2-bob. Rotorli, barmoqsiz va segment-barmoqli qirqish appa- ratlarining parametrlarini aniqlashga oid masalalar
1-masala. O‘to‘rgich rotatsion-diskli qirqish apparatining asosiy parametrlarini aniqlash. Aylanma harakat qiluvchi diskli ap- paratining asosiy parametrlariga o‘simlik poyalarini qirqish tezligi (ц ), diskka o'rnatilgan pichoqlar soni (z), pichoqning uzunligi (h), pichoqli diskning aylanish chastotasi (n) va quvvat sarfi kiradi.
Diskdagi pichoqlar soni diskning va mashinaning belgilangan tez- liklarida maydondagi o‘simlik poyalarini to‘liq qirqish uchun yetarli bo‘lishi lozim. O‘simliklarni tayanchga tiramasdan qirqish uchun za- rur bo‘lgan tezlikning eng kichik joiz qiymati, ya‘ni qirqish kritik tez- ligi ц = 6.10 m/s ni tashkil etadi. Lekin o'simliklarni qirqishdagi qarshilik (qirqish) kuchi pichoqning qirqish tezligi (ц ) ga bog'liq (2.1-rasm). Pichan o'rishda v 10 dan 30 m/s gacha oshirilganda qir- qish kuchi ikki baravardan ziyod kamayib, pichoq tig‘ining 1 sm uzunligiga P = 12 N/sm (1,2 kN/m) ni tashkil etadi. Pichoq tezligi yana oshirilganda qirqish kuchi deyarli o‘zgarmaydi. Pichoqqa ta’sir
Do'stlaringiz bilan baham: |