Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Zakoti berilgan boylik xazina emas!
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
101-bob. Zakoti berilgan boylik xazina emas!
Nabiy sallallohu alayhi va sallam bu xususda: «Molingiz besh uqqadan (6,240 kg dan) kam bo'lsa, sadaqa lozim ermas»,— deganlar. Xolid ibn Aslam rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu birlan birga (ko'chaga) chiqdik. Shunda bir a'robiy (badaviy): «Olloh taoloning «Tilla va kumushlarni to'plab, xazina qilib, Olloh yo'lida sarf qilmaydirgan shaxslar...» degan oyatini menga tushuntirib beringiz!»— dedi. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Kim boylik (mol-dunyo) to'plab, zakot bermasa, uning holiga voydir! Olloh taolo zakotni farz deb buyurib, uni boylikni halollovchi vosita qildi»,— dedilar». Abu Sa'id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Og'irligi besh uqqadan (6,240 kg dan) kam (sochiluvchan bo'lmagan) narsalar uchun, soni beshtadan oz qo'y, echki, mol, ot, tuya kabi hayvonlar uchun hamda besh avsaqdan (taxm. 720 kg dan) yengil (sochiluvchan) narsalar uchun sadaqa (zakot) berilmag'aydir». Zayd ibn Vahb rivoyat qiladirlar: «Rabza degan yerdan o'tib ketayotgan erdim, Abu Zarrni uchratib qolib, unga: «Ne sababdin uyingizni tark etib, bu yerlarda yuribdirsiz?» — dedim. Abu Zarr menga bunday dedilar: «Shomga borgan erdim, Olloh taoloning, «Tilla va kumushlarni to'plab, xazina qilib, Olloh yo'lida sarf qilmaydirgan shaxslar...» degan oyati haqida Muoviya birlan tortishib qoldim. Muoviya: «Bu oyat ahli kitoblar uchun nozil bo'lgan»,— dedi. Men: «Bu oyat barchamizga, biz uchun ham, ular uchun ham nozil bo'lgan»,— dedim. Keyin, shu tariqa tortishib qoldik. U kishi mendan shikoyat qilib, Usmon raziyallohu anhuga maktub yubordi. Usmon menga: «Madinaga kelg'il!» — deb xat yozuvdi, men bordim. Shunda odamlar go'yo meni ilgari ko'rmagandek qurshab olishib, nega kelganlig'imning boisini surishtira ketdilar. Men bu hodisani Usmonga aytdim. U kishi: «Agar siz ravo ko'rsangiz, shahar chekkasidan joy bersamu o'shal yerda tursangiz, bizning ko'nglimizni xushnud etgan bo'lardingiz!»— dedi. Mana shu sababli men shu yerdaman, agar menga habash qulni rahbar qilib qo'ysalar, men unga quloq solib, itoat qilgan bo'lur erdim». Ahnaf ibn Qays rivoyat qiladirlar: «Quraysh qabilasiga mansub bir guruh odamlar birlan o'tirgan erdim. Shunda sochlari to'zg'igan, kiyimlari yirtiq, jussasi qo'pol bir odam kelib o'tirganlarga salom berdi-da: «Mol-dunyo yig'guvchilarga aytib qo'yingiz, ularning badanlariga jahannam o'tida qizdirilgan tosh bosilg'aydir! Qizdirilgan tosh avval emchagi uchiga qo'yib bosilg'aydir, kuragidan teshib chiqg'aydir, keyin kuragiga qo'yib bosilg'aydir, emchagi uchidan teshib chiqg'aydir. Shunda tosh titrab, qaltirab turar»,- dedi. Keyin, bir ustunning tagiga borib o'tirdi, men ham unga ergashib, yoniga borib o'tirdim, lekin kim ekanini bilmayman. Men unga: «Sizning aytgan so'zlaringiz, nazarimda, odamlarga yoqmadi»,- dedim. Boyagi kishi: «Ularning hech narsaga aqli yetmag'aydir, buni menga do'stim aytgan erdi»,- dedi. «Do'stingiz kim?» - deb so'radim men. Boyagi odam: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam!» - deb javob berdi-da, keyin Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy bo'lgan voqeani hikoya qila ketdi: «Bir kuni Janob Rasululloh menga: «Ey Abu Zarr, Uhudni (tog'ni) ko'rib turibdirsanmi?» - dedilar. Shunda men, bir yoqqa ish birlan yubormoqchilar shekilli, deb o'ylab, Quyoshga qarab kunning qolgan qismini chamaladim-da, «На»,-dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening Uhud tog'idek tillam bo'lsa, bir kunlik hojatimga uch dinor olib qolib, qolganini Olloh yo'lida sarf qilur erdim!» - dedilar». Abu Zarr hikoyasini shu yerda to'xtatib, menga: «Anavilar o'ylamay-netmay mol-dunyo to'plab yotibdirlar, xudo haqqi, men Olloh taoloning dargohiga borgunimcha ham ulardan boylik talab qilmasman va maslahat ham so'ramasman!» - dedi». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling