga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling