Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
Alloh xushbaxtu, xushvaqt qilsin, qizim.
Qiz sekingina iziga qaytdi...
Mahmud og‘a: 
— Mening yolg‘izgina qizim bor, afandi. Ibodatli, itoatli, Allohdan qo‘rquvchi bo‘lsin duolar 
qildim, Xudoga shukr, shunday bo‘ldi.
— Mashaalloh, qizingiz odobli tarbiyali ekan. Alloh qo‘llasin.
Suhbat asnosida maqsad o‘z-o‘zidan o‘rtaga chiqib kelmoqda edi. Yusuf afandi gapni nimadan 
boshlashni bilmay taraddudlanar ekan, og‘a bir narsa nogoh esiga tushgandek: 
— Afandi, hali shaxsiy bir masala xususida gapirdingiz, — dedi.
Endi ikkilanishga hojat qolmaganini sezgan mehmon hozirlanib tomoq qirdi. Negadir yurak urishi 
tezlashgandek bo‘ldi. Tashqarida sukunat, qadam qadam tovushlari ham tindi. Hali bir daqiqa avval 
yonida bo‘lgan Aminaning otasiga Yusuf og‘a dedi: 
— Og‘a, sizga bir kuni choyxonada ikki yigitni ko‘rsatgan edim. Esingizdami?
— Ha. O‘tgan kuni gaplashgan yigitlar...
— Ha. Ulardan biri Mustafo, ammamning nabirasi, qizining o‘g‘li.
Og‘a birdan hayajonlanib: 
— Shundaymi?
Yusuf afandi: 
— Shunday og‘a. Uning buvisi bilan mening otam tug‘ishgan aka-singil.
— Ko‘p yaxshi, juda soz, unday bo‘lsa, nega o‘sha kuni tanimaganga oldingiz?
Bir kuni onasi biznikiga kelib, Mustafoni chetdan kuzatgan bir-ikki odamlar fikrini bilib ber, 
deb mendan iltimos qildi. Men sizlardan so‘radim og‘a. Tabiiyki, xatoyimiz uchun jazoga tayyormiz, 
og‘a... Biz shu yigitni uylantirish harakatidamiz.
Bu orada tashqaridan qadam tovushi eshitilib yaqinlab kela boshladi. Yusuf afandi jim bo‘ldi. Bir-
ikki soniyadan keyin Amina ichkariga kirdi. Olib kelgan ayronni izzat-ikrom bilan avval mehmonga
keyin esa otasiga tutdi. Otasi: 
— Qo‘ling dard ko‘rmasin, qizim. Ayronni shu yerga qo‘ygin. Sen boraver, — dedi.
Amina ayronni qo‘yib chiqib ketgach, Yusuf afandi davom etdi: 
— Nima edi, ha, o‘sha Musatfoni uylantirmoqchimiz. Allohning amri, Rasululloh s.a.v. 
sunnatlariga binoan qizingiz Aminani o‘g‘limiz, jiyanimiz Mustafoga so‘rab keldim, og‘a. Mana, siz 
bilan bo‘ladigan shaxsiy gapimiz shu.
Yusuf afandi bir ikki lahza tin olib, Mahmud og‘aning og‘ziga tikildi va javob kutib o‘tirmasdan 
so‘zida davom etdi: 
— Odatimizga ko‘ra avval ayollar bir ikki marta qatnaydi, so‘ng ishga erkaklar aralashadi. Men esa 
boshqacha yo‘l tutmoqchi bo‘ldim. Tabiiyki, masala faqat sizning ma’qullashingiz bilan hal bo‘lmaydi. 
Albatta, onasidan so‘raysiz, qizning fikrini bilasiz va shunga ko‘ra javob berasiz. Agar rizolik 
bersangizlar yaxshi bo‘lardi. Shunda sovchiligimizni oshkor etardik. Biror sababga ko‘ra bermaydigan 
bo‘lsangiz, bu sirligicha qolardi.
Mahmud og‘ani hayajon bosgandek bo‘ldi. Quloqlarim aldamayaptimi, degandek ko‘zlarini bir 
nuqtadan olmasdan so‘radi: 
— Aminani Musatfoga dedingizmi, afandi?
— Ha, og‘a.
— Mustafo yaxshi yigit. Madaniyatli. O‘tgan kun ham u haqdagi fikrimni aytib edim. Vazmin, 
oliyjanob yigit.
So‘ng Yusuf afandiga qaradi: 
— Afandi, inshaalloh bu ishni cho‘zmasmiz. Men ra’yimni hozirdanoq bildirishim mumkin. Agar 
onasi va qizim rozi bo‘lsalar, men ham bu taklifni ma’qullayman. Alloh xayrli etsin. Barobar duoda 
bo‘laylik. Mendan so‘rasangiz, qizim Mustafodek yigitga aslida loyiq ham emas. Endi bizga biroz 


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling