Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Mayyitlarni haqorat qilmoqning makruhligi to'g'risida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

96-bob. Mayyitlarni haqorat qilmoqning makruhligi to'g'risida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitlarni 
haqorat qilmangizlar, chunkim ular keladirgan joylariga kelib bo'ldilar!» -deganlar». Bu 
hadisni Abdulloh ibn Abd ul-Quddus va Muhammad ibn Anas ham A'mashdan eshitib 
rivoyat qilib berishgan, Ali ibn Ja'd ersa, uni davom ettirgan.
97-bob. Mayyitlarning hayotliklarida qilgan yomonliklarini eslash
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Lahab alayhi la'natu-l-lohi (unga 
Ollohning la'nati bo'lsin) Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Kelgusi hayoting qurib 
ketsin!»-dedi. Shunda, «Abu Lahabning ikki qo'li qurisin!»-degan oyat nozil bo'ldi».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
98-bob. Zakot bermoqning vojibligi to'g'risida
Olloh taolo bu xususda: «Namoz o'qingiz va zakot beringiz!» - deb aytadir.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Sufyon raziyallohu anhu menga 
hadis ayta turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir so'zlarini esladi. Keyin u: 
«Janob Rasululloh bizga namoz o'qimoqni, zakot bermoqni, qarindoshlik aloqalarini 
uzmaslikni va pok bo'lmoqni buyurganlar»,- dedi».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Maoz 
raziyallohu anhuni Yamanga yubora turib: «Ularni (Yaman ahlini) Ollohdan boshqa iloh 
yo'qlig'iga va mening Ollohning Rasuli ekanlig'imga guvohlik bermoqqa da'vat etg'il!
Agar da'vatingni qabul aylasalar, unda Olloh taolo har kecha-kunduzda besh vaqt namoz 
o'qimoqni farz qilganini ham aytgil! Agar buni ham qabul etsalar, unda Olloh taolo boy 
kishilarning mol-dunyosidan sadaqalar (zakotlar) olib, faqirlarga qaytarib bermoqni ham 
farz qilganini ma'lum aylag'il!» - deb aytdilar».
Abu Aiyub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir 
kishi: «Ne qilsam, jannatga kirg'ayman, menga o'rgatingiz!»-dedi. Odamlar: «Ne ishi 
bor erkan, ne ishi bor erkan?»-deb so'rashdi. Janob Rasululloh: «Bir ish birlan kelibdir»,- 
deb javob berdylar. Keyin, boyagi odamga qarab: «Olloh taologa ibodat aylag'aysen, 
unga hech narsani shirk keltirmag'aysen, namoz o'qib, zakot berg'aysen va 
qarindoshlaringga oqibatli bo'lg'aysen!» - dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a'robiy (badaviy) Nabiy sallallohu 
alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Menga bir ishni o'rgatingizkim, uni bajarib men 
jannatga kirayin!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ollohga ibodat aylab, unga hech narsani 
shirk keltirmag'aysen, buyurilgan besh vaqt namozni o'qig'aysen, farz qilingan zakotni 
ado etg'aysen va ramazonda ro'za tutg'aysen!»-dedilar. A'robiy: «Jonu tanim qo'lida 
bo'lgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, shu aytganlaringizdan oshirib 
yubormag'aymen!»-dedi. U kishi qaytib ketgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim 
jannati odamni ko'rib, xursand bo'lmoqni istasa, shul kishiga qarasin!» - dedilar».
Abu Hayyon: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xususlaridagi mazkur hadisni menga 
Abu Zur'a aytib bergan erdi»,- deydilar.
Abu Jamraga Ibn Abbos bunday deb aytgan erkanlar: «Abd ul-Qaysning (qabilaning) 
vakillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Yo Rasululloh, anavi 
Rabiy'a qavmi - zararkunanda kofirlar siz birlan bizning o'rtamizda rahna bo'lib 
turishibdir, biz muharram oyidagina sizning oldingizga kela olurmiz. xolos. Bizga 
buyuringiz, aytganlaringizni o'rganib, o'zimiz ham bajaraylik, uyimizga qaytib borgach
qavmu qarindoshlarimizga ham o'rgataylik!»-dedi. Shunda Janob Rasululloh bunday deb 
amr qildilar: «Sizlarga to'rt narsani buyurib, to'rt narsani man' qilg'aymen. Kalimai 
shahodat (lo iloha illa-l-loh) aytib, Ollohga iymon keltiringiz (qo'llarini musht etib, 
ko'rsatkich barmoqlari birlan mana bunday qilib ishora ayladilar), namoz o'qingiz, zakot


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
beringiz va qo'lga kiritgan o'ljangizning beshdan bir qismini ulashingiz! Sizlarga dubbo, 
hantam, naqiyr va zaftni man' qilg'aydirmen!»
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
vafot etib, Abu Bakr raziyallohu anhu xalifa bo'lganlarida ayrim arab qavmlari islomdan 
tondilar. Shunda Umar raziyallohu anhu bunday degan erdilar: «Odamlar (kofirlarga 
qarshi) nechuk urushmoqdalar? Axir, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Menga Olloh taolo tomonidan odamlar «Lo iloha illa-l-loh» demagunlaricha urush 
qilmoq buyurildi, kimki shundoq desa, molu jonini mendan omon saqlab qolg'aydir, 
boshqa gunohlari uchun ersa, Olloh taolo dargohida javob berg'aydir»,- deganlar-ku!»
Abu Bakr: «Ollohga qasam ichurmenkim, namoz birlan zakotni farqlagan (ya'ni, birining 
ikkinchisidan ahamiyati ortiqroq yokim kamroq degan) kishiga qarshi jang qilg'aymen, 
chunkim zakot islom yo'lida qilinadirgan xayr-ehsondir. Agar Janob Rasulullohga (beva- 
bechoralarga tarqatmoq uchun) olib kelinayotgan echkilardan bittasi kam bo'lsa ham, 
xudo haqqi, jang qilg'aydirmen!» - deydilar. Hazrat Umar: «Olloh taolo Abu Bakrning 
qalbiga qanchalar shijoat ato etgandir! Men uning haq ekanligini tushung'aydirmen»,- 
deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling