Microsoft Word qizlar tarbiyasi ziyouz com doc
Download 261.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Aliy Naziimoo. Qizlarning tarbiyasi
SOVUN ILA KIR YUVMAK
Ilgari yozilganiga ko‘ra kirlar bir necha turga bo‘linur. Har bir tur ayrim-ayrim yuvilur. Kir yuvuvni boshlamasdan oldin bir bochkaga yarimdan ko‘proq juda qaynoq suv solinib, usti qoplab qo‘yilur. Kirlarni bittadan osti-ustiga sovun surtib, kir va dog‘lari ketguncha yuvib siqqandan so‘ng, boyagi bochkadagi qaynoq suvga solinur. So‘ng ikki-uch qavatli bo‘z ila bochka og‘zi berkitilib qo‘yilur. Ertasi kun bochkadan kirlar bittadan olinib, chayilgandan so‘ng yana sovun surtib yuvilur. Keyin kir qaynatadigan qozonga yarim qilib suv quyib, kir yuvgandan qolgan sovun bo‘laklarini to‘g‘rab, bir kichkina kastrulda eritib qozonga solinur. Suvi ko‘piklangandan so‘ng boyagi kirlarni solib, yigirma minut qaynatilur. So‘ngra bitta-bitta qozondan olib, yana sovun ila yuvilgach, chayqalib, juda yaxshi siqilib, sinkalash mumkin bo‘lganlarini sinkalab, g‘ijimlari tekislanib, shabada joyga yoki quyosh nuri tushib turgan yerga quritish uchun yoyilur. Mana shu ravishda yuvilgan kirlar g‘oyat oq va toza bo‘lur. Rangli kirlar oq kirlar kabi yuvilsa-da, bularni issiq suv ila yuvish, hech bir qaynatmaslik kerak. Rangi chiqa turgan chit yoki junli narsalarni suvda hech saqlamay, tezgina sovuq suvda sovun ila yuvib, juda tez chayuv kerak. Hech bir vaqt ikki turli kirni birga yuvuv kerak emas, ayrim-ayrim solib chayuv kerak. Rangi chiqa turgan narsalarni bir hovuch tuz solingan suvga botirib, so‘ng chayuv kerak. Rangli paypoqlar yuvilgach, sirka aralashtirilgan suvga solib chayilur. Kirni sinkalamak uchun sinkaniig eng yaxshisini tanlamak kerak. Ikki qavat bo‘zga o‘rab yanchib, mayda-mayda tugunlar yasab, kirlarni sinkalab bo‘lgandan so‘ng bu tugunlarni kurituv kerak. Bo‘yoq bo‘yalmay quritilsa, ikkinchi ishlatuvga hozir bo‘lib turur. Sinkalash uchun bo‘yoqli tugunni suvga solib, suv kerak bo‘lurlik tusga kirgandan so‘ng kirlar bir oz vaqt bo‘ktirilur. Kirlar bir tusda bo‘luvi uchun oralatib bo‘yoqli tugunni solib siqilur. Sinkalangan kirlar tezda arqonga yoyib quritilur. Sinkaga solingandan so‘ng olinmay uzoq tursa yoki yaxshi botmay tursa, kirda yo‘l-yul chiziqlar hosil bo‘lib, xunuk qilib qo‘yadir. Kirni sinkalamasdan avval hozirlangan suvga bir latta botirib ko‘ruv lozimdir. Flanellarni (ip yoki jundan to‘qilgan, ikki tomoni tukli gazlama) yuvmak. Flanellar sovunli, issiq suvda ustiga sovun surtilib, qildan yasalgan cho‘tkalar ila juda tekislab cho‘tkalanur. Agar juda kir bo‘lsa, bir oz soda solinur. Flanellar toza suvda namlansa qotib qolur, yumshoqligini saqlamak uchun sovunli suvda yuvmak kerak. Flanellar un ila ham yuvilur. Flanellarni un ila yuvuv istalsa, uch qoshiq unni ikki litr sovunli suvga aralashtirib qaynatilur. Atala kabi bir narsa xosil bo‘lur. Buning yarmi issiq holida flanelga tamom singiguncha qo‘l ila ishqab surtilur. Qolgan yarmiga qaynoq suv qo‘shilib, flanel chayilur, so‘ng sovun surtilib, cho‘tkalab yuvib, chayib quritilur. Flanelni kartoshka ila yuvuv istalsa, bir oz kartoshka artib, mayda to‘g‘ralgandan so‘ng ozgana sovunli suv ila ezib, qattiq bir turli xamir yasalur. Bu xamir sovun o‘rnida tutilur. Flanelni issiq suvga solib, kartoshka sovuni surtib, cho‘tka ila cho‘tkalab yuvilur, so‘ng avval issiq suvda, keyin sovuq suvda chayilib quritilur. Boshqa jun matolar ham shu usulda yuvilsa, yumshoq bo‘lib, avvalgi tusini hech yo‘qotmas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling