Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari
Download 111.41 Kb.
|
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosish panjasi
- Boshmoqlar
- O‘to‘rgichlarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari.
Ishqalanish plastinalari 13 barmoqlar brusiga boltlar bilan birik- tirilgan. Plastinalar brusni yeyilishdan saqlaydi va yo‘naltiruvchi ta- yanch vazifasini bajaradi: harakat vaqtida pichoq yelkasining orqa sirti va segmentlarning shu yelkadan tashqariga chiqarilgan qismi ishqalanish plastinasi bo‘ylab sirpanadi.
Bosish panjasi 11 pichoq ustida o‘rnatilib, pichoq segmentlari- ning old qismini qarshi qirqish plastinalariga bosib turadi va ular ora- sida tirqish paydo bo‘lishiga hamda siquvchi kuchlar ta’sirida yelka- ning egilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Segmentlar bilan qisqichlar orasidagi tirqish 0,5 mm bo‘lib, panjalarning old uchini bukib rostlanadi. Boshmoqlar. Barmoqlar brusining ikki yon tomoni dalaning rel- yefiga moslanib sirpanuvchi ichki 2 va tashqi 5 boshmoqlarga taya- nadi. Tashqi boshmoqqa dala taxtasi 7 biriktirilgan. Dala taxtasi va unga ichki tomonda biriktirilgan poyachetlatgich ish vaqtida o‘rilgan o‘tlarni ichkariga yo‘naltirib, kengligi kamida 30 sm li yo‘l ochadi. O‘to‘rgichning navbatdagi yonma-yon o‘tishida uning ichki boshmo- g‘i o‘rilgan o‘tlardan tozalangan shu yo‘ldan sirpanadi. Ichki bosh- moqdagi ayirgich-chiviq 1 o‘tlarni pichoq tomonga yo‘naltiradi. Boshmoqlarning po‘lat sirpangichlari 6 da ustma-ust joylashgan bir nechta teshik bor. Barmoqlar brusining bu teshiklardagi joyini o‘zgar- tirib, qirqish balandligini 4-8 sm qilish mumkin. Apparatni ramaga osish shtangalari qirqish apparatidagi chuvlar 15 va 17 ga shanirli birlashtiriladi, shunda boshmoqlar dala relyefiga moslanib sirpanadi. O‘to‘rgichlarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari. Segmentlar, qarshi qirqish plastinalari va ishqalanish plastinalari qalinligi 2...3 mm li U9 po‘latdan tayyorlanadi. Ularning ishqalanish yuzalari sil- liqlanadi, toblanadi va bo‘shatiladi; segmentning old asosidagi 40 mm li kenglik va yon tig‘lardagi 10...15 mm li kenglik qattiqligi HRC 50...56 ga yetkaziladi. Toblanmagan joylar qattiqligi ko'pi bilan HRC 35 bo‘lishi lozim. Cho‘yandan tayyorlangan panjalar 11 ning segmentlarga urinadigan sirti silliqlanadi. Download 111.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling