Microsoft Word qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com doc


Download 363.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/76
Sana13.03.2023
Hajmi363.78 Kb.
#1265875
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
qaynona ahmad lutfi lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
yaxshilikni kim qilganini bilmaydi deb o‘ylaysizmi? Boshqa safar siz ovora bo‘lib kelmang, daftarni 
bolangiz olib kelsin. Buning hech ham hijolat bo‘ladigan joyi yo‘q.
Jamilaxonim nonni olib uyiga jo‘nadi. Non chekini savobtalab Usmon og‘a jo‘natganini bilmadi. 
Shunday yaxshilik qilinajagini eshitgan nonvoy — yetimparvar kimsa ularga nonni yarim bahosida 
berishini aytgan edi. Mahmud og‘a, Usmon og‘a va nonvoydan iborat savobtalab insonlarning shu 
zaylda boshlagan ishi sirligicha qoldi...
II 
Oradan bir hafta o‘tdi. Yusuf afandi Munavvarxonimning iltimosiga ko‘ra Mustafo haqida 
Mahmud va Usmon og‘alardan, boshqa choyxonachiga o‘xshash yana bir ikki tanishlaridan so‘rab 
bildi. Barchaning fikri ijobiy bo‘ldi. «Bu yoshdagi yigitning ayni holatidan quvonmoq lozim bo‘ladi», 
— deyishdi ular. Munavvarxonim Yusuf afandi tavsifidan mamnun bo‘ldi. Allohga shukronalar aytdi. 
Yonidagi 11 yashar o‘g‘li Aliga ham havas bilan qaradi. Ichidan akasiga o‘xshasin, ilohim, dedi. O‘sha 
seshanba kuni Mustafoning uylanishidan so‘z ochildi. Munavvarxonim buni anchadan buyon 
o‘ylayotgan edi. Endi yurak yutib tog‘asining o‘g‘liga maslahat soldi.
— Meni yolg‘iz tashlab qo‘ymang, Mustafo meni o‘g‘lim bo‘lsa, sizga jiyan bo‘ladi. Birgalashib 
uni boshini ikki qilib qo‘yaylik. Munosib joydan kelin izlaylik.
Yusuf afandi nimadir demoqchi edi gapga xotini aralashdi: 
— Izlab uzoqqa borishni hojati yo‘q. Ana, Mahmud og‘aning qizi Amina bor. Unga hammaning 
havasi keladi. Odobli, yoqimli, go‘zal qiz. Ular ham Mustafodan ortiq yaxshi yigit topisholmaydi, 
menimcha.
Yusuf afandi xotining mulohazasini ma’qulladi: 
— To‘g‘ri, Mahmud og‘aning qizi juda munosib. Munavvar shuni bir o‘ylab ko‘ring. Otasi mening 
yaqin do‘stim. O‘tgan kuni Mustafoni menga o‘zi maqtab qoldi. Yaxshi odam. Pokiza bir musulmon 
kishi. Birovdan yordamini ayamaydi. Mahmud og‘a uchun men kafil, lekin qizi to‘g‘risida bir nima 
deyolmayman. Qo‘shnilaridan so‘rab surishtiring. Lekin ehtiyot bo‘ling, meni hijolat qilib qo‘ymang...
* * * 
Qo‘shnilarning samimiy va xolis maqtovlaridan keyin yaxshi xulosa chiqarildi. Amina Mustafo 
uchun so‘rab boriladigan bo‘ldi. Yusuf afandi dangaliga ko‘chdi: 
— Menimcha, xayrli ishni cho‘zishdan ma’no yo‘q. Avval ayollar bir necha marta borib, keyin 
erkaklar qatnaydilar. Menga qolsa, bu qatnovlardan foyda yo‘q. O‘zim borib Mahmud og‘a bilan 
gaplashayin. Atrofga ovoza qilmay bir so‘rab ko‘ray-chi. Ko‘nishsa, gap yo‘q, masala hal. Aksi bo‘lsa, 
o‘zlari biladi. Yopig‘liq qozon yopig‘liq qoladi. Jilla qursa beribdi-bermabdi degan mish-mishlar 
bo‘lmaydi.
Bu taklif Munavvarxonimga ma’qul keldi. To‘yga bog‘liq erkaklar bilan bitadigan har xususdagi 
ishni Yusuf og‘aga topshirdi. «Alloh xayrli qilsin», — deya duolar bilan maslahatga yakun yasaldi. 
Vaqt allamahla bo‘lib qolgani uchun Ali sekin-asta mudray boshlagan edi.
* * * 
Mustafodan so‘raldi: 
— Onang seni uylantirmoqchi, nima deysan?
— Nima ham derdim?! 
— Ko‘z ostingga olib yurganing bormi?
— Yo‘q. Iymonli, pokiza, hushxulq bir qiz bo‘lsa, boshqa istagim yo‘q.


Qaynona (roman). Ahmad Lutfi Qozonchi 

Download 363.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling