Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari


Segment-barmoqli qirqish apparatlarining tasnifi


Download 111.41 Kb.
bet3/8
Sana13.04.2023
Hajmi111.41 Kb.
#1350722
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC12

Segment-barmoqli qirqish apparatlarining tasnifi (1.4-rasm): t - qirqish qismining qadami (yondosh segmentlar o‘q chiziqlari ora- sidagi masofa); to - qarshi qirqish plastinalarining qadami (yondosh barmoqlar o‘q chiziqlarining orasidagi masofa); S - pichoq yo‘li (yu- ritma krivoshipi yarim aylanaga burilganda segmentning bir chekka holatdan ikkinchi chekka holatga siljish masofasi). Bu ko‘rsatkichlar- ning qiymatlari o‘rtasidagi nisbatga qarab, uch xil: normal (baland), past va o‘rtacha qirqish apparatlari o‘zaro farqlanadi.
Baland qirqish apparatlari o‘z navbatida pichog‘i bir yo‘l o‘ta- digan, pichog‘i ikki yo‘l o‘tadigan va pichg‘i karrali bo‘lmagan yo‘l o‘tadigan xillarga bo‘linadi. Bularning barchasida segmentlar va bar- moqlar qadami o‘zaro teng (t = to) bo‘ladi.
Pichog‘i bir yo‘l o‘tadigan baland qirqish apparati (1.4-a rasm) geometrik ko‘rsatkichlarining o‘zaro nisbati t = to= S = 76,2 mm yoki 90 mm. Qadami 76,2 mm li apparatlar o‘t va g‘alla o‘rish mashinala- rida, S = 90 mm li apparatlar esa, makkajo‘xori o‘rishda ishlatiladi.
Pichog‘i ikki yo‘l o‘tadigan baland qirqish apparati (1.4-b rasm) uchun 2t = 2 t o= S = 152,4 mm yoki 101,6 mm. Pichoq yo‘li 152,4 mm li apparat barcha o‘t va g‘allao‘rgichlarda, pichoq yo‘li 101,6 mm li apparat esa, dasht o‘tlarini o‘radigan o‘to‘rgichlarda ishlatiladi.
Pichog‘i karrali bo‘lmagan yo‘l o‘tadigan baland qirqish appa- ratida kt=kto = S, bunda 1 < k < 2. G‘allao‘rgichlarda t = to = 76,2 mm, S = 140 mm, k = 1,84. Past qirqish apparatida (1,4-d rasm) t = 2to = S = 76,2 mm yoki 101,6 mm. Birinchisi o‘to‘rgichlarda, ikkinchisi esa g‘alla yig‘ishtirish kombaynlarida qo‘llaniladi.

Download 111.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling