Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. O'ng qo'li birlan sadaqa bermoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

114-bob. O'ng qo'li birlan sadaqa bermoq haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
bunday dedilar: «Olloh taolo o'zining soyasidan boshqa soya bo'lmaydirgan kuni (ya'ni 
qiyomat kuni) yetti kishini - odil imomni (yoki har qanday rahbarni), Olloh taologa 
ibodat qilib ulg'aygan yigitni, masjidlardan ko'ngil uzolmaydirgan kishini, Ollohni deb 
birov birlan do'stlashgan hamda Ollohni deb undan uzoq lashgan (kechgan) kishini, 
go'zal bir mansabdor ayol yaqinlik qilmoqni taklif qilganda, «Men Olloh taolodan 
qo'rqgayman» deb taklifini rad etgan kishini, o'ng qo'li bergan sadaqani chap qo'li 
bilmaydirgan qilib pinhona hayr-ehson aylagan kishini va xilvatda o'tirib, Olloh taoloning 
zikrida duv-duv ko'z yoshi to'kkan kishini o'z soyasiga olgaydir». \orisa ibn Vahb al- 
Xuzo'iy: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini 
eshitgandim»,— deydilar: «Sadaqa qilib qolingiz, chunkim shundoq davrlar


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
kelg'aydirkim, odamlar kimga sadaqa bermoqni bilmay, sarson bo'lur. Kimga sadaqa 
uzatilsa, o'shal: «Kecha olib kelganingizda olar erdim, lekin bugun sadaqaga ehtiyojim 
yo'qdir»,- deydir». .'
115-bob. Xizmatchisi orqali sadaqa bergan kishi haqida
Abu Muso: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham sadaqa berguvchilardandirlar»,- 
deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar 
ayol yaxshi niyat birlan o'z uyidagi yeguliklardan sadaqa qilsa, o'shal bergan narsasiga 
yarasha unga savobi bo'lg'aydir, ishlab topib kelgan eriga ham savobi tekkaydir, 
shuningdek xazinachisiga ham savobi bordir. Ularning barchasi baravar savob 
olishg'aydir, biriniki biridan kam bo'lmag'aydir»,- deganlar.
116-bob. O'zi muhtoj bo'la turib qilingan sadaqa sadaqa ermas!
O'zi yoki oilasi muhtoj bo'lgan yohud birovdan qarzi bo'lgan kishi sadaqa bergandan 
ko'ra va qul ozod qilgandan ko'ra, avval qarzini uzmog'i lozim, chunki uning xayru 
ehsoni baribir qabul bo'lmag'aydir. Birovlarning molini sarf qilmoqqa uning haqqi yo'qdir!
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday deganlar: «Kim 
birovning molini sovurmoq niyatida olsa, Olloh taolo ul bandani halokatga mahkum 
etg'aydir, Ammo, sabr-toqatliligi birlan tanilgan va muhtoj kishi, birovdan qarzi bo'lsa 
ham, sadaqa qilmog'i mumkindir». Chunonchi, Abu Bakr. raziyalloxu anhu ham shunday 
qilgan erdilar, Madina ansorlari ham muhojirlarni shu tariqa kutib olishgandi. Nabiy 
sallallohu alayhi va sallam o'z boyligini bekorga sarf qilmoqni man' qilganlar, demak 
odam birovning molini ham sovurmoqqa haqqi yo'qdir. Ka'b raziyallohu anhu: «Yo 
Rasululloh, men qat'iy tavba qilganim tufayli barcha boyligimni Olloh va uning Rasuli 
yo'lida sarf qilmoqchiman»,- deganlarida, Janob Rasululloh: «Molingdan bir qismini 
o'zingga ham qoldirganing yaxshidir»,- debdilar. Shunda Ka'b: «Haybardagi mulkimni 
o'zimga qoldirg'ayman»,- deb aytibdilar.
Sa'id ibn Musayyab Abu Hurayra raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va 
sallamning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «O'zidan orttirib qilingan sadaqa eng 
yaxshi sadaqadir, shuning uchun sadaqa bermoqni eng avvalo oilangdan boshlag'il!» 
(ya'ni, eng avvalo oilangni ta'minlag'il).
Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb 
aytganlar»,— deydilar: «Ko'tarilgan qo'l, tushirilgan qo'ldan yaxshiroqdir (ko'tarilgan qo'l
- ishlab boqguvchi qo'l, tushirilgan qo'l - tilamchi qo'ldir)! Eng avvalo oilangga sadaqa 
berg'il (oilangni boqg'il)! O'zidan orttirib qilingan sadaqa - eng yaxshi sadaqadir! Kimki 
tavba qilg'aydir, Olloh taolo uni kechirg'aydir, kimki boylik tilag'aydir, Olloh taolo unga 
boylik ato etg'aydir!»
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
minbarda turib sadaqa va poklik to'g'risida eslatib o'tdilar, so'ng: «Ko'tarilgan qo'l 
tushirilgan qo'ldan afzaldir, ya'ni ko'tarilgan qo'l ishlab boqguvchi, tushirilgan qo'l ersa, 
tilamchi qo'ldir!» - dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling