82-bob. Namozni «Ollohu akbar» deb takbiri tahrima aytish bilan
boshlamoqning fazilati
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan yiqilib,
o'ng yonlari shikastlandi. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi bir
namozda o'tirgan hollarida imomatga o'tdilar. Biz ham o'tirib iqtido qildik. Namozdan
keyin Janob Rasululloh bizga: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Agar ul
tik turib o'qigaydir, tik turib o'qingiz. Agar ruku' qilg'aydir, ruku' qilingiz. Agar
«Sami'allohu liman hamidahu» degaydir, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz!» —
dedilar».
Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
otdan yiqilib, oyoqlari shilinib keldilar. Shunda biz bilan o'tirib namoz o'qidilar, biz ham
o'tirgan holda iqtido qildik. Namoz tugagach, bizga o'girilib: «Imom iqtido qilmoqlari
uchundir. Ul takbiri tahrima aytsa, takbiri tahrima aytingiz. Ruku' qilsa, ruku' qilingiz,
ruku'dan tursa, turingiz. Agar «Sami'allohu liman hamidahu» desa, «Rabbano va laka-l-
hamd» deb aytingiz. Sajda qilsa, sajda qilingiz!»—dedilar».
Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom
iqtido qilmoqlari uchun imom qiling'aydir, agar imom takbiri tahrima aytg'aydir, takbiri
tahrima aytingiz, ruku' qilg'aydir, ruku' qilingiz, «Sami'allohu liman hamidahu» degaydir,
«Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz, sajda qilg'aydir, sajda qilingiz. O'tirib
o'qig'aydir, o'tirib o'qingiz!» — dedilar».
83-bob. Takbiri tahrima aytmoq ayni paytda qo'lni ko'tarmoq birlan boshlanur
Solim ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam namoz o'qishni boshlayotganlarida qo'llarini yelka barobar ko'tarar
erdilar, takbir aytib ruku' qilayotganlarida ham, ruku'dan bosh ko'tarayotganlarida ham
qo'llarini yelka barobar ko'tarar erdilar va «Sami'allohu liman hamidahu», «Rabbano va
laka-l-hamd»,— der erdilar. Lekin sajda qilayotganda bunday qilmas erdilar».
Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz
o'qiyotib qo'llarini yelka barobarida ko'targanlarini ko'rdim. Takbir aytib ruku'
qilayotganlarida ham, ruku'dan boshlarini ko'tarayotganlarida ham shunday qilar
erdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |