Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari


Rotorli o‘to‘rgich-maydalagich


Download 111.41 Kb.
bet2/8
Sana13.04.2023
Hajmi111.41 Kb.
#1350722
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC12

Rotorli o‘to‘rgich-maydalagich (1.2-rasm) silosbop beda, makkajo‘xori, kartoshka va qand lavlagi poyalarini o‘rish, maydalash va bir yo‘la transport vositasiga uzatish uchun mo‘ljallangan. To‘siq 2 harakat vaqtida o‘simlik poyalarini old tomonga og‘diradi. Pichoq- lar 5 gorizontal valda aylanuvchi baraban 7 ga sharnirli birlashtirilgan bo‘lib, o‘z o‘qi atrofida erkin tebrana oladi. Pichoqlar o‘simlik poya- larini 30).. .50) m/s aylana tezlikda zarb bilan urib, tayanchga tiramas- dan qirqadi va qarshi qirqish pichog‘i 1 dan o‘tkazib maydalaydi. Aylanayotgan rotor pichoqlari va ramaga mahkamlangan po‘lat plastina (qarshi qirqish pichog‘i) orasida poyalarning tiqilib qolmas- ligi uchun bular orasidagi texnologik tirqish 12 mm o‘rnatiladi. Tir- qishdan o‘tib maydalangan poyalar 3 aylanayotgan rotor pichoqlari- ning kinetik energiyasini o‘ziga olib, yo‘naltiruvchi truba 4 bo‘ylab yuqoriga otiladi, so‘ngra o‘to‘rgichga tirkalgan yoki yonma-yon
harakatlanayotgan transport vositasiga tushadi.

    1. rasm. KIR-1,5

rotorli o‘torgich-mayda- lagich: 1 - qarshi qirqish pichog'i; 2 - to'siq; 3 - mayda poyalar; 4 - truba; 5 - pichoq; 6 - sektor; 7 -pichoqlar o‘rnatilgan baraban
O‘t o‘rish balandligi tayanch g‘ildiraklarning sektor 6 ga nisbatan holatini o‘zgartirib, rostlanadi.
Tayanchli qirqish apparatlari segment-barmoqli va barmoqsiz- segmentli bo‘ladi. Segment-barmoqli apparatlarda qirqish jufti seg- ment 3 (1.3-a rasm) va barmoq 5 dagi qarshi qirqish plastinasidan
iborat. Segment poyalarni plastina tig‘iga keltiradi, siqadi va qirqa- di. Qirqish paytida poya bir vaqtning o‘zida plastinaga (A nuqta) va barmoqning perosimon qismiga (B nuqta), ya’ni ikki tayanchga ta- yanadi. Bunda poyalar egilmaydi, ayniqsa, ingichka poyalilar yaxshi qirqiladi. Yo‘g‘on po- yali ekinlar (zig‘ir, kungaboqar, makkajo‘xori) ni o‘rishda ikkita ta-yanch qirqish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Segmentlar yo‘g‘on poyani qirqayotganda qirqma orasida qisilib qo- ladi, qirqishga qarshilik kuchi kattalashib, pichoq sinadi. Shuning uchun yo‘g‘on poyalarni o‘rishda perosiz barmoqlar ishlatiladi. .
Segment-barmoqli apparatlarning pichog‘i krivoship-shatunli me- xanizm (KShM) li yuritma yordamida ilgarilanma-qaytma harakatla- nib, o‘simliklarni 3,0 m/s gacha tezlikda qirqadi. Bular poyalarni maydalab yubormaydi va nisbatan kam quvvat talab qiladi. Asosan, o‘t, makkajo‘xori va g‘alla o‘rish mashinalarida qo‘llaniladi.
Barmoqsiz apparatda (1.3- b rasm) qirqish jufti bir-biriga qarama- qarshi yo‘nalishda harakatlanib, poyani A nuqtada qisib qirqadigan segmentli ikkita pichoqdan iborat. Bunday qirqish jufti chalkash va yotib o‘sgan poyalarni o‘rishda tiqilib qolmaydi. Bir pichoqli va ikki pichoqli qirqish apparatlari qo‘llaniladi: bir pichoqli apparatda faqat ustki pichoq ilgarilanma-qaytma harakatlanadi, ostki pichoq esa qo‘z- g‘almay, qarshi qirquvchi tayanch vazifasini bajaradi; ikki pichoqli apparatda ostki va ustki pichoqlar umumiy krivoshipli val yordamida qarama-qarshi yo‘nalishda ilgarilanma-qaytma harakatlanadi, shu tu- fayli mashina mexanizmlarining muvozanati ancha yaxshi bo‘ladi. Bunday apparatning yuritmasi murakkab tuzilgani uchun o‘to‘rgich-

    1. rasm. Poyalarni tayanchli qirqish apparatlari: a - segment- barmoqli; b - barmosiz; 1 - bar- moqlar brusi; 2 - segmentlar (pichoq) yelkasi; 3 - segment; 4 - poya; 5 - barmoq; A va B- poyaning qisilish nuqtalari

larda ishlatilmaydi. Barmoqsiz qirqish apparatlari g‘alla, soya, kanop va makkajo‘xori o‘rishda ko‘proq qo‘llaniladi.

Download 111.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling