Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
qo‘shilgan yaxshilanmaydi.
Munavvarxonim jag‘i ochiq, ezma xotinlardan emas. Suhbatni ham, sukut saqlashni ham biladi. 
Noo‘rin so‘zlamaydi. Bir kuni g‘iybatga chog‘langan bir ayolga: 
— Alloh sizni ham, uni ham, meni ham avf etsin, — deyish bilan kifoyalandi. Ayol hovliqdi: 
— Alloh meni nechun kechiradi?
— Chunki siz dinimiz taqiqlagan narsani qildingiz, gap tashidingiz, u aytgan gapni menga 
yetkazdingiz. Bu ish gunoh, to‘g‘ri emas. Mabodo gapirgan bo‘lsa ham, menga aytmasligingiz lozim. 
Ikkimizning oramiz buziladigan bo‘lsa, bundan siz faqat gunoh orttirasiz, — dedi Munavvarxonim.
Bunday muomalani kutmagan ayolning kayfiyati buzildi. Rajasiga ko‘ra Munavvarxonim uni 
tinglagach: 
— Voy shunaqami... . — deya o‘sha xotinni yomonlashi, oraga sovuqlik tushishi kerak edi. 
Dovdirab qolgan ayol yana so‘radi: 
— Uning va sizning gunohingizni avf etilishi nedan?
— U mening g‘iybatimni qildi va gunoh orttirdi. Men ham gunohkor bir ayolman. Ikkingizdan ham 
ko‘proq gunohkorman. Buning ustiga suyanadigan, ishonadigan biror amalim ham yo‘q. Allohning 
kechirishidan umidvorman.
Samimiy aytilgan bu gaplar ayol ko‘nglida kuchli hayajon qo‘zg‘ab yubordi. O‘zini tavbaga 
boshlaydigan quvvat ta’sirida qoldi. Fasodchi zehnidagi b u xotin ketayotib Munavvarxonimning 
fazilatlarini o‘ylab, o‘zining bu fazilatlardan yiroq yashagan umriga badal bo‘lishini his qildi...
Boshqa birovning qabohatini ko‘rmaslik mumkinmi? Yo‘q, mumkin emas. Ammo 
Munavvarxonim bu qusurni o‘zidan qidiradi, topolmasa boshqa kamchiligim bor deb o‘ylaydi, aslo 
o‘zgalar qabohatini tilga olmaydi, aksincha o‘z nuqsonlarini tuzatish yo‘liga kiradi. Har 
ovqatlanganida Robbiga niyoz qiladi, bu taomdan ibodat uchun quvvat ber, agar gunoh uchun bo‘lsa 
bo‘g‘zimdan o‘tkazma. Ne’matning javobini o‘ylab titraydi, hatto ba’zan ko‘zlari yoshlanadi.
Ertalab turib merhum eri va yaqinlariga «fotiha» va uch «ixlos» o‘qimasdan ovqatlanishni 
muruvvatsizlik sanaydi. O‘tganlarni eslamasak, kelgusi avlod bizni o‘ylamaydilar, marhumlar tiriklar 
non-suvga muhtoj bo‘lganidan ziyodaroq fotihaga, duoga muhtojdirlar deb o‘ylaydi. Ularni mahrum 
etmaydi, duo ila yod qilib, ruhlarini shod etadi. Marhumlar duolarimizni kutib turishiga qattiq ishonadi.
Munavvarxonimning eshigiga «pochtachilar» ko‘p qatnaydi. U pochtachi deb faqir, miskinlarni 
aytadi. Yaxshi niyat bilan berilgan har bir sadaqa, ehsonni oxiratga, ko‘zlangan manzilga eltuvchi 
«pochtachilar». Dunyoda eng katta va mashhur pochtaxona ham, pochtachilar ham yanglishishi 
mumkin. Hatto omonatlar ham ba’zan talonchil;ik sabab yo‘qolishi mumkin. Ammo oxirat 
pochtachilar unday emas. Berilgan sadaqaning yo‘qolishi yoki o‘zga manzilga tushib qolishi mumkin 
emas. Pochta puli (muhri, belgisi, markasi) o‘rnida ixlos va samimiyat bo‘lsa, zoe ketmasligiga 
Allohning va’dasi bor. Ba’zan faqir miskinlarni o‘ziga sherik deb biladi. Ya’ni mol o‘zingdan, ekib-
tikib oxiratda kam deganda o‘n barobar hosil ko‘tarish shartnomasini tashkil qilgan sherik. Shu sabab 
har kelganda ozmi-ko‘pmi ularni xursand qilishga harakat qiladi, berganlari oxiratda Alloh tarafidan 
o‘n barobardan ziyoda qaytarilishiga ishonadi.
Munavvarxonim alohida diniy tahsil ko‘rmagan. Lekin Qur’on o‘qishni, namozda o‘qiladigan 
suralarni o‘rgangan, yeng ko‘p o‘qiydigan «Tabarok» va «yosin» suralarini yodlagan, yetarlicha diniy 
bilimi bor. Uyining bir burchida doimo toza joynamoz, yaqinidagi javonda Qur’oni karim, faqat 
namozu Qur’on uchun ajratilgan oq ro‘mol... Bu o‘zi uchun hozirlagan masjidi...
Namozni vaqtida ado etgach ikki-uch sahifa Qur’on o‘qiydi, o‘pib, ko‘ziga suradi, shu hol har kuni 
takrorlanadi: «Yo Rabbiy, bizni bu Kitobing va bu kitob bilan yuborgan sevikli Payg‘ambaring 
shafoatlariga muyassar ayla», — deya duolar qiladi. Tong namozini vaqtida ado etadi. «Namoz va 
Qur’on bilan boshlanmagan kundan qanday xayr kutish mumkin», deydi. Kechasi yotarkan istig‘for 
aytar, bilib-bilmay qilgan, yashirin-oshkor gunohlarini kechirishini so‘rab Parvardigorga yolvarar, agar 
ajalim yetsa so‘nggi so‘zim shahodat kalimasi bo‘lsin, deya iltijo etar, keyin tilini qimirlatmasdan dili 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling