Microsoft Word qizlar tarbiyasi ziyouz com doc
Download 261.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Aliy Naziimoo. Qizlarning tarbiyasi
www.ziyouz.com кутубхонаси
19 DOG’LARNI KETKAZISH Dunyoda tozalik kabi narsa yo‘qdir. Ifloslik ila mashhur bo‘lgan kishilar tengdoshlari oddida qadrli, e’tiborli bo‘lmaslar. Tozalikning eng katta dushmani dog‘dir. Moy, chang, loy izlari ko‘ringan eng yaxshi, eng chiroyli kiyimlar ham hech bir vaqt ko‘zga chiroyli ko‘rinmas, holbuki toza kiyimlarni ko‘rib ko‘z to‘ymas. Shuning uchun odam kiygan kiyimlarga dog‘ tushirmaslik uchun odatdan tashqari saqlanuvi kerak. Agar saqlanmay, dog‘ qilgan bo‘lsalar, tezda dog‘ni yo‘qotuvga g‘ayrat qilmak kerak. Turli dog‘larni yo‘qotuv uchun choralar bordir. Kiyimingizga yog‘ tomgan bo‘lsa, dog‘ ustiga bulut (doka) yoki qog‘oz qo‘yib, ustidan qizigan dazmol yengilgina yurgizilur, doka yoki qog‘oz olingandan so‘ng dog‘ning ketgani ko‘rinur. Agar bir martada ketmasa, bu amal ikki-uch marta qaytarilur. Bunday dog‘ni ketkazish uchun yana benzin ham tutilur. Benzin moy tekkan yerga bir bo‘z ila surtilur... Qoramoy dog‘lari. Avval bu dog‘larning matoga singmagan qismi qaychi ila ko‘chirilib, qolganiga sariyog‘ yoki og‘och moyi surtilur, shundan so‘ng sovun ila yuvilgach, dog‘ osonlik ila ketadir. Frantsuz siyohi va zang tegib bo‘lgan dog‘lar milhi hammoz (kislota tuzi) ila ketkazilur. Dog‘li o‘rinni qo‘llab, ustiga bir oz tuyilgan milhi hammoz sepilur, so‘ng qaynoq suv bug‘iga tutib turilur, bug‘da milhi hammoz erib, dog‘ni yo‘qotur. Dog‘ ketar-ketmas milhi hammoz sepilgan yerni sovuq suv ila yaxshilab yuvmak kerak. Meva dog‘lari. Meva dog‘lari oltingugurt ila ketkizilur, lekin oltingugurt matoning rangiga ta’sir qilmasligi uchun shul tariqa qilinur: dog‘ tekkan yerni qo‘llab, bir idshpda ozgina oltingugurt yondirilib, tutuniga dog‘li joy tutilur. Dog‘ ketar-ketmas dog‘ o‘rnini ko‘p suv ila yuvilur. Javel suvi (xlorli eritma) ham kirlardan dog‘ ketkazmakka foyda berur. Kirlarning dog‘li yerlari javel suviga solib qo‘yilur. Olti minutdan so‘ng mo‘l suv ila yuvilur. Olti minutdan ortiq tutuv kerak emas. Yurt ishlari qo‘liga topshirilgan xotun bolalardan yashirib bir shisha javel suvi, bir kichkina shishada milhi hammoz, bir shisha benzin olib qo‘ymog‘i kerak. Sirka, limon suvi kabi narsalar dog‘lari. Bunday dog‘lar matoning tusini o‘zgartirib yuborur. Bunday dog‘lar sovunli suv ila yuvilsa yoki ko‘proq suv quyilgan nashatir spirti ila tozalansa, osonlik ila avvalgi holiga qaytur. To‘q tusli movutlardagi moy dog‘lari nashatir spirti qo‘shilgan suv yoki nashatir spirtining o‘zi ila ketkazilur. Download 261.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling